DO`STLARGA ULASHING:
Matn va lug’at ustida ishlash
Nurmatova Zilola Ravshanovna
Kogon tuman 1-IDUM
ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi
MATN VA LUG‘AT USTIDA ISHLASH
Darsning maqsadi:
-
a) o‘quvchilarning tovush o’zgarishlari, bo’g’in va uning ahamiyati yuzasidan olgan bilimlarini matn va lug’at ustida ishlash orqali mustahkamlash;
-
b) tarbiyaviy maqsad: fan sohasida buyuk kashfiyotlar qilgan olimlarning ibratomuz hayoti, fan rivojlanishiga qo’shgan hissalarini singdirish orqali kashfiyotlar yaratish hissini shakllantirish;
-
d) rivojlantiruvchi maqsad:tinglab tushunish,o‘qish;gapirish va yozish kabi nutqiy kompetensiyalarni shakllantirish.
Dars tipi:Yangi bilim beruvchi.
Dars turi:No’ananaviy.
Dars metodi:Aqliy hujum, amaliy ,tarqatmalar,savol-javob,guruhlar bilan ishlash “Qayta hikoya”,”Xatosini top”,”Ortiqchasini top” metodlari
Dars jihozi:Komputer, proyektor,darslik, tarqatmalar,rasmlar.
T/r |
Darsning bosqichlari |
Ajratilgan vaqt |
1 |
Tashkiliy qism |
2 daqiqa |
2 |
Uy vazifasi |
3 daqiqa |
3 |
O’tgan mavzuni mustahkamlash |
10 daqiqa |
4 |
Yangi mavzu bayoni |
10daqiqa |
5 |
Yangi mavzuni mustahkamlash |
15 daqiqa |
6 |
Darsni xulosalash |
2 daqiqa |
7 |
Uyga vazifa |
1 daqiqa |
8 |
Baholash |
1 daqiqa |
Darsning borishi:Darsning tashkiliy qismida navbatchi axbaroti tinglanib,kuz faslida nishonlanadigan bayramlar so’raldi va til haqida she’rlar ,o’tilgan mavzuning nomi, darsning shiori so’raldi.Sinf 3 guruhga oldindan bo’lib qo’yilgan va ular o’zlariga nom tanlashlari uy vazifasi qilib berilgan.
Guruh nomlari:
1-guruh –“Zuhro”yulduzi
2-guruh-“Mushtariy”yulduzi
3-guruh-“Cho’lpon” yulduzi
O’qituvchi har bir guruh a’zolarini baholab bordi.
“5” baho(Katta yulduz)
“ 4” baho(O’rtacha yulduz)
“3” baho (Kichik yulduz)
Guruhlar a’zolariga har bir javoblari uchun yuqoridagi kartochkalardan taqdim etildi, qaysi guruh o’z osmonida ko’proq yulduz to’plasa o’sha guruh g’olib.Shu orqali har bir o’quvchi ham baholandi.
Topshiriq. Matnni O‘QING. O’QIB YOKI TINGLAB TUSHUNISH VA GAPIRISH ko’nikmalarini rivojlantiradi. Matn audio shaklda o’qib eshittiriladi. “Qayta hikoya” metodi qo’llaniladi.Dastlab o’quvchilarga yulduzlar haqida ma’lumot beriladi.Yulduz ilmini o’rgangan olim Mirzo Ulug’bek ekanligi aytib o’tiladi.
Qutb yulduzi.
Qadimda dengizchilar yoki sahrodagi karvonlar yulduzlarning joylashishiga qarab yo‘lni aniqlashgan. Yulduzlarni o‘rganib, ularning
xaritasini chizib beradigan kishilarni esa munajjim deb atashgan.
Bilasizmi, yulduzlarning ham “yulduzi“, ya’ni mashhurlari bo‘ladi.
Qutb yulduzi ana shundaylardan biri. Chunki u o‘tgan davrlar
Mobaynida ko‘plab adashganlarga yo‘l ko‘rsatib, o‘z manzillariga eson-omon yetib olishlarida ko‘makchi bo‘lgan. Qutb yulduzi osmondagi eng yorqin yulduzlardan biri bo‘lgani uchun uni topib olish qiyin emas. Olimlarning aytishicha, kunlar, oylar, ba’zan yillar o‘tishi bilan yulduzlarning samodagi o‘rni o‘zgarib turar ekan. Faqatgina Qutb yulduzi o‘z joyidan hech qachon jilmaydi, doim osmonning shimoliy qismida yaraqlab turadi. Shunday o‘ziga xos xususiyati tufayli sayyohlar Qutb yulduziga qarab shimol, janub, sharq va g‘arbni aniqlay olishgan.
Qutb yulduzi Katta ayiq yulduzi turkumiga kiradi. U Quyosh dan 120
marta katta bo‘lib, o‘n ming marta kuchliroq nur taratadi. Odamlarga
yo‘l ko‘rsatib turgani uchun “Yo‘lchi yulduz“ deb ham atashgan. Juda
olisda bo‘lgani bois ushbu yulduz nurlari Yergacha 472 yilda yetib
keladi. (“Jajji akademik” jurnalidan)
Shundan so’ng matn asosida savollar beriladi.
1.Qadimda kimlar yulduzlar joylashuviga qarab yo’lni aniqlashgan?
2.Yulduzlarning ham mashhuri bo’ladimi?
3.Nega Qutb yulduzini topish qiyin emas?
4.Qutb yulduzi qaysi yulduzlar turkumiga kiradi?
5.U quyoshdan qancha katta?
6.Quyoshdan necha ming marotoba kuchliroq nur taratadi?
7.Nega uni yo’lchi yulduz deb atashadi?
8.Qutb yulduzining nurlari yerga necha yilda yetib keladi?
98-mashq. Qo’yilgan muammo: Matn asosida test topshiriqlarini
yeching.TINGLAB TUSHUNISH VA GAPIRISH ko’ nikmalarini
rivojlantiradi.
Masalan:
Qutb yulduzi osmondagi eng yorqin yulduzlardan biri bo‘lgani
uchun uni topib olish qiyin emas.
-
a) Qutb yulduzi falakdagi eng yorqin yulduzlardan biri bo‘lgani
uchun uni topib olish qiyin emas.
-
b) Qutb yulduzi koinotdagi eng yorqin yulduzlardan biri bo‘lgani
uchun uni topib olish qiyin emas.
-
c) Qutb yulduzi samodagi eng yorqin yulduzlardan biri bo‘lgani
uchun uni topib olish qiyin emas.
-
d) Qutb yulduzi fazodagi eng yorqin yulduzlardan biri bo‘lgani
uchun uni topib olish qiyin emas.
Yechim:
-
Yulduzlarni o‘rganib, uning xaritasini chizib beruvchilarni
qadimda qanday atashgan?
-
a) munaqqid; b) mudarris; c) folbin; d) munajjim.
-
Qutb yulduzining qaysi xususiyati tufayli sayyohlar dunyo ning 4
tomonini aniqlay olishgan?
-
a) eng yorqin yulduz bo‘lgani uchun;
-
b) odamlarga yo‘l ko‘rsatib turgani uchun;
-
c) juda olisda bo‘lgani uchun;
-
d) joyi o‘zgarmay, osmonning shimolida turgani uchun.
-
Qutb yulduzi yulduzlarning “yulduz”i hisoblanadi, chunki u …
-
a) adashganlarga yo‘l ko‘rsatadi;
-
b) eng yorqin va go‘zal yulduz hisoblanadi;
-
c) quyoshdan ham katta;
-
d) qutbda joylashgan.
99-mashq. Qo’yilgan muammo: Quyidagi gaplarni YOZING.
Ajratilgan so‘zlarni ma’nodoshlari bilan almashtiring. Nechta
gap hosil qila olasiz? “Ortiqchasini top” o’yini orqali mashqni
bajaramiz.Mashq ma’nodosh so’zlar qatorini hosil qilishga qaratilgan. Ma’nodoshlik qatorida o’qituvchi tomonidan maxsus begona so’z qo’shib qo’yiladi. O’quvchi ortiqsa so’zni topishi va fikrini dalillashi kerak. TINGLAB TUSHUNISH VA GAPIRISH VA YOZISH ko’nikmalarini rivojlantiradi. Masalan,
Vatan, yurt, diyor, qish loq, o’lka
Yechim:
-
Odamlarga yo‘l ko‘rsatib turgani uchun uni “Yo‘lchi yulduz“ deb
ham atashgan.
Odam-inson-kishi-shaxs-odamzod-kimsa-bashar;
Atamoq-nomlamoq-nom bermoq
-
Olimlarning aytishicha, kunlar, oylar, ba’zan yillar o‘tishi bilan
yulduzlarning samodagi o‘rni o‘zgarib turar ekan.
O’rni-joyi-makon-manzil
-
Faqatgina Qutb yulduzi o‘z joyidan hech qachon jilmaydi,doim
osmonning shimoliy qismida yaraqlab turadi.
Jilmaydi-siljimoq-qo’zg’almoq- surilmoq
100-mashq. Qo’yilgan muammo: “Buni o‘qing – bu qiziq!”
Ma’lumotlar bilan tanishing. Xato yozilgan so‘zlarni toping.
TINGLAB TUSHUNISH VA GAPIRISH ko’nikmalarini rivojlantiradi.
Mashqni “Xatosini toping” metodi orqali bajariladi. Bu
metodda o’qituvchi ataylab xato qiladi. Avval o’quvchilar bu haqda
oldindan ogohlantirilgan bo’ladi.
Yechim:
Bilasizmi?
-
Kometalardan biri vatandoshimiz Mirzo Ulug‘bek nomi bilan
otaladi( ataladi)
-
Insoniyat tarixidagi eng ulkan maymun (primat) – bundan 100 ming
yil avval yoshagan (yashagan) “King-Kong”. Uning bo‘yi 3 metr, vazni
1,58 tona (tonna) bo‘lgan.
-
“Titanik” kemasining cho‘kish vaqtida omon qolgan eng keksa