Перейти к содержимому
DO`STLARGA ULASHING:
Kichik guruh uchun.
Mustaqil yurtim.
Mustaqil yurtim,
Guzal har yoning,
Sen meni baxtim,
Yuksalsin shoning.
Kuchli bardoshing,
O’ttiz bir yoshing,
Muborak bo’lsin,
Shodlikka to’lsin.
✍️: Islomova Mukambar
Mustaqillik muborak.
Tuxfa berdi falak,
Mustaqillik muborak,
O’z erking qo’lingda,
Gul ochilar yulingda.
Ajdodlar orzusi,
Bolalar kulgusi,
Ozod diyorim,
Beray borim.
✍️: Islomova Mukambar
Mustaqillik bayrami.
Ozod yurtim,
Tinch yurtim,
Hilpirar bayrog’ing,
Yashnar bog’-rog’ing.
Mustaqillik kuni,
Nishonlaymiz uni,
Yurtimda bayram,
Hamma shod xurram.
✍️: Islomova Mukambar