Intel protsessor nomlaridagi simvollar nimani anglatadi?

DO`STLARGA ULASHING:

Intel protsessor nomlaridagi simvollar nimani anglatadi?

Hozirda, kompyuter miyasi deb ataluvchi protsessorlar asosan Intel va AMD tomonidan ishlab chiqarilmoqda. Katta foiz Intel’ga tegishli bo’lgani uchun, shu protsessor nomlanishidagi oxirgi harflar(versiyalar) nimani anglatishini yozib o’taman, misol uchun: Core i3-7100U, Core i5-6300HQ, Core i5-9400F.

Bu simvollar protsessor qanchalik tezkor va tejamkorligini bildiradi

K — bu turdagi protsessorni kuchaytirish(разогнать) mumkin, platada ham shu imkoniyat bo’lsa, takt chastotasini oshirsa bo’ladi, kuchaytirish haqida alohida post qilaman.

F — protsessorni o’zida video grafik mavjud emas.

X — eXtreme, ya’ni juda qimmat, yadrolar soni ko’p va juda tezkor protsessor.

M — mobil protsessor, imkoniyatlari chegaralangan.

MX — tezkor mobil protsessor.

S — energo tejamkor protsessor.

P — o’zida videokartasi mavjud bo’lmagan, hamda avtomat kuchaytirish imkoniyati mavjud bo’lmagan protsessorlar.

U — (Ultra low voltage) asosan ultrabuklar uchun mo’ljallangan, juda energo tejamkor(15W’dan kam) protsessorlar.

Q — to’rtta yadroli protsessorlar.

H — juda tezkor videokartasiga ega bo’lgan, mobil protsessorlar.

E — ultrabuklar uchun, o’ta elektr tejamkor protsessor.

L — (Low voltage), 15W’dan 25W’gacha oraliqda quvvat talab qiluvchi, tejamkor protsessor.

T — 25 dan 55W’gacha bo’lgan, kichikroq chastotadagi, biroz tejamkor protsessor.

G — videografik mavjud bo’lgan protsessor.

☝️Bu simvollar birgalikda ishlatilishi ham mumkin: i7-9700KF

Оставьте комментарий