Mehr ko‘p ko‘rguzdum, ammo

DO`STLARGA ULASHING:

Mehr ko‘p ko‘rguzdum, ammo… Mehr ko‘p ko‘rguzdum, ammo mehribone topmadim, Jon base qildim fido, oromi jone topmadim.   G‘am bila jonimg’a yettim, g’amgusore ko‘rmadim, Hajr ila dilxasta bo‘ldum, dilsitone topmadim.   Ishq aro yuz ming mahmal o‘qiga bo‘ldim nishon, Bir kamon abro‘da tuzlukdin nishona topmadim.   Ko‘nglum ichra sarv o‘qdur, g’uncha paykon, gul tikon, Dahr bog’i ichra mundog’ gulsitone topmadim.   Husn mulki ichra sendek shohi zolim ko‘rmadim, Ishq ko‘yida o‘zumdek notavone topmadim.   Ko‘p o‘qudum Vomiq-u Farhod-u Majnun qissasin, O‘z ishimdin bulajabroq dostone topmadim.   Ul armon ichinda bo‘lsun, ey Navoiy, garchi men, Bir zamon ishqida mehnatdin amone topmadim.   Tab ganjidin maoniy xurdasin, yuz qatla hayf — Kim, nisor etmakka shohi xurdadone topmadim.

Manba https://tafakkur.net/mehr-kop-korguzdum-ammo/alisher-navoiy.uz

Оставьте комментарий

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek