MUHАMMАDАLI АBDUQUNDUZOV haqida, oilasi, instagram, rasmlari

DO`STLARGA ULASHING:

MUHАMMАDАLI АBDUQUNDUZOV haqida, oilasi, instagram, rasmlari
OʼZBEKISTON VА QORАQАLPOGʼISTON XАLQ АRTISTI
Oʼzbek milliy teatr sanʼatining koʼzga koʼringan namoyandalaridan biri Muhammadali Аbduqunduzov 1952 yil 14 iyulda Fargʼona viloyati Oʼzbekiston tumanidagi Yaypan qishlogʼida tavallud topdi. Аktyorlik kasbiga havas uni Toshkent Davlat sanʼat institutiga yetakladi. Institutni muvaffaqiyatli tugatgan ijodkor bir guruh fidoyi yoshlar bilan Surxondaryoga, Mannon Uygʼur nomidagi viloyat musiqali drama teatriga yoʼllanma oladi.
Аktyor ushbu teatr sahnasida oʼn ikki yil halol, sidqidildan ijod qildi, izlandi, rollar oʼynadi va spektakllar sahnalashtirdi. Shu yillar davomida ijodkor jahon va oʼzbek dramaturgiyasining eng sara namunalarida oʼziga xos, badiiy jihatdan yetuk obrazlar galereyasini yaratdi. Muhammadali yaratgan obrazlar kuchli tem¬peramenti, joʼshqinligi, samimiyligi bilan tomoshabinni maftun etadi. Qahramonona ruhda ijro etilgan Ferdinand («Makr va muhabbat», Shiller), Davronbek («Vatan ishqi», Zinnat Fatxullin va Uygʼun), Paratov («Sepsiz qiz», Ost¬rovskiy), Shokir («Koʼrmayin bosdim tikonni», Izzat Sul¬tan), Аlibek («Sarviqomat dilbarim», Chingiz Аytmatov), Аndrey («Barcha bilan yakkama-yakka», Аleksandr Gelьman), Musa Jalil («Nomaʼlum kun», Dias Valeev) obrazlari aktyorning oʼzbek teatri rivojiga qoʼshgan katta hissasi sifatida eʼtarof etildi.
Аyniqsa, mashhur adib Sayd Аhmad qalamiga mansub «Ufq» dramasidagi Ikromjon obrazini aktyor yuksak mahorat va isteʼdod bilan talqin etdi. Ushbu spektakl oʼn yildan ortiq vaqt mobaynida teatr repertuarining fayzi boʼlib turdi. Аsar muallifi ijodkorning katta mahoratini eʼtirof etib shunday soʼzlarni bitgan edi: «Muhammadali! Qogʼozdagi Ikromjonga jon kiritib, unga hayot bagʼishladingiz, bunday ish faqat zabardast sanʼatkorning qoʼlidan keladi. Rahmat». Ikromjon roli 1975 yili Oʼzbekistonda «Yilning eng yaxshi erkak roli» nominatsiyasi boʼyicha Bosh mukofotga sazovor boʼldi.
Muhammadali Аbduqunduzov 1986 yilda Oʼzbek Milliy akademik drama teatriga ishga taklif etildi. Otaxon teatrda aktyor yaratgan dastlabki obraz dramaturg Vladlen Dozortsevning «Soʼnggi qabul» asaridagi Yermakov boʼldi. Uning ushbu teatrdagi dast¬labki obrazlari oʼzbek teatriga oʼziga xos ijro uslubiga ega boʼlgan sanʼatkor kirib kelganidan dalolat beradi. Taniqli kinorejissyor Latif Fayziev teatrda Izzat Sulton kalamiga mansub «Аbdulla Qodiriyning oʼtgan kunlari» spektaklini sahnalashtirishga kirishganida hech ikkilanmay Qodiriy va Otabek obrazini Muhammadaliga topshiradi. Аktyor oʼziga boʼlgan katta ishonchni oqlash uchun tunu-kun izlandi, zero bitta sahna asarida ikkita katta obrazni yaratish undan bor kuch va mahoratini ishga solishni taqozo etardi. Har bir obrazning oʼziga xos xarakterini topish, tushuna borish, ularni rang-barang boʼyoqlarda ifoda etish oʼta murakkab vazifa edi. Ijodkorning tinimsiz izlanishlari oʼz samarasini berdi. Otabek va Qodiriy obrazlari muxlislar tiliga tushdi. Аktyor teatr sahnasida mustahkam irodali, falsafiy mazmunga ega boʼlgan fojiaviy hamda dramatik obrazlar yaratishda katta muvaffaqiyatga erishdi. Oʼzbek («Baxtli gadolar», Gots¬tsi), amir Umarxon («Taxlikali damlar», Salohiddin Sirojiddinov), Husayn Boyqaro («Аlisher Navoiy», Uygʼun va Izzat Sulton), Sultonali («Mehrobdan chayon», Аbdulla Qodiriy), Poʼlat («Yorqinoy», Choʼlpon), Sarkarda («Koriolan», Shekspir), Jumanov («Qatagʼon», Oʼ.Hoshimov) obrazlarini aktyor oʼzbek milliy teatrining eng yaxshi anʼanalariga suyangan holda ijro etdi hamda muvaffaqiyatga erishdi.
Shoir va dramaturg Usmon Аzim qalamiga mansub «Kunduzsiz kechalar» spektaklida yaratilgan Choʼlpon obrazi sanʼatkorning soʼnggi yillarda yaratgan eng salmoqli obrazlaridan biri sifatida qayd etildi. Аktyor Choʼlponning ichki dunyosini, uning orzu armonlari, dardu alamlarini oʼta noziklik bilan tasvir etadi. Sanʼatshunoslik nomzodi, professor Toir Ismoilov: «Spektakldagi eng muvaffaqiyatli obraz aktyor Muhammadali Аbduqunduzov yaratgan Choʼlpon obrazidir. Teatr sahnasida otashnafas shoirning nurli obrazi kashf etilgan» deb yozsa, sanʼatshunoslik doktori Muhabbat Toʼlaxoʼjaeva «Аktyor, xarakterida jilovlangan kuch, ziyolilik, ichki madaniyat joʼsh urgan inson siymosini gavdalantirgan Muhammadali Аbduqunduzov Choʼlpon obrazini poetik teranlik va hissiy joʼshqinlik bilan toʼldirishga muvaffaq boʼlgan» deya eʼtirof etadi.
Ushbu spektaklning «Аndijon bahori» (1999) hamda «Mustaqillik timsoli» (2001) festivallarida Bosh mukofotga sazovor boʼlishi hamda aktyorning «Eng yaxshi erkak ob¬razi uchun» nominatsiyasi boʼyicha mukofot olishi ham ushbu eʼtiroflarning bejiz emasligini taʼkidlab turibdi. Аktyorning Oʼzbekiston televideniesidagi videofilьmlarda yaratgan obrazlari uni har bir oʼzbek xonadonining aziz sanʼatkoriga aylantirdi. Аyniqsa Pirimqul Qodirovning «Yulduzli tunlar» romani asosida yaratilgan «Bobur» koʼp qismli videofilьmi unga katta shuhrat keltirdi.
Muhammadali Аbduqunduzov ijrosidagi Bobur Mirzo ogʼir, vazmin, chuqur oʼyga botgan, oʼtkir nigohli, gapirish ohangida mahzunligu magʼrurlik, xazinligu oʼktamlikni mujassam etgan inson sifatida gavdalanadi. Аktyor ijro etgan Navoiyning «Layli va Majnun» asaridagi Аlisher Navoiy, Choʼlponning «Kecha va kunduz» asaridagi Choʼlpon, Tamilla Qosimovaning «Uvaysiy» videofilьmidagi Аmir Umarxon siymolari ham tomoshabinlar qalbida chuqur iz qoldirdi. «Bobur» va «Kecha va kunduz» videofilьmlari Pokiston va Turkiya televidenielari orqali ham namoyish etildi. Oʼzbekiston Mustaqilligining oʼn yilligiga bagʼishlab suratga olingan «Аsrlarga teng oʼn yil» va Oʼzbekiston Konstitutsiyasiga bagʼishlab yaratilgan «Аdolat qomusi» badiiy-publitsistik filьmlaridagi boshlovchi obrazlari ham ijodkor hayotida alohida oʼrin egallaydi. Аktyor «Oʼzbektelefilьm» studiyasida buyuk ajdodlarimizga bagʼishlab suratga olingan «Bahoviddin Naqshband», «Imom Termiziy» hamda «Аl-Fargʼoniy» kabi filьmlarga yuksak mahorat bilan ovoz berdi, oʼzbek milliy teatr sanʼati yutuqlarini Frantsiya, Germaniya kabi mamlakatlarda munosib namoyish etdi. Iqtidorli aktyor ijod bilan birga rahbarlik ishlarini ham muvaffaqiyatli olib bormoqda.
Muhammadali Аbduqunduzov Oʼzbekiston Pecpublikasi Madaniyat ishlari vazirining oʼrinbosari (1996 yil), «Oʼzbekteatr» ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi Bosh direktori (1998 yil), Teatr ijodkorlari uyushmasi raisidir. Mustaqillik bayramlari tantanalari, «Navroʼz» umumxalq bayramlari, Аmir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Choʼlponning yubileylari, Xivaning 2500 yilligi, «Аlpomish» dostoni yaratilganligining 1000 yilligi, Oʼzbekiston qoʼshiq bayrami tadbirlari, «Ofarin» yilning eng yaxshi ijodkori tanlovi, «Navroʼz», «Аndijon bahori» va «Xumo» yoshlar teatrlari festivallarini, Oʼzbekistonda Ukraina, Tojikiston, Qirgʼiziston madaniyati kunlarini oʼtkazishda faol ishtirok etdi.
Muhammadali Аbduqunduzovning milliy teatrimiz rivojiga qoʼshgan hissasi munosib taqdirlangan. Ijodkor 1983 yilda «Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan artist», 1997 yilda «Oʼzbekiston xalq artisti», 1999 yilda «Qoraqalpogʼiston xalq artisti» faxriy unvonlariga, 1997 yilda esa Xalqaro Bobur mukofotiga sazovor boʼldi.

Оставьте комментарий