Haqiqiy erkak kishi qanday bo’lishi kerak?

DO`STLARGA ULASHING:

Haqiqiy erkak kishi hamisha nimaga intilayotganini biladi. Uning  o’z maqsadi va unga yetishish rejasi bor. U ustuvorlik nimadan iborat ekanligini biladi va shunga qarab o’z vaqtini to’g’ri taqsimlaydi. U moddiy barqarorlik, oila va yaxshi ko’rgan ishi kerakligini chuqur anglab yetadi. Bugun Gooper.uz‘da haqiqiy erkak kishi qanday bo’lishi kerakligi to’g’risida ma’lumot beramiz. Marhamat!
Xaqiqiy erkak nafaqat jismoniy, balki ruhiy ham baquvvat bo’ladi.
U hech qachon nolimaydi, shikoyat qilmaydi va badgumon  bo’lmaydi. Qaror qabul qilsa, unga amal qiladi, vaziyatdan kelib chiqib, har qanday sharoitga ham epchillik bilan moslasha oladi. Noxaq  bo’lganida tan olishdan  cho’chimaydi, aksincha xatolarini tezroq tuzatishga oshiqadi. Gapirgan gapi uchun javob beradi. Ortiqcha gapirmaydi, bosiq va vazmin  bo’ladi. Oilasi uchun  mas’uliyatlidir.
Oilasi va yaqinlarining manfaatlarini himoya qiladi.
Uning oilasi faqatgina xotini va bolalari emas, balk ota-onasi, aka-ukalari va opa — singillari hamdir. Ular bu kishining ishonchli himoyasi ostida bo’ladilar.
Bunday erkak hech qachon  g’iybat qilmaydi, maqtanmaydi va bekorchi gaplar gapirmaydi.
Bema’ni suhbatlarga aralashmaydi va notanish odamlarga baho berishdan  o’zini tiyadi.
Va’daga vafo qiladi.
Tilidan ilinib qolmasligi uchun ortiqcha valdiramaydi. Agar biror ishni bajara olishiga ko’zi yetmasa, va’da bermaydi. Nomusini pul va vaqtdan ko’ra ustun qo’yadi.
O’zi bilmagan holda hammaga namuna bo’la oladi.
Yosh bolalar unga taqlid qiladilar, ish joyida o’z obro’ va nufuziga ega. O’zini ko’rsatib quruqlanmaydi, balki o’z harakati bilan hammaga o’rnak  bo’la oladi.
Sarmoyasi ko’payishi uchun iqtisodiyotini boshqaradi.
U hech qachon qarz  so’ramaydi, faqat  o’zi ishlab topadi.
U  o’ziga e’tibor beradi, lekin xotinchalish emas.
Batartib va jiddiy, ammo mutakabbir emas. Aksincha, u samimiy va ko’ngli ochiq. Uning ishonchli va qat’iyatli ko’rinishi odamlarni o’ziga do’stona ravishda jalb qiladi va xotirjamligining asosi hisoblanadi.

Mirmuhammad Ergashev, Gooper.uz uchun maxsus

Оставьте комментарий