Gullarga mehr bering!

DO`STLARGA ULASHING:

Xonadoningizning tilsiz suxbatdoshi boʼlmish anvoyi gullar alohida mehrga, parvarishga muhtoj. Bu oʼsimliklarga qanchalik eʼtibor bersangiz, ular ham shunchalik xonadoningizga koʼrk bagʼishlab, dilingizni yayratadi. Shu bois dastlabki ishni gullaringizga mehr berishdan boshlang.
Gulingiz yayrab oʼssin desangiz.
Gullarni ekish, koʼchirib oʼtqazishda gultuvaklarning ahamiyati nihoyatda katta. Ularni tanlayotganda oʼtkaziladigan oʼsimlik xususiyatlarini, albatta, inobatga oling. Аgar gul chirmashib oʼsadigan boʼlsa, oʼtkaziladigan gultuvagingiz boʼyi baland boʼlmasin. Bu tur gullari sayoz gultuvaklarda yaxshi ozuqa oladi, mayda ildizlari yoyilib oʼsishga moʼljallangan boʼladi. Tik oʼsadigan gullarni esa boʼyi baland gultuvaklarga oʼtkazing. Kichik gultuvaklardagi tuproq ozuqasi tik oʼsadigan gullar uchun yetarli emas.
Sopol gultuvaklar foydali.
Gullarni ekishda yelim gultuvaklar uzoq vaqt xizmat qiladi. Faqat bunday idishdan foydalanganda suv chiqib ketish yoʼli qavatini qalinroq qilish kerak. Lekin sopol idishlar suv ushlash, namlikni bir xil saqlash borasida yelim idishlardan afzalroq. Shu sababli, iloji boricha gullarni sopol gultuvaklarga oʼtqazing.
Gullarni oziqlantiramiz.
Gul ekilgan tuvakdagi tuproq tezda darmonsizlanib, tarkibidagi mineral ozuqalar quriydi. Gul yaxshi oʼsishi uchun gultuvakdagi tuproqqa mineral eritma, oʼgʼit sharbatini quyib turish kerak. Bunday oziqlantiruvchi aralashmalarni uy sharoitida ham tayyorlasa boʼladi. Buning uchun 4 litr suvga 0,5 g kaliy xlorid tuzi, 4 g azotli kaltsiy tuzi, 1 g kaliy fosfor tuzi qoʼshiladi. Oʼgʼitli aralashma tayyor boʼlgach, uni yana 2 tomchidan sakkiz tomchigacha temir xloridi qoʼshiladi. Xuddi shuningdek oʼgʼitli sharbatni uy sharoitida ham tayyorlasa boʼladi. Buning uchun kerakli suvning bir qismi miqdorida goʼng solinib, aralashtiriladi. Mineral oʼgʼit yoki oʼgʼitli sharbat gultuvak toʼlguncha solinadi.
Tupqorlar tanlovi kerakmi?
Bu savol ayni gullarni ekish, qayta tuvakka oʼtkazish vaqtida esga tushadi. Bahorda daladan tuproq keltirib boʼlmaydi. Shuning uchun bahorgi ekish xaqida kuz mavsumida oʼylab, tupqorni daladan keltirib qoʼyishni maslahat beramiz.
Gullarni yerga koʼchirmoqchimisiz?
Mart-aprel oylari xonaki gullarni koʼchirib oʼtkazish uchun juda qulay vaqtdir. Xonaki gullar ochiq joyga ekilishidan avval tashqi muhitga va yorugʼlikka oʼrgatilishi kerak. Ularni birdaniga quyosh nuri toʼgʼri tushadigan joyga qoʼyish yaramaydi. Odatda uyning shimol tarafiga tushib turadigan soyaga taxminan bir haftaga qoʼyiladi. Аna shundan keyingina tuvakdagi xonaki gullarni ochiq yerga oʼtqazish mumkin. Buning uchun yerda tuvak hajmidagi chuqur qazilib, gul tuvagi bilan shu joyga oʼtqaziladi. Baʼzi yosh xonaki gullar (masalan, araliya, geran, dratsena, fuktsiya)ni yerga tuvaksiz ham oʼtqazsa boʼladi. Yozning soʼnggi kunlarida esa gullar yerdan kovlab olinib, uzun ildizlari ozgina qirqiladi va tuvakka qayta oʼtqaziladi. Kuzgi mavsumda (taxminan 23 sentyabrdan soʼng) xonaki gullarni qoʼzgʼatmasdan, qoʼshimcha yorugʼlik berish mumkin boʼlgan joyga koʼchirish kerak.

Оставьте комментарий