Korxonani mashhur qilish, yohud Reklama sirlari…

DO`STLARGA ULASHING:

Sifatli mahsulot reklamaga muhtoj emas – degan gap bor. Bu haq, Ammo o’sha mahsulot haqida odamlar tezda bilishi uchun avval uni tanitish kerak. Mahsulot ming sifatli bo’lsin uning nomi tillarda doston bo’lishi uchun ancha vaqt kerak.
Demak siz bilan aynan shu sohaning eng nozik sirlari haqida gaplashamiz.
Sizning ham korxonangiz bo’lsa kerak, Agar bo’lmasa unda kelajakda sizga korxona ochish nasib qilar.
Sizda korxona bor deylik, U ishlab chiqarish bo’ladimi, oziq ovqat bo’ladimi, yoki internet saytingiz bo’ladimi. Bu haqda odamlarga bildirish kerak. Lekin qanday qilib odamlarga oson va kam xarajat bilan elon qilish mumkin.
Shaharda reklama beruvchi kompaniyalar juda ko’p. Ularda shu soha mutaxassislari ishlaydi. Reklama beruvchi mutaxassislar kuchli psixolog bo’lishadi. Ular inson ongida muhrlanib qoluvchi reklama usullarini bilishadi. Siz ham bularni eplashingiz mumkin.
Masalan Aloqa operatorlarini olaylik, Bularni reklamasi aholi ongiga shu qadar singib ketganki, har qadamda bularni reklamasini uchratish mumkin.
Agar siz ham ular qo’llagan usulni qo’llab reklama bersangiz Korxonangizni bir zumda butun Shaharga mashhur qilishingiz mumkin.
Qayerda reklama bergan maqul ?
Dorilar reklamasi yoki telefon kompaniyalari reklamasi, ko’pincha Metroda bo’ladi. Chunki odam gavjum joy. Ammo narxi-chi. Sizni korxonangiz shu xarajatni qoplay oladimi.
Keling, men sizga reklama berish uchun eng qulay va arzon xarajatli 12 ta usul haqida so’zlab bersam.
1-USUL.
Qog’oz yopishtirish.
A4 formatda o’zingiz printerda banner tayyorlaysiz va uni 100- 200 (iloji bo’lsa ko’proq) nusxa kopiya qilasiz. Ertalabdan ko’cha –ko‎’yda, binolarda, Universitetlar atrofida, umuman gavjum joylardagi ustun va daraxtlarga yopishtirasiz. Agar bu ish qo’lingizdan kelmasa Elon yopishtirish uchun biror odam yollab bir ikki sum choychaqa berasiz tamom.
Ammo duch kelgan joyga yopishtirish mumkin emas. Masalan: tikuv sexini reklama qilmoqchi bo’lsangiz uni bozorlarda yoki ko’p qavatli uylar atrofida reklama qilgan maqul.
Agar O’quv kursini reklama qailaman desangiz uni ko’proq maktab, kollej va universitetlar atrofida reklama qilgan maqul.
Agar eshik rom deraza ishlab chiqarish korxonasi bo’lsa uni ko’proq qurilish mollar sotiladigan bozorlar atrofida yoki mahalla ko’chalarida reklama qilgan foydali. Chunki mahalladagilar uyini remont qlganda eshik deraza olishi mumkin.
2-USUL.
Odamlarga reklama qog’ozini tarqatish.
Kichikroq qog’ozda rangli reklama tayyorlaysiz. Poligrafiya firmalariga buyurtma bersangiz kichik buklet shaklida chiroyli dizayn bilan tayyorlab berishadi. Xuddi ramazon kalendariga o’xshagan bo’ladi.
Bunday bukletlarni 300 – 400 tasini olasiz va odam gavjum joylarda, masalan bozorlarda har bir yo’lovchini qo’liga tutqazasiz. Agar bu ish o’zingizni qo’lingizdan kelmasa Bu ishga ham biror odam yollaysiz.
3-USUL.
Kalendar va taqvim chiqaring.
Kalendar chiqarib unga o’z mahsulotlaringizni reklamasini qo’ying. Bularni chiqarish uchun ham poligrafiya korxonalari sizga yordam beradi. Keyin esa chiqarilgan kalendarlarni bepul tarqating. Ayniqsa ramazon payti ro’za taqvini chiqarib unga reklama joylang. Va masjidlarda jamoatga tarqating.
Hech qachon duch kelgan joyga tarqatmang. Korxona, ofislar uchun tarqating. Shaharda minglab korxonalar bor. Kutubxonalar bor. Yoki Universitet, maktab, kollejlar uchun bepul tarqating. Iloji bo’lsa faqat tarqatib emas o’zingiz odam yollab kerakli joyga yopishtiring. Buning uchun direktorni ruxsatini olishni unutmang.
4-USUL.
Komputer klublari sizga yordam beradi.
Korxonangiz sayini ham reklama qilishingiz juda zarur buning uchun internet klublar ga homiylik qilib o’z banneringizni bino devorlariga yopishtiring. Komputer ish stoliga o’z reklamangizni fon qilib qo’yishni so’rab ko’ring. Buning cuhun pulni ayamang. Chunki internetga kirgan odam albatta qiziqib sizni saytingizga ham kirishi mumkin.
5- USUL.
Gazetalar
Gazeta va jurnallardan reklama joylari oling. Masalan “Tashkentskiy nedelya”, “CHastniy sektor”, “Karera”, “Darakchi”, va boshqa mashur gazetalarda rasmli reklama bering. Rasmli reklama berishda avvalda aytilgan 1 – qoidaga rioya qiling, ya’ni bitta rasm va qisqa matn, pastroqda esa kontaktlar bo’lsin. Ortiqcha bezaklar odam ko’zini chalg’itadi.
6- USUL.
Elektron kitoblar va dasturlar
Korxonangiz qaysi soha bilan shug’ullanadi. Masalan: Vebsayt yoki dastur tuzish bilan shug’ullansa, u holda Turli multimedia dasturlari yoki mini o’yinlar tuzib ularda o’z reklamangizni joylang. Keyin esa ularni internet orqali ommaga bepul tarqating.
Masalan turli elektron o’quv qo’llanmalar, va darsliklar chiqaring…. Bu narsalar tezlik bilan qo’ldan q’lga o’tadi. Men o’zim bir paytlar “vebsayt yaratish darslari ”- nomli elektron kitob yozib uni internet forumiga qo’ygandim. Oradan ozgina vaqt o’tgach kitobni o’qigan insonlardan yuzga yaqin maktub oldim. Ular Kitobni davomini so’rashardi. Chunki Elektron va multimedia narsalar bir odamga maqul kelsa uni o’z do’stlariga ham yuboradi. Va bu xuddi geometrok progressiya kabi tarqaladi.
7-USUL.
Agar tog’ sizni oldingizga kelmasa, siz tog’ni oldiga boring.
Siz taklif kelishi kutib o’tirmang. O’z firmangiz xizmatini taklif qiling. Spravochniklardan turli korxonalarni izlab toping va ularga telefon orqali chiroyli muomala bilan o’zingizni xizmatingizni taklif qiling. Masalan:
“- Alo, bu falon firmasimi ?, Men falon firmadan bo’laman. Ismim Faloncha.
Men sizni firmangiz haqida ko’p eshitgandim. Sizlarni mahsulotingizdan biz ham foydalanamiz.
Sizlar bilan hamkorlik qilish taklifim bor sizlarga ham foydali bo’lard edi… (Uning fikrini bilgach shunga qarab o’z firmangiz xizmatini taklif qilasiz.)
Korxonalarni topsih uchun www.yellowpages.uz www.top.uz www.doda.uz saytlarii ham qulay. Torg.uz sayti katalogi ham bor. Amg.uz saytida ham bir qancha korxonalar bor. Xullas izlashga Google.uz sayti ham qulay.
8-USUL.
Internet konferensiyalarida reklama
Internetda 100 ga yaqin forumlar bor, turli xil chat saytlari bor. Bularda har kuni yuzlab odamlar kirib o’zaro muloqot qiladilar.
Forumlarga azo bo’lib. O’z firmangiz haqida malumotlar yozib turing. Firmangiz mahsuloti haqida qiziqarli malumotlardan iborat mavzular oching. Facebook.com saytiga azo bo’ling va firmangiz mahsuloti haqida mavzular yozing. Bunda siz hech qancha pul sarflamaysiz. Eng qulay tekin reklama desak ham bo’ladi. Unutmang, har bir yozgan mavzularingizni 1 kunda 100 ga yaqin odam o’qishi mumkin. 1 oyda-chi.?
Chunki internetga kirovchilar soni deyarli kuniga ming kishiga ko’paymoqda.
9-USUL.
Pullik internet reklama xizmati
Mashhur saytlarning egasi bilan bog’lanasiz. Va rasmli yoki animatsion reklama joylaysiz. Bundan tashqari www.sir.uz www.vipjoy.uz kabi reklama xizmatlari ham bor. Shular bilan bog’lanib internetda o’z korxonangizni mashhur qilishingiz mumkin.
10-USUL.
SPAM, Ommaviy reklama
Bir vaqtni o’zida Internetdagi millionlab kishilar emailiga maktub yuborish bu spam hisoblanadi. Hammamiz emailimizga kelgan maktublarni ochib o’qiymiz.
Bazan bizga keraksiz turli tovarlar reklamasi haqidagi maktublar ham pochtamizga kelib qolgadi. Ana shular spam deyiladi. Ularni Spammerlik kompaniyalari yuboradi.
Siz ham ana shunday spam tarqatuvchi kompaniyalar bilan kelishib o’z firmangiz haqidagi reklamani millionlab odamlar emailiga yuborishingiz mumkin.
Aqsh va yevropada spam tarqatish reklamasi eng qulay va arzon reklama hisoblanadi.
Ammo. O’zbekistonda bunday xizmat yo’q. Lekin Buni o’zingiz tashkil qilishingiz mumkin. Faqatgina web dasturlashdan oz moq bilim bo’lishi kerak.
Nima qilishi kerak. Emaillar to’playsiz. Va hammaga yozilgan reklama matnni jo’natasiz. Bir vaqtni o’zida mingdan ko’p email yuborish ham mumkin. Buni amalgam oshirish uchun web dasturchilar bilan maslahatlashing
11-USUL.
Xonadon eshiklariga elon qoldirisb ketish
Bu ham yaxshi usullardan biri. Kichik qog’ozchalar (iloji bo’lsa rangli) tayyorlab har bir xonadon eshigiga yopishtirib yoki biror joyga qoldib ketasiz.
12-USUL.
Kinodagi yashirin reklama.
AQSh kinolarining deyarli 90% ida yashirin reklama mavjud. Kinodagi voqea orasida biror mahsulot ham reklama qilinadi. Ammo uni biz sezmaymiz.
Masalan. Kino qahramoni tushlikda stol ustiga Cola qo’yadi. Va uni ichayotgani ham kinoda ko’rsatiladi.
Boshqa filmlarda esa kino qahramoni biror Avtomobilni minganida o’sha avtomobil ekranga har tomondan markasi bilan ko’rsatiladi. Bu ham yashirin reklama.
Yana bir kinoda Kino qahramoni och qolganda cho’ntagidan Snikers olib yegani ham alohida ko’rsatilgan.
Demak kino studiolarga homiylik qilib film orasida mahsulotingizni alohida ko’rsatish. Yoki kino qahramoni o’sha mahsulotingizdan foydalanish jarayoni ko’rsatilishi va hokazo. Bu ham eng samarali reklamadir.
Mana sizga Reklama berishnng 12 ta oltin qoidasini ko’rsatib berim. Endi bularga amal qilish sizga bog’liq.
Agar reklama haqida yanada ko’proq malumot kerak bo’lsa, www.pr.uz saytiga kirishni maslahat beraman, bu saytda internet reklamasi haqida kerakli malumotlar juda ko’p
Bir maslahat!,
Bu usullari hammasini baravar qo’llab bo’lmaydi.
Reja tuzib har hafta bittadan usulni sinab ko’ring. Omad sizga

Оставьте комментарий