?Kokarboksilaza ampulasi — samarali ta’sirga ega vosita.
#Kokarboksilaza ampula
#Кокарбоксилаза ампула
? Dori shakli : ?
Ineksion eritma tayyorlash uchun liofizilat , ya’ni ampulacha ichida oq kukun ko’rinishida.
?Tarkibi ?
Kokarboksilaza gidroxloridi va natriy karbonat
?Ta’sir qilishiga ko’ra ?
Organizmda modda almashinuvini yaxshilovchi va yurak faoliyatini normallashtiruvchi vosita.
?QO’LLANILISHI ?
— Nerv tolalari faoliyatini yaxshilab, asab tizimini yaxshilaydi
— Qandli diabetda qo’llaniladi
— Qandli diabet kasalligi oqibatidagi atsidozda
— Jigar va diabetik komada qo’llaniladi
— Koma holatlaridan oldingi holatlarda
— Jigar va buyrak yetishmovchiligida
— O’pka va yurak yetishmovchiligida va nafas atsidozida
— Organizmda qon aylanishining buzilishida
— Yurak kasalligida juda yaxshi vosita
— Ekstrasistoliyada va taxikardiyada qo’llaniladi
— Xilpillovchi aritmiyalarda va yurak ritmining buzilishi bilan kechuvchi yurak kasalliklarida
— Preeklampsiya va eklampsiya holatlarida ( bunda qon bosimi oshganda , qon bosimini tushiradi)
— Nerv hujayralarining yallig’lanishi va shamollashida
— Yurak yetishmovchiligida qo’llaniladi. Yurak faoliyatini yaxshilaydi
— Yangi tug’ilgan bolalar asfiksiyasida qo’llaniladi.
— Kislorod yetishmovchiligida , ya’ni gipoksiyada
— Pnevmoniyada ham yaxshi ta’sirga ega
— Sepsis da
— Qon aylanishi yaxshi bo’lmaganda qo’llaniladi
?QO’LLASH USULI ?
?Mushak ichiga yuboriladi.
?Vena ichiga to’g’ridan togri yuborganda 10 ml lik shpritsda natriy xlor ni tortib kokarboksilazani eritamiz. Vena ichiga 10 ml hajmda yuborish kerak.
?Eng yaxshi yuborish usuli bu natriy xlor osmasi yoki glyukoza osmasi ichiga qo’shib yuborish hisoblanadi. Bunda erituvchi sifatida shu eritmalarni o’zidan ham foydalansa bo’ladi.
Bitta osma ichiga katta kishilarga yuborish uchun 2 ta ampula kokarboksilazani eritib osmaga qo’shib yuborish mumkin.
Agar kokarboksilazani o’zini erituvchisi quti ichida bo’lsa shu erituvchida eritib , keyin osmaga qo’shib jo’natsa ham boladi.
?NOJO’YA TA’SIRI ?
— Teri qichishishi
—Teri toshmasi
— Eshakyemi kuzatilishi mumkin
— Vena ichiga yuborilganda ineksiya joyida giperemiya ( qizarish ) va shish kuzatilishi mumkin
❌QO’LLASH MUMKINMAS ?
— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda
— Homiladorlikda va emizish davrida qo’llash mumkin emas
?ADMIN MASLAHATI ?
?Preparatni qandli diabet kasalligi bor bemorlar qo’llashi mumkin. Qandli diabetda bu juda zo’r va yaxshi ta’sirga ega.
Bu holatda faqat natriy xlor osmasiga qo’shib jo’natsa bo’ladi. Mushakka ham yuborsa boladi. Lekin qandli diabeti bor bemorlarga glyukoza osmasiga qo’shib jo’natmang .
?Xomiladorlikda tavsiya qilinmaydi.
?Preparatni yosh bolalarga ham jo’natish mumkin. Pediatr shifokor bilan maslahat qilib keyin jo’nating.
?Yana bir muhim ma’lumot , shuki kardiolog bo’laman deganlar diqqatiga va boshqa hammaga bu preparatni xilpillovchi aritmiya da vena ichiga yuborib bo’lmaydi ( esda saqlang).
?Umumiy davolanish vaqtida kompleks davo ichida osmaga ichiga qo’shib , qabul qilsayiz juda yaxshi bo’ladi. Bitta osmaga 2 ampula kokarboksilazani eritib qo’shuviring , kattalarga bo’ladi.
?Tibbiyot xodimi sifatida ushbu preparatni shaxsan o’zim tavsiya qilaman ??
?Qo’llash — retsept bo’yicha
?Ishlab chiqaruvchi — Ukraina
Hi, I check your blogs daily. Your humoristic style is awesome,
keep up the good work!