DO`STLARGA ULASHING:
Kitob, yozuv va daftar haqida eng sara va qiziqarli topishmoqlar to’plami barcha yoshdagi insonlar, o’quvchilar, kattalar va bolalar uchun.
1. Daraxt emas, yaproqli,
Ko‘ylak emas, etakli,
Odam emas so‘zlaydi,
Turli kuylar kuylaydi.
Topishmoqning javobi
Kitob.
2. Oq yer ochdim,
Qora bug‘doy sochdim.
Topishmoqning javobi
Qog‘oz, yozuv.
3. Tog‘dan tayladim sinmadi,
Suvga tayladim sindi.
Topishmoqning javobi
Qog‘oz.
4. Tilsiz, aql o‘rgatar.
Topishmoqning javobi
Kitob.
5. Bodomcha bodomcha bilan,
Yetti kalit tom bilan.
Ne ko‘zi bor, ne og‘zi bor,
So‘ylashadi odam bilan.
Topishmoqning javobi
Kitob.
6. Sirti tayoq,
Ichi bo‘yoq.
Topishmoqning javobi
Qalam.
7. Uzun bo‘yli,
Yo‘rma to‘nli.
Topishmoqning javobi
Qamish qalam.
8. Qo‘l bilan ekilar,
Og‘iz bilan yig‘ilar.
Topishmoqning javobi
Yozish, o‘qish.
9. Ustida qopqoq,
Tagida qopqoq,
Ichinda yaproq.
Topishmoqning javobi
Kitob.