Limon oʼsimliklarini parvarishlash

DO`STLARGA ULASHING:

Sugʼorish 15 – 20 sm chuqurlikda olingan egatlar orqali oʼtqaziladi. Bunda chuchuk suv tuproq 40 – 50 sm chuqurligigacha namiqqunga qadar jildiratib oqiziladi. Dastlab koʼchatlar bir – ikki kun oralatib sugʼoriladi, oʼsimliklar obdon tutib ketgandan keyin esa suv vaqti – vaqti bilan beriladi, ammo tuproq butun oʼsuv davri davomida nam holatda boʼlishi kerak. Uchinchi yili esa sugʼorish egatlari, oʼsimlikdan 50 sm qochirib 30 – 40 sm chuqurlikda olinadi.
Limonning normal oʼsishi va yaxshi hosil berishi uchun tuproqning optimal namligi uning toʼliq nam sigʼimiga nisbatan 70 – 85 % boʼlish kerak. Limon koʼchatlari tez – tez (mavsum mobaynida 25 martagacha) sugʼorib turilishi lozim. Sugʼorishi soni ob – havo sharoiti va oʼsimliklarning holatiga bogʼliq boʼladi. Qumoq tuproqlarda limon oʼrta hisobda fevralda 1 marta, martda 2, aprel va mayda 3 martadan, iyunda 4, iyul va avgustda 4 – 5 martadan, sentabrda 3, oktabrda 2, noyabrda 1 – 2 marta sugʼorilishi lozim. Shunda 5 – 6 martagacha goʼng sharbati ham oqiziladi. Yozning jazirma issiq kunlarida limon kechqurunlari va ertalab sugʼoriladi.

Har qaysi sugʼorishdan keyin tuproq 10 – 15 sm chuqurlikda yumshatiladi. Oʼsimliklar hosilga kirgandan keyin tuproqni yumshatish sugʼorish oralatib oʼtqaziladi.
Yerni ishlash
Qish davrida chuqur (25 – 30 sm) ishlanib, bir yoʼla chirigan goʼng va superfosfat solinadi. Undan keyingi ishlov berish sugʼorish yoki goʼng sharbati berish hamda mineral oʼgʼitlar bilan oziqlatirishga bogʼlab olib boriladi.
Yerni ishlashda ehtiyot boʼlish kerak, chunki oʼsimlikning asosiy ildizi 15 – 25 sm chuqurlikda joylashgan boʼladi. Begona oʼtlar muntazam ravishda olib olinishi va issiqxonadan ular tashlashi lozim, chunki ular shira va boshqa zararkunandalarni koʼpaytirish makoni boʼlishi mumkin.
Oʼgʼitlash
Koʼchat oʼtqazilgandan keyin ikkinchi yildan boshlab (tuproqqa kuzgi ishlov berishda) goʼng va superfosfat solinadi. Bir ikki va uch yillik koʼchatlarning har qaysisi ostiga 10 kg dan goʼng, 20 gr dan fosfor va azot hamda 10 ga dan kaliy (sof modda hisobida) solinadi, hosilga kirgan daraxtlariga esa 20 – 25 kg dan goʼng va 80 – 120 g dan fosfor, 80 – 120 g dan azot va 40 – 60 g dan kaliy beriladi (oʼsimliklarning yoshiga qarab solinadigan oʼgʼitlar miqdori oshirib boriladi). Mineral oʼgʼitlar ikki muddatda yarimi fevralda va qolgani mayning oxiri – iyunning boshlarida (tugunchalar paydo boʼlganda) solinadi. Shuningdek limon goʼng sharbati bilan ham sugʼorib turiladi. Bunda birinchisi limon oʼsa boshlash oldindan va yana 3 – 4 sm tugunchalari toʼkilgandan keyin hamda mevlarining oʼsish davrida 20 – 25 kun oralatib beriladi. Goʼng sharbati sigir, qoʼy va parranda goʼngidan (2:1:1 nisbatlarida) iborat boʼlib birga sugʼorish egatlariga oqiziladi. Yoz paytida oʼsimliklar goʼng sharbati bilan kechqurun va ertalabki soatlarda sugʼoriladi.

14 комментариев к “Limon oʼsimliklarini parvarishlash”

  1. Уведомление: blogdiloz

  2. Уведомление: DevOps consulting in US

  3. Уведомление: FUL

  4. Уведомление: ASC AR 15 7.62X39 30rd Mag SS Black

  5. Уведомление: sbobet

  6. Уведомление: voir ce site

  7. Уведомление: used ferrada wheels for sale

  8. Уведомление: site web

  9. Уведомление: 주식선물

  10. Уведомление: Buy Methadone Overnight

  11. Уведомление: modesta coating

  12. Уведомление: naakte tieten

  13. Уведомление: Krabi elephant

  14. Уведомление: Water Heater Plumbers Near Me

Комментарии закрыты.