DO`STLARGA ULASHING:
Madhiya haqida original sherlar.
Madhiya — bu Vatanimizning sha’ni, g‘ururi va mustaqilligini ifodalovchi muqaddas qo‘shiq. Madhiya haqida yozilgan she’rlar esa inson qalbida faxr, mehr va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada kuchaytiradi. Ushbu sahifada siz “Madhiya haqida sher” mavzusiga bag‘ishlangan eng ta’sirli, ma’naviy mazmunga boy va ruhlantiruvchi satrlarni topasiz.
Maktab tadbirlarida, ma’rifiy kechalarda, mustaqillik bayramlarida yoki ijtimoiy tarmoqlardagi postlar uchun juda mos bo‘lgan she’rlar to‘plami aynan shu yerda jamlangan.
Davlat madhiyasi matni
Serquyosh, hur oʻlkam, elga baxt, najot
Sen oʻzing doʻstlarga yoʻldosh, mehribon!
- Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
- Shuhrating porlasin toki bor jahon!
- Naqorat:
- Oltin bu vodiylar — jon Oʻzbekiston,
- Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
- Ulugʻ xalq qudrati joʻsh urgan zamon,
- Olamni mahliyo aylagan diyor!
- Bagʻri keng oʻzbekning oʻchmas iymoni,
- Erkin, yosh avlodlar senga zoʻr qanot!
- Istiqlol mashʼali, tinchlik posboni,
- Haqsevar, ona yurt, mangu boʻl obod!
- Naqorat:
- Oltin bu vodiylar — jon Oʻzbekiston,
- Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
- Ulugʻ xalq qudrati joʻsh urgan zamon,
- Olamni mahliyo aylagan diyor.
-
Davlat madhiyasi yangragan mahal.
Davlat madhiyasin yangratib ko’p bor,
Hayratga to’ldir bu keng dunyolarni.
Ruhlarin shod etgin, yod etib takror,
Mutal Burxonni-yu, Abdullolarni.
Davlat madhiyasi yangragan mahal,
O’ng qo’ling qalbingni ustida tursin.
Tinchlik qo’rg’oniga qalqon askarday,
Yuraging doim o’z rostida tursin.
Davlat madhiyasi yangragan mahal.
Yoshlar madhiyasi sheri.
Ajdodlardek yorugʻ yuz boʻlmoq uchun,
Nurlashaylik, Oʻzbekiston yoshlari!
Dunyo koʻrib qoʻysin biz yoshlar kuchin,
Birlashaylik, Oʻzbekiston yoshlari!
Bu kun jahon maydonida koʻp yoshlar,
Boʻlmoqdalar ajdodlarga munosib!
Ular yurtni marralar sari boshlar,
Beruniylar bosgan izlarni bosib!
Yurt bayrogʻin Kubroday mahkam tutib,
Yuksaklarga qadar uchgan yoshlarmiz!
Boradirmiz, turmaymiz baxtni kutib,
Har jabhada zafar quchgan yoshlarmiz!
Dunyo bilan barcha tilda birma-bir,
Tillashaylik, Oʻzbekiston yoshlari!
Vatan qadrin birdamlik koʻtargaydir,
Birlashaylik, Oʻzbekiston yoshlari!
Botirjon Ergashev
Madhiyam sheri.
Istiqloling abad bo‘lsin betakror,
Gar aytilsang, yurakni chulg‘ar bahor.
Navolaring o‘zgacha berur mador,
Tillo-yu, zar, bebaho dur, — Madhiyam!
Tor dunyoni aylarsan keng boshimga,
Parvo qilma, ko‘n iztirob yoshimga.
Butun dunyo kelsa hamki qoshimga,
Bo‘lgum mudom bir senga jo‘r, Madhiyam!
Sarhad bilmas nomus o‘zing, or o‘zing,
Kuylar bo‘lsam, qo‘limdagi tor o‘zing.
Har damimda bo‘lgan menga yor o‘zing,
O‘zbek elga milliy g‘urur – Madhiyam!
Osmonimga kelmas g‘ubor, bor bo‘lsang,
Armonim yo‘q, — agar milliard yosh ko‘rsang.
Senga sodiq Javohir Mirzo bilsang,
Yayra endi, qandingni sur, Madhiyam!
Davlat Madhiyasi haqida 4 qator sher.
Assalom Ona yurt, go‘zal tonglar o‘lkasi,
Ta’rifu tavsifingni yo‘q nihoyasi.
Har yurak, har dil, har qalb kuylasin,
Jaranglagin tillarda Yurtim madhiyasi.
Davlat madhiyasi sherlar.
