Islom shariatida zakot quyidagilarga beriladi:

DO`STLARGA ULASHING:

Islom shariatida zakot quyidagilarga beriladi:

1. Faqirlarga, yaʼni moli nisobga yetmaganlarga.

2. Miskinlarga, yaʼni hech narsasiz yoʻqsillarga.

3. Qarzdorlarga, yaʼni molidan qarzi koʻplarga.

4. Yoʻlda qolgan musofirlarga, mamlakatlariga yetib olgudek miqdorda zakot beriladi.

5. Alloh yoʻlidagilarga, yaʼni haj yoʻlida, ilm talabida yurganlarga.

6. Omillarga, yaʼni zakot yigʻuvchi va ularni haqdorlarga tarqatuvchilarga.

7. Ozod boʻlish uchun xojasi bilan shartnoma tuzgan qullarga (biroq bugungi kunda qullik yoʻq bo’lgan).

8. Muallafatul-qulubga, yaʼni koʻngli Islomga moyil boʻlib turgan, Islomga kirishidan yoki Islomda sobit boʻlishidan umid qilinayotganlar, Islom yoʻlida xizmat qildirib, musulmonlarga yordam berish kutilayotganlar tushuniladi.

• Bobo-momo, ota-ona, farzandlarga, boylarga zakot berilmaydi. Er xotinga yoki xotin erga ham zakot bermaydi. Ammo aka-uka, opa-singil, amma-amaki, togʻa-xola kabi qarindoshlarga zakot beriladi.

©Islom Moliyasi (https://t.me/IslomMoliyasi)

Оставьте комментарий