Homiladorlikdagi uyqu

DO`STLARGA ULASHING:

Homiladorlikdagi uyqu
Homiladorlik paytida yaxshi uyqu- bu oʻziga xos muammo, chunki organizmingiz bolaning rivojlanishi bilan band va siz tugʻishga tayyorlanmoqdasiz. Tegishli tarzda dam olish imkoniyati homiladorligingizning muhim qismi hisoblanadi. Biroq, tanangiz bunga eng koʻp muhtoj boʻlganida uyquning qochib ketishi gʻalati tuyuladi. Uyqu uchun mukammal pozani topish va har bir trimestrning oʻzgarishlariga moslashishga urinish koʻpincha murakkab masalani ifoda etadi.
Uyqu sxemasini oʻzgarishi

Homiladorlikning birinchi trimestri davomida odatdagidan koʻra koʻproq uxlayotganligingizni sezishingiz mumkin, chunki organizmingiz bolangizning rivojlanishi bilan shugʻullanmoqda. Bu sifatli uyquga kamdan-kam taalluqli, chunki bachadon oʻlchamlarining kattarishi tufayli qovuq butun tun davomida sizni hojatga yugurishga majbur qiladi.
Koʻngil aynishi va charchoqlik oʻtgan sari ikkinchi trimestr- bu har kuni bir vaqtda yotib va turib, rejimni tartibga solishning ayni vaqti, bu esa uchinchi trimestrga tayyorgarlik sxemasini belgilashga yordam beradi.

Koʻpchilik ayollar homiladorlikning oxirgi bosqichlarida uyquning uzluksizligida muammolarga duch kelayotganligini aniqlaydi. Homilaning oʻlchamlari kattalashgani sari u uxlash uchun qulay joy topishi qiyinroq boʻlib boradi.

Koʻpchilik homilador ayollar ular rangli tush koʻrishlarini aytadi, ayniqsa homiladorlikning oxirgi trimestrida. Ushbu uyqular asosan gormonal foningizning oʻzgarishlari hisobidan sodir boʻladi. Bu mutlaq meʼyoriy holat va ular siz yangi vazifalarni qanday yengishingiz borasida qoʻrquvlaringizni aks ettirishi mumkin.

Homilador ayollarning uyqusi tun mobaynida buzilishiga qaramasdan, sizning odatiy uxlash rejimingizga uning taʼsirini kamaytirishingiz mumkin boʻlgan turli usullar mavjud.

Homiladorlik paytida uxlashda eng yaxshi qulaylikni taʼminlaydigan pozalar.
  • Chap yonboshda, tizzalaringizni bukib uxlashni oʻrganishga harakat qiling. Tibbiyot sohasidagi ayrim mutaxassislar homiladorlik paytida oʻng yonboshda uxlamaslik lozim deb hisoblaydi. Bu tarafda havol vena deb nomlanuvchi yirik arteriya joylashadi va u yurakka qon qaytishi uchun javob beradi, va unga nisbatan bosim qon taʼminotini pasaytirib, bosh aylanishiga olib kelishi mumkin.
  • Yostiq bilan tajriba qilib koʻring va qulay holatni topishga harakat qiling. Orqaning pastki qismidan bosimni yechish uchun tana uchun yostiqdan yoki qorin ostiga koʻrpani ixchamlab foydalanishga urinib koʻring, uning ustiga oyogʻingizni qoʻying.
  • Yotgan holatdan turayotganizda yonboshga dumalab, keyin qoʻllaringiz bilan itarinishni unutmang. Bu sizga qorinning ajratuvchi mushaklariga qoʻshimcha bosim koʻrsatmaslik imkonini beradi.
Homiladorlik paytida uxlashda eng yaxshi qulaylikni taʼminlaydigan pozalar.
Koʻpincha bu uxlash paytida noqulaylik sababini aniqlash va uni bartaraf etish ustidan ishlash imkonini beradi. Homiladorligingizning barcha omillarini darhol oʻzgartirishni oʻrniga shoshmasdan oʻtish jarayoni organizmingizga har trimestrda oʻzgarib turadigan uyquning boshqa shakliga moslashish imkonini berishi mumkin.
  • Bolangiz siz dam olishni istagan tungi paytda ayniqsa faol boʻlishi mumkin. Ehtimol bu narsa shu tufayli sodir boʻladiki, kun davomida sizning harakatlaringiz uni ohista allalaydi va u uxlab qoladi. Bundan tashqari, siz yotganingizda bolangiz choʻzilib, tepinishi mumkin. Qorningizni ehtiyotkorlik bilan uqalang va uning harakatlaridan zavq oling. Chuqur nafas oling va oʻylaringizni dam oldiring.
  • Sizda tungi terlash paydo boʻlishi mumkin. Bu holatda karavotning oldida sovuq nam mato turishi zarur.
  • Qizgʻin sergaklikdan keyin siz tinchlanishga yordam beradigan kun tartibini oʻrnatishga harakat qiling. Turmush tarzingizga sizga oʻzingizni boʻsh qoʻyishingizga yordam berishi mumkin boʻlgan yoga, meditatsiya yoki relaksatsiyaning boshqa texnikalarini kiriting.
  • Yotishdan oldin ortiqcha jismoniy yuklamalar qilmang. Buning oʻrniga vannada yotib yoki kitob oʻqib oʻzingizni holi qoʻyishga urinib koʻring.
  • Sizning uyqusizligingiz siz bola tugʻilishigacha qilishingiz kerak boʻlgan barcha narsalarni rejalashtirayotgan ongingizning shiddatli ishlayotganligi bilan bogʻliq. Karavotning yonida bloknot va qalam tursin, oʻz fikrlaringizni yozing, keyin esa orqaga yotib, yaxshilab uxlab oling.
  • Uxlashga yordam beradigan hech qanday tabiiy yoki sintetik dori vositalarini qabul qilmang, chunki ular bolangizga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin.
  • Oʻt choylarini ichishdan oldin siz oʻz sohasida ekspert boʻlgan farmatsevt yoki oʻtlarning mutaxassisi bilan maslahatlashib koʻrishingiz lozim. Quyidagi choylar odatda homiladorlikda xavfsiz hisoblanadi: sitruslar poʻstlogʻi choyi, zanjabil, limonoʻt, apelsin poʻstlogʻi va naʼmatakl choy. Oʻt choylarini faqat kuchsiz damlama koʻrinishida va moʻʼtadil miqdorlarda qabul qilish lozim. Uxlashdan oldin asal bilan bir chashka sut- tinchlanishning mukammal usuli.
  • Qahva va choy kabi kofein tarkibli ichimliklarni kamaytiring. Va ularni har qanday isteʼmolini faqat ertala va kechqurun bilan cheklang. Qoʻshimcha axborot «Ovqatlanish borasidagi tavsiyalar» boʻlimida keltirilgan.
  • Agar jigʻildon qaynashi bilan muammolaringiz boʻlsa, bevosita uxlashdan oldin koʻp ovqat yemaslikka harakat qiling, shuningdek, butun kun davomida tez-tez kichik porsiyalarda ovqatlaning.
  • Agar sizni uyqusizlik qiynayotgan boʻlsa, tun davomida yoʻqotilgan uyquni oʻrnini toʻldirish uchun kun davomida biroz mudrab oling.
Balki siz shunchaki uxlay olmaydigan tunlar boʻlsa kerak. Yetarlicha dam ololmaganligingiz borasida xavotir olishning oʻrniga nimadir yoqimli narsa bilan shugʻullanishga urinib koʻring- kitob oʻqing, musiqa eshiting yoki elektron pochtada yozishing.

huggies.uz