Kamerun Respublikasi

DO`STLARGA ULASHING:

Kamerun Respublikasi
Kamerun (ing. Cameroon, frans. Sategoip), Kamerun Respublikasi (ing. Republic of Cameroon, frans. République du Cameroun) — Markaziy Afrikadagi davlat. BMT aʼzosi Gʻarbda Atlantika okeanining Biafra qoʻltigʻi bilan tutash. Maydon 475,4 ming km2, aholisi 28,7 mln. kishi (2017). Poytaxti Yaoundé shahri. Maʼmuriy jihatdan 10 viloyat (province)ra boʻlinadi.
Kamerun — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1972 yil 2 iyundan kuchga kirgan, unga 1995 yilda tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi -prezident (1982 yildan Pol Biyya). U umumiy, toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 7 yilga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — bir palatali parlament (Milliy majlis). Ijroiya hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi.

Оставьте комментарий