KXDR rahbari Kim Chen in haqida

DO`STLARGA ULASHING:

Nima uchun mashhur?
KXDR rahbari. Yurtida yadroviy qurol paydo bo‘lishiga erishgan. Kichik davlat yo‘lboshchisi bo‘lsa-da, faqatgina Xitoy, AQSh va Rossiya kabi yirik davlatlar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazgan. Bundan tashqari, amerikaliklarning nazdida dunyodagi eng kulgili rahbar.
Qanday qilib mashhur bo‘ldi?
Otasi hokimiyat tepasida bo‘lgan vaqtda avvaliga uning qachon tug‘ilganini ham yashirishadi. 1993 yildan 1998 yilgacha Shveytsariyadagi maktabda boshqa ism bilan o‘qiydi. Yoshligida uyatchan va yoqimli bo‘lib, sinfdoshlari bilan yaxshi kelishgan, kompyuter o‘yinlariga qiziqqan. 1998 yildan 2000 yilgacha yana boshqa ismda Shveytsariyaning boshqa shahrida o‘qiydi. Davlat rahbarining o‘g‘li bo‘lsa-da, siyosatga umuman qiziqish bildirmaydi, ammo sportda o‘zini ko‘rsatishni boshlaydi va ko‘p holatlarda basketbol ishqibozi bo‘lgani sabab Maykl Jordan rasmini o‘zi bilan olib yuradi. 2002 yildan 2007 yilgacha esa vatanida otasi nomiga ochilgan universitetda tahsil oladi. U o‘zini davlat rahbari bo‘laman, deb o‘ylamaydi. Ammo akasining ketma-ket qilgan xatolari tufayli otasi Chen Inni voris sifatida ko‘rishni boshlaydi va u haqida ma’lumotlar ommaga e’lon qilina boshlanadi. Amaldor unga ko‘nikishi uchun 2006 yili uning portreti ishxonalarga qo‘yila boshlaydi. Xalq uni sevishi uchun 2010 yili tug‘ilgan kuni 8 yanvarni milliy bayramga aylantirishadi. Sekin-asta (http://t.me/fikrat)lavozimlari ko‘tariladi. Keyinchalik otasi Kim Chen Ir 2011 yil 17 dekabr kuni vafot etadi. Bu haqdagi ma’lumot esa 2 kundan so‘ng e’lon qilinadi va u davlat rahbariga aylanadi. Ammo davlatni amakisi Chan Son Txek bilan bo‘lishiga to‘g‘ri keladi. Xarakteri butunlay o‘zgaradi. Sog‘lig‘ida ham o‘zgarishlar bo‘lib, diabet va gipertoniya bilan og‘rishi aniqlanadi. 2012 yil 15 aprelda bobosining yuz yilligini nishonlash vaqtida birinchi marotaba ommaga namoyish beradi. Vaqt o‘tishi bilan xalq uni butunlay sevib qoladi. 2013 yili 12 fevralda muvaffaqiyatli uchinchi yadroviy sinov o‘tkazadi. 2013 yili 12 dekabrda amakisini qatl ettiradi. 2015 yili esa mamlakatida termoyadroviy qurol borligini e’lon qiladi.
Mashhur nima deydi?

«Yadroviy quroldan ham xavfliroq narsani bilmoqchimisiz? Bu so‘z».»Hech qachon kechasiz bugun, bugunsiz ertaga bo‘lmaydi».»Oxirgi yillar qochishlardagi asosiy motivatsiya ovqat emas, ozodlik yetishmasligi bo‘lib qoldi».

new.fikrat.uz

Оставьте комментарий