Mazali quymoq

DO`STLARGA ULASHING:

Zarur masalliqlar: 3 dona tuxum, 3 stakan sut, 1,5 stakan un, 3 osh qoshiq o‘simlik yog‘i, 3 osh qoshiq shakar, ta’bga ko‘ra tuz.

Tayyorlanishi: yaxshilab ko‘pirtirilgan tuxum ustidan 1 stakan sut, shakar va tuz solinadi. Asta-sekinlik bilan un solib, quyuq massa hosil qilinadi. Sutning qolgan qismi o‘simlik yog‘i bilan aralashtirilib quyuq massa ichiga aralashtiriladi. Birinchi quymoqni tobaga quyishdan oldin saryog‘ bilan yog‘lab olinadi.

Yoqimli ishtaha!

Xurshidabonu

soglom.uz/tavsiya/mazali-quymoq/

Оставьте комментарий