DO`STLARGA ULASHING:
HTTP ? HTTPS
? Brauzerda «suzuvchilar» e’tibor bergan bo’lishlari mumkinki, ayrim saytlar https:// bilan ayrimlari esa http:// bilan boshlanadi.
? HTTP bilan HTTPS orasidagi eng katta farq — bu xavsizlikdir. HTTPS saytlari himoyalangan bo’ladi, HTTP bilan boshlanadigan saytlar esa himoyalanmagan bo’ladi.
? HTTPS saytlarida SSL sertifikati bo’ladi va bu esa https:// saytlari himoyalanganining dalolatidir.
HTTP saytlarida bunday sertifikat bo’lmaydi.
? Agar siz HTTP saytlariga ma’lumotlaringizni kiritsangiz, masalan, «parol: kompyuter_bilimlari», xakerlar buni bemalol ko’ra oladilar ya’ni sizning ma’lumotlaringiz shifrlanmaydi.
? HTTPS saytlarida esa sizning ma’lumotlaringiz shifrlanadi va kiberhujumchilar sizning ma’lumotlaringiz o’rniga mana bunga o’xshagan narsalarni ko’radilar: T8UV81pQfyhDkhebbz7+oiwldr1j2gHBB3L3RFTRsQCpaSnSBZ78Vme
? Xulosa: Hech qachon http:// bilan boshlanadigan saytlarga o’z ma’lumotlaringizni kiritmang!