Magniy(Mg) yetishmovchiligi 7 belgisi

DO`STLARGA ULASHING:

?Magniy(Mg) yetishmovchiligi 7 belgisi

?Magniy — odam organizmidagi muhim elementlardan biri. U eng muhim fiziologik jarayonlarda ishtirok etadi.
Magniy yetarli bo‘lganda odam o‘zini yaxshi his qiladi.

?Organizmdagi Mg miqdori qondagi glukoza miqdoriga, suyak va mushak tizimini holatiga, moddalar almashinuviga bog‘liq bo‘ladi.

✅Mg ga bo‘lgan sutkalik ehtiyoj:
-erkaklarda 400-420 mg
-ayollarda 310-320 mg

✅Mg ga boy mahsulotlar:
-yong‘oq
-pista
-banan
-tabiiy yogurt
-qora shokolad
-avokado
-loviya
-yashil sabzavotlar

✅Mg yetishmovchiligi asosiy sabablari:

-noto‘g‘ri ovqatlanish
-oshqozon-ichak kasalliklari
-Vitamin D yetishmasligi
-alkagol iste’mol qilish

Mg yetishmovchiligi belgilari:

1⃣Barmoqlarda sanchish va uvushish

Magniy nerv tizimini to‘g‘ri ishlashi uchun zarur, uning yetishmovchiligi nerv impulslarini o‘tkazilishini buzulishiga sabab bo‘ladi. Bu qo‘l va oyoq barmoqlarida sanchish va uvushish ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.

2⃣Gripp holati

Agar siz charchoq va holsizlik hissini sezsangiz, yeyishni xohlamasangiz va davriy ko‘ngil aynishi kuzatilsa, demak sizda gripp emas. Bular Mg yetishmovchiligi belgilari hisoblanadi. Agar sizni holatingiz 5 kun ichida yaxshilanmasa, vrach ko‘ruviga boring.

3⃣Titrash

Muskullar titrashi nerv sistemasi faolligidagi anomaliya tufayli yuzaga keladi, bu ko‘pincha Mg yetishmovchiligi bilan bog‘liq bo‘ladi.

4⃣Mushaklardagi og‘riq

Mg miqdorini pasayishi nerv hujayralaridagi kanallarini o‘tkazuvchanligini oshishiga va muskullardagi nervlar giperstimulyatsiya sabab bo‘ladi. Mushaklardagi og‘riq ko‘pincha titrashdan so‘ng yuzaga keladi.

5⃣Emotsinal o‘zgarishlar

Mg yetishmovchiligi ta’sirida odamda kayfiyat tushib ketadi, depressiya ko‘proq moyillik paydo bo‘ladi.

6⃣Yurak ritmini o‘zgarishi

Mg yetishmovchiligi kaliy miqdorini pasayishiga olib keladi, bu o‘z navbatida yurak ishiga ta’sir qiladi va yurak ritmi kamayadi.

7⃣Surunkali qabziyat

Oziqlanishda Mg tabiiy ich surish rolini bajaradi, uning yetishmasligi sababli stulda o‘zgarishlar kuzatiladi. Bu surunkali qabziyat bo‘lib, bunda odamning ichi haftasiga 3 marta keladi.

Оставьте комментарий