Alisher Navoiy xamsa asari haqida

DO`STLARGA ULASHING:

Mazkur  kitobda  Alisher  Navoiy  «Xamsa»sidagi  barcha  dos-

tonlarning  mazmuni  bayon  qilingan.  Ularda  shoir  tomonidan

tasvirlangan  turli  voqea-hodisalar  aks  ettirilgan,  faqat  kirish

qismlari,  me’yoridan  cho’zilib  ketgan  manzaralar,  monologlar

biroz  qisqartirilgan.  Navoiy  dostonlarining ushbu  nasriy talqini

alloma shoirimizning turkiy she’riyat gultoji hisoblanmish «Xamsa»

dostonlarini anglab olishingizga yordam beradi, deb otylaymiz.

UO‘K: 821.512.133

KBK: 84(50‘)1

Qisqartirib nashrga tayyorlovchi:

Anvar HOJIAHMEDOV

Mas’ul muharrir:

Vahob RAHMONOV

ISBN 978-9943-27-356-6

© Alisher Navoiy.  «Xamsa».  «Yangi asr avlodi», 2016-yil.

BUYUK BADIIY OBIDAO’rta  asrlar  Sharq  adabiyoti,  xususan,  forsiy

va turkiy she’riyat rivojida xamsachilik an’anasi

alohida  ahamiyatga  ega  boldi.  Bu  an’ananing

boshlanishiga  buyuk  ozarbayjon  shoiri  Nizomiy

Ganjaviyning XII  asrning  ikkinchi yarmi va XIII

asr boshida yaratgan  «Maxzan ul-asror»  (1174 —

1177), «Xisrav va Shirin» (1181), «Layli va Majnun»

(1188), «Haft paykar» («Yetti go‘zal»,  1197) hamda

«Iskandamoma»  (1199  —   1201)  dostonlari  asos

bolib,  ular  keyinchalik  ijodkor  vafotidan  so‘ng

«Xamsa»  (arabcha  «beshlik»  degani)  yoki  «Panj

ganj» (forsiy tilda «Besh xazina» ma’nosida) nom-

lari bilan yaxlit kitob holida juda keng tarqalgan,

turli tillarga taijima qilinib,  shuhrat topgan edi.

Mazkur kitobdan o‘rin olgan alohida dostonlar bir

necha shoirni shu mavzudagi yirik poetik asarlar

yozishga ilhomlantirgandi.

1253-1325-yillarda yashab  ijod  qilgan Xisrav

Dehlaviy o‘zining fors-tojik tilidagi «Matla ul-an-

vor»  («Nurlarning  boshlanishi»),  «Shirin  va  Xis­

rav»,  «Majnun va Layli»,  «Hasht bihisht»  («Sakkiz

jannat»)  va  «Oyinayi  Iskandariy»  («Iskandar  oy-

nasi»)  nomli  beshta  dostonini  yaratib,  Nizomiy

«Xamsa»siga tola javob yaratdi va bu an’ananing

boshlovchisi bo lib maydonga chiqdi.

XV  asrda yashagan  aksariyat  shoirlar  «Xam-

sa»ga o’xshatma bitishga harakat qilgan bolsalar

ham,  ko’plari bir yoki bir necha asar yaratishga

erishdilar. Chunonchi, Mavlono Ashraf, Mavlono 

Abdullo, Kotibiy Nizomiyning bir qator dostonlar-

iga javob bitgan bolsalar, Mavlono Faseh Rumiy

uning «Maxzan ul-asror»iga, Xoja Hasan Xizrshoh

«Layli va Majnun» dostoniga o’xshatma dostonlar

yozishgan.  Lekin  ikki  buyuk  ijodkor:  Abdurah-

mon Jomiy va Alisher Navoiygina toliq «Xamsa»

yaratishga erishdilar.

Jomiy  asari  beshta  emas,  yetti  dostonni  o‘z

ichiga olib, «Dengizlar siri», «Lujjat ul-asror» (875 —

876 h.), «Tuhfat ul-ahror», «Sabhat ul-abror» (887

h.), «Yusuf va Zulayho» (888 h.), «Layli va Majnun»

(889 h.), «Xiradnomayi Iskandariy» («Iskandar hik-

matnomasi») (890 h.) dostonlaridan iborat bolib,

«Haft avrang» («Yetti taxt»)  deb ham ataladi.

Yuqorida nomi keltirilgan asarlarning barcha-

si o’sha davr an’anasiga muvofiq fors-tojik tilida

bitilgan  edi.  Natijada  ulami  shu  tilni  biladigan

kitobxonlargina  o’qib,  boshqa  xalqlar  vakillari

ulardan bebahra qolar, ba’zan tarjima orqaligina

bu go‘zal obidalardan bahramand bo la  olardilar.

Alisher Navoiy  1483-yilda bu murakkab ishga

kirishib,  ikki yarim yil ichida «Hayrat ul-abror»,

«Farhod  va  Shirin»,  «Layli  va  Majnun»,  «Sab’ayi

sayyor», «Saddi Iskandariy» dostonlaridan tashkil

topgan «Xamsa» kitobini eski o‘zbek tilida уaratib,

jahon adabiyotini bezavol va betakror buyuk asar

bilan boyitdi.

Nizomiy  «Xamsa»siga javoblar  yozish,  hech

bolmaganda, undagi ayrim asarlarga obcshatma

tatabbular bitish an’anasi keyingi davrlarda ham

davom etdi. Taniqli adabiyotshunos Y.E.Bertelsning

bergan  ma’lumotlariga  qaraganda,  «Layli  va

Majnun»  Xusrav Dehlaviydan  boshlab  jami  24 

shoir yaratgan fors, o‘zbek va ozarbayjon tfflarida-

gi  dostonlar  uehun  asosiy  manba  bolib  xizmat

qilgan.

Mazkur asarlarda Nizomiy dostoni aynan tak-rorlanmay,  har qaysi davrga xos ijtimoiy-siyosiy

va ma’naviy-axloqiy masalalar o‘z aksini topgan,

asar  voqealari,  timsollarga  ba’zi  o’zgarishlar

kiritilgan,  tasviriy-uslubiy  tamoyillar  ham  bir

qator yangiliklar bilan boyitilgan, badiiylik g’oyat

rivojlantirilgan,  har  qaysi  milliy  til  boyliklari  va

go ‘zalliklaridan yanada unumliroq foydalanilgan.

Alisher  Navoiy  qalamiga  mansub  besh  dos-

ton,  shoiming  talcidiga  qaraganda,  jami  30  oy

—  ikki yarim yil  ichida yaratilgan  bolsa-da,  bu

asarlarning har birini ko‘p yillik ijodiy mehnat-

ning natijasi deb qarash kerak. Zero, yoshlikdan

shu ulug‘ maqsadni o‘z oldiga qo^gan shoir «Xam­

sa» yaratish ishiga awaldan kirishgan,  shu ma-

qsadda yuzlab tarixiy, ilmiy va adabiy kitoblami

o’rganib  chiqqan va ulami  tadqiq etgan,  bir-biri

bilan  qiyoslab,  o‘z xulosalarini  ko‘plab  ustozlari

va  fikrdoshlari  sinovidan  ham  o‘tkazgan  edi.

Shuning uchun uning besh  dostoni  butun xalq

manfaatlarini  aks  ettirgan,  omma uchun  asrlar

davomida  sevikli  bolib  qoladigan  olmas  qahra-

monlar qiyofalari bilan limmo-limdir.

Navoiy o‘z «Xamsa»sini yaratar ekan, Nizomiy va

Dehlaviylar yaratgan ajoim ijobiy qahramonlar qi-

yofasini keskin o‘zgartirish, aniqrogl, qarama-qar-

shi xosiyatlar sohibi sifatida gavdalantirish usuli-

ni  ham  qollaydiki,  buni jahon  adabiyoti uchun

ham yangilik deb qabul qilish mumkin.  Chunki

tarixiy  shaxslami  shu  xilda  talqin  qilish  G’arb 

adabiyotida, masalan, Shekspir ijodida ham uch-

ramaydi. Biz bu o’rinda, awalo, «Farhod va Shirin»

dostonidagi Xusrav qiyofasini nazarda tutyapmiz.

Navoiy o‘z ustozlari «Xamsa»larida ijobiy fazilatlar

egasi tarzida gavdalantirilgan shoh Xusravni zo-

lim, bosqinchi, makkor, nomard hukmdor sifatida

tasvirlab, tarix haqiqatiga zid keladigan qiyofada

aks ettirib, o’quvchilar ommasida unga nisbatan

kuchli nafrat hisini uyg’otadi.

Salaflar  tasviridagi  toshkesar  Farhodni  chi-

nakam  ma’nodagi  xalq  qahramoniga,  sadoqatli

oshiq, insonparvar, mard va qahramon yigit sifa­

tida tasvirlanishi ham adabiyotimiz uchun yangi

badiiy usul ifodasi edi. Asarda tasvirlangan bar­

cha voqealarning yangicha mazmun kasb  etishi

ham  doston  g’oyaviy-badiiy  qimmatini  g‘oyatda

oshirib yuborgan.

Navoiy «Xamsa»si qahramonlari asrlar davo-

mida necha-necha avlodlar uchun ma’naviyat va

odobda, odamiylik va jasoratda, xalqparvarlik va

saxovatda  o‘mak  bo lib  xizmat  qiladigan  yorqin

badiiy siymolar boldi. Farhod va Qays, Suhayl va

Sa’d, Axiy va Farrux, Muqbil va Jo’na kabi betak-

ror qiyofalar, Shirin va Layli, Mehr va Mehinbonu,

Dilorom  va  boshqa  ma’naviy  barkamol  ayollar

timsollari  Navoiy  asridan  boshlab  hanuzgacha

yoshlarimizni  oliyjanob  fazilatlar  ruhida  tarbi-

yalab kelmoqda. Daho ijodkorimizning Navoiy va

asar qahramonlari nomidan a^ilgan:

Odami ersang,  demagil odami,

Oniki yo‘q xalq g ‘amidin g ‘ami.

…Boshni fido ayla ato qoshig‘a,

Jismni qil sadqa ano boshig‘a.

…Jahonda neki qilmish odamizod,

Tafakkur birla bilmish odamizod.

…Birovkim, jahonda so‘zi rostdir,

Erur dol angakim o ‘zi rostdur.

…Ki har kim ayonetsa yaxshi qilig‘,

Yetar yaxshiliqdan anga yaxshilig‘kabi  dono  fikrlari  mustaqillik  davrida  ham

hayot  darsligi  bolib  xizmat  qilib,  yoshlarimizni

barkamol  insonlar  sifatida  tarbiyalashimizga

yordam bermoqda.

Shuni alohida talddlash loziriiki, Alisher Navoiy

o*z salaflari dostonlariga yuqori baho berar ekan,

har  bir  asar  muqaddimasida  ulardagi  jiddiy

nuqsonlami  ham  alohida  taltidlab  о lib,  ushbu

kamchiliklami  keskin  tuzatish  yolini  qollaydi.

Masalan, Nizomiy va Dehlaviylar Bahrom, Xusrav

kabi shohlami tasvirlaganda, ulaming dabdabali

hayotlari, mol-u dunyosi-yu qo’shini, toj-taxti-yu

hashamati, qudrati-yu imoratlarini rosa maqtab,

odamlarga,  masalan,  Bahrom  o‘z  malikalariga

nomunosib  ishlar  buyurgani  haqida  to‘xtalib,

chinakam  muhabbat  tasviridan  xoli  bu  asarda

har ikki ijodkor xatolarini shunday deya alohida

talcidlagan edi:

«Bo‘yla nodon uchun yozib avsof

Anga qilgaylar o‘zlarin vassof.

Madhini behisob yozgaylar,

Balki mavzun kitob yozgaylar.

Har bir o ‘z ganjida ko’rub ko‘p  ranj,

Qilg‘ay o ‘z «Panj ganjbdin bir ganj.

Alloh, Alloh! Ne ganj bo‘lg‘ay bu!

Sarbasar elga ranj bo‘lg‘ay bu!» 

Alisher  Navoiy  dostonlari  esa  puxta  tuzilishi,

voqea-hodisalarning izchil rivojlanishi bilan ajra-

lib  turadi.  Shoir  o‘z  asarlari  qahramonlarining

har  bir  xatti-harakatini,  ichki  olamini  ijtimoiy

va  ruhiy  jihatdan  asoslashga  alohida  diqqat

qiladi.  Har  qaysi  asarning  boshlanish  qismida

qahramonlarning  kelajakdagi  voqealarga,  qah-

ramonliklarga,  sevgi-sadoqatga,  sabr-qanoatga,

ilmiy-muhandislik  muammolarini  hal  qilishga,

hunar  sohasiga  tayyorlaydi,  shuning  uchun

ularning  faoliyatlari  o‘quvchida  ishonch  hosil

qiladi.  Farhod,  Qays,  Iskandar,  Suhayl,  Sa’d,

Axiy kabi qahramonlar shunday fazilatlari bilan

o’quvchi muhabbatini qozonadi.

Navoiy, ayniqsa o‘zi yaratgan qahramonlarning

ichki dunyosini, ruhiyatini tolaqonli aks ettiradi.

Farhodning Salosil qal’asidagi kechinmalari, Maj-

nunning  dasht  va  sahroda  chekkan  iztiroblari,

Ka’ba  huzuridagi  nolishlari,  Laylining  alamli

dil  so’zlari,  Iskandarning  onasiga maktubi kabi

o‘nlab  tasvirlarda  qalb  kechinmalarining  dardli

ifodalari g’oyat ta’sirchan ifodalangani ko’zga ya-

qqol tashlanib turadi.

Shoir «Xamsa»da tabiat va inson munosabat-

larini eng jozibador, eng nafis, eng ta’sirchan aks

ettiradi.  Tabiatdagi  har  bir  mavjudot,  buijlar-u

fasllar, oy-u yulduzlar, har qaysi o’simlik, samovot

Navoiy qahramonlari tarafdori, ular uchun g‘am

chekadi,  iloji  boricha madad  qollarini  cho‘zadi, 

qiyinchiliklami yengib o’tishga hamdamlashadi.

Majnun bog‘da behush yotar ekan, gulzordagi

barcha о‘simliklarning uning holiga munosabat-

lari manzarasini eslaylik: yoridan ayrilib gulzorda

tanho yotgan Qays ko’zini ochib qarasa:

Ko‘rdi o ‘zini chaman ichinda,

Sarv-u gul-u yosuman ichinda.

Bulbul boshi uzra nag‘ma pardoz,

Ahvolig‘a navha aylab og‘oz.

Gul holig‘a chun nazora aylab,

Gulgun yoqasini pora aylab.

Nargis shabnamdin ashk etib fosh,

Ahvolig‘a yummayin to‘kub yosh.

Chun ko‘ksida hajrdin ко‘rub dog‘,

Ko‘ksi uza lola kuydurub dog‘.

Zaxmi ko‘kidin binafshada g ‘am,

So‘ziga kiyib libosi motam.

Sunbul qilibon qaro uzorin,

Ochib qora zulfi mushkborin.

So‘giga oqar su zor yig‘lab,

Un tortib so‘gvor yig‘lab.

Sarv оЧтау mehnatidin ozod,

Qolmay shamshod dardidin shod.Bu  xil  samimiy  va  ta’sirchan  tasvirdan  tabi-

atning  inson  zotiga  hamdardligi,  unga  cheksiz

mehribonligi mohirona chizilgani ko’zga tashlanib

turadi.  Shoir  insonning  ham  tabiatga  mehr-u

shafqatini ko‘p o‘rinda san’atkorlik bilan talcidlay-

di.  Jumladan,  Farhod o‘z olimi oldida jabrdiyda

tog‘ga murojaat qilib deydiki:

…Sanga mandin yetibdur oncha yotliq,

Ki yuzungdin uyotlig’man,  uyotlig‘.

Gahi bag‘ring bo‘lub tesham g’ilofi,

Gahi jismingda metinim shikofi.

Yuzung yoshimga xunolud gohi,

Damimdin boshing uzra dud gohi.

Bori jurmumg‘a tig‘i afv surgHl,

Borur chog‘imda afv aylab kechurgil».Tabiat  bilan  Inson  orasidagi  bu  xil  do‘stona

munosabat, sadoqat, shafqat Navoiyning barcha

ijobiy qahramonlariga xosdir.

Alisher  Navoiy  mumtoz  she’riyatimizda  keng

qollanib  kelgan  turli xil uslublardan  о‘m i  bilan

unumli foydalanaveradi.  Shuning uchun  «Xam-

sa»  dostonlarida  sof realistik  hayotiy  hodisalar,

manzaralami ham, romantik ko^tarinki, kuchay-

tirilgan  tasvirlami  ham,  xalq og’zaki ijodiga xos

xayoliy  fantastik  lavhalami  ham  aralash  holda

uchrataveramiz.  Masalan,  Farhodning  tog’dan

suv  chiqarish  faoliyatida  rejalashtirish,  ariqni

tayyorlash lavhalari haqqoniy tasvirlansa, ba’zan

Farhod kuch-qudratini dalillash uchun romantik

manzaralarga murojaat qiladi.  Uning dev va aj-

daho bilan jang koWnishlari esa g’oyat bo’rttirib

tasvirlanadi.  Boshqa  dostonlarda ham  shu  to’rt

usul  birgalikda  qollanaveradi.  Bu  xil  sinkretik

aralashlik realistik hayotiy tasvimi yorqinroq aks

ettirish maqsadini ko’zlaydi.

«Saddi Iskandariy»  dostonidagi qo’shinlaming

to’qnashuvi, ayniqsa, yakkama-yakka olishuvlar,

shohlar  aro  munozaralar,  Iskandar  devorining

qurilishi o’quvchini hayotiy tasvirga ishontiradi.

«Sab’ayi sayyor» dostonidagi ko‘plab hikoyalar 

ham voqealaming rostligiga shubha uyg’otmaydi.

Birinchi hikoyada Axiyning o‘z xotinini Farruxga

berib  yuborishi  har  qancha  g‘ayritabiiy  tuyil-

masin,  Axiyga  xos  yuksak  insonparvarlik,  uni

olimdan  qutqarib  qolish  uchun  shunday  ishga

qo*l urishi ham aql bilan fikr yuritgan kishiga o‘ta

g’ayritabiiy tuyulmaydi. «Suhayl va Mehr» hikoyasi

ham haqqoniyligi bilan ko‘zga tashlanib turadi.

Navoiy  «Xamsa»sida  yaqqol  ko‘zga  tashlanib

turadigan kashfiyotlardan yana bin dostonlarda

ilmiy-hayotiy  timsollarga keng  o‘rin  berilishidir.

Ilm va  fan  bilan  bolalikdan  qiziqib  kelgan  shoir

«Farhod  va  Shirin»  dostonida  robotlar  siste-

masini  yovuz  kuchlar  quroli  sifatida  tasvirlab,

inson  tafakkurining,  Farhodning  bu  ilmiy-xay-

oliy jismlar  ustidan  g’alabasini  tasvirlagan  edi.

«Sab’ayi sayyor» dostonida Navoiy soatiga 35-45

kilometr  yuradigan  «Sariyus  sayr»  nomli  ulov

haqida fikr yuritadi.  Bu asboblar odamlarga tez

harakat qilishga imkon beradi.

«Saddi  Iskandariy»  dostonida  esa  jahonni

yorituvchi Jamshid jomi,  Chin olimlari ishlagan

ikki ajoyib ko‘zgu, Rum donishmandlariyaratmish

ajoyib jom va usturlob asboblari tasvirlanadi. Mal-

lu qo’shinlariga qarshi Iskandar olimlari tomoni-

dan ishlangan sirli qurol atom bombasini eslatadi.

Bunday tasvirlami biz boshqa shoirlar ijodida

uchratmaymiz.  To‘g‘ri,  shoir  salaflari  Iskan-

darning  shisha  idish yasatib,  unga arqon ulab,

suv ostida yuz kun baliqlar hayotini oVgangani-

ni  talcidlashgan  edi,  lekin  Navoiy  bu  xil  tasvir

ilmiy-xayoliy timsolga nisbat berilsa,  o‘quvchini

ishontirmasligini his  etib,  shohning bu xil faoli- 

yatini uning payg’ambarlik quwati ifodasi sifatida

ko‘rsatishni ma’qulroq ko‘radi.

Alisher  Navoiy  «Xamsa»sini  tashkil  qiluvchi

dostonlaming har biri katta hajmga ega bolgan,

yuksak ma’naviyat va badiiyat qonunlariga tola

amal qilingan holda yozilgan hamda boy va go’zal

o‘zbek  tilining bor  nafosatini  o’zida ifoda  qilgan

mukammal  badiiy  asardir.  XV  asr  adabiy  tilida

yaratilgan  va  hozirgi  zamon  o’quvchilari  uchun

anchagina tushunilmaydigan, aniqrog’i, eskirgan

so’zlari bolgan, xilma-xil til san’atlari va uslublari

qollangan bu obidalami Navoiy tilida tushunish

ancha mehnatni, lug‘atlar ustida tinimsiz ishlash-

ni talab qiladi.  Kitob yozib tugallangan XV asrda

va  undan  keyin  ham  dostonlarni  o’qib  anglash

oson  bolmagandirki,  keng xalq  ommasi  qiynal-

masligi  uchun  «Xamsa»ning  ixchamlashtirilgan

va  soddalashtirilgan  xalqona  nasriy  nusxalari

yaratilgan. Adabiyotshunos Maxzun, Umar Boqiyning

kitoblari shunday asarlardan edi.

Navoiy «Xamsa»si dostonlarini osonroq tushu­

nish uchun o’tgan asrda ham bir necha harakatlar

qilindi.  O.Sharafiddinov, Y.E.Bertels, V.Zohidov,

A.Qayumov, P.Shamsiyev, O’.Karimov, S.Mutalli-

bov, A.Rustamov, S.Erkinov, N.Mallayevvabosh-

qalar tomonidan Navoiy «Xamsa»si dostonlarining

mukammal nasriy matnlari tuzilib, ko‘p nusxada

nashr qilindi.  Ammo  o’quvchilar,  litsey va kollej

talabalari hamda ulug‘ shoirning ko‘p sonli mux-

lislari uchun bu mukammal nasriy nashrlar ham

oglrlik qilyapti, shekilli. Har holda yoshlarimizning

ko’plari «Xamsa» dostonlari mazmunidan yaxshi

xabardor emaslar.  Maktablar,  litsey,  kollejlarda 

bunga  imkoniyat  topilmaydi  —   kitoblar  yetish-

maydi.

Shulami hisobga olgan holda biz Navoiy «Xam-

sa»si dostonlarining asosiy mazmunlarinigina ix- 

cham tarzda bayon qilingan kitobchalar va ulam-

ing  barchasini  to’plab  bitta  kitob  holida  tajriba

sifatida taqdim etishni ma’qul ko’rdik. Nashr etil-

gan asarlaming kirish va xulosa qismlari tushirib

qoldirilgan, asardagi cho’zilib ketgan ba’zi oVinlar:

manzaralar,  monologlar  ixchamlashtirilgan.  Bu

Xil yondashish dostonlaming toliq tushunilishiga

imkon  bermaydi.  Ular  haqida  keng  malumotga

ega  bolish  uchun  dostonlaming  toliq  nasriy

bayoni, qolaversa, Navoiy dostonlarining o‘zi bilan

toliq tanishish lozim. Qolingizdagi kitob esa dos-

tonlar mazmunini osonroq tushunib olishingizga

yordam beradi, xolos.

Kitob tajriba holida nashr etilayotgani uchun

unda ayrim kamchiliklar bolishi  ham  mumkin.

Olimlarimiz,  navoiyshunoslarimizning  o’rin-

li  maslahatlari,  Navoiy  «Xamsa»sining  shu  xil

nashrini yanada mukammalroq nashr etishimizga

yordam beradi, deb ishonamiz.

Anvar HOJIAHMEDOV

NAVOIY 0 ‘Z «XAMSA»SINING

YARATILISH TARIXI HAQIDAGo‘zal so ‘zlovchilarning boshidagi toji, haqiqat

ganji  tojining  gavhari,  fazilat  koni javharining

saqlovchisi,  yetuklik  dengizining  qimmatbaho

duri  bolgan  ganjalik  ma’noli  so’zlar  ijodkori1

o‘y-fikri  mezoni  bo’lgan  «Xamsa»,  «Beshlik»

emas,  «Panj  ganj»  («Besh  xazina»)  deb  atashga

arzirlidir.  So‘z  durlarining  bu  ajoyib  nozimini

falak  «Nizomiy»  deb  atagan  edi.  Bu  nomdagi

besh  harfni  qo’shib  hisoblaganda,  Allohning

ming bir nomiga teng son paydo boladi.  Uning

asari  durlaridan  yer  yuzi  lim-lim  bolib,  balki

falakning  qimmatbaho  buyumlar  solinadigan

qutichalari ham to lib  toshgandir.

Hind  chavandozi2  she’riyatida yaratilgan  dos-

tonlarning har biri go^o Hindis tonning bir viloya-

tiga ohcshaydi. U xazina sochuvchi Ganja shohiga

payrov boldi, Nizomiy so‘z iqlimining shohi bo Isa,

bu  Xusravi  boldi.  Ganja  quyoshi  o‘z  bayroglni

ko^argach,  so‘z  mamlakatini  yakkaqalam  qilib,

qaysi mamlakatni zabt etgan bolsa,  o‘sha olka-

larga Xisrav ham sipoh tortdi.

Qaysi shabistong’aki ul qildi azm,

Bazmi yerida bu dog‘i tuzdi bazm.

Ul bezabon «Maxzani asrori»din,

Bu yorutub «Matlayi anvonidan.

Ko’p kishi ham qildi tatabbu’ havas,

Sarv-u gul o ‘trusig‘a kelturdi xas.

1 Nizomiy Ganjaviy nazarda tutilyapti.

2 Xusrav Dehlaviy demoqchi.

Bir kishidin o’zgaki,  andoq kishi,

Bermadi yod eskifalak gardishi.U bugun so’fiylar peshvosi, haqiqat sirlarining

ochuvchisidir, kolcsi nozik ma’nolar xazinasining

duri,  ko‘ngli ma’nolar yuzining oynasi,  nazmlari

jahon  iqlimlarida  mashhur,  nasriy  asarlari jon

mamlakatlarini  egallagan.  Lutf-karami,  in’om-u

ehsoni shoh-u gadolar o’rtasida shuhrat topgan,

uning xizmatini  ado  etganlar  bir  umr  faxrlanib

yuradilar. Lekin ul zot menga alohida e’tibor bilan

qaraydi, yozgan har bir asari men ko’rganimdan

so‘nggina elga yetib boradi.

Bahoming fayzyob kunlaridan birida shoirlar-u

allomalar,  xonanda-yu  sozandalar  davrasida

o’tgan buyuk zotlar she’riyati haqida, jumladan,

payrov xususida bahs  borar  ekan,  gap  Nizomiy

bilan Xusravga taqaldi. Ikkala ijodkor asarlarining

jahondagi shon-u shuhrati, ular yaratgan «Xam-

sa»laming olam ahliga manzurligi haqida e’tiborli

fikrlar bildirildi. Ayniqsa, jami o‘nta doston ichida

dastlabki ikki durdonaning o’zgacha o‘m i borligi,

ulaming ma’naviy yuksakligi, badiiy barkamolligi

to‘g‘risida bir-biridan purmazmun gaplar aytildi.

Oradan  bir-ikki  oy  o‘tgach,  ul  tabarruk  zot

uyimga  mehmon  boldilar.  Qollarida  bir  necha

kitob bor edi.  Ulardan birini qollariga olib, kulib

turib, menga tutdilar.

Kim: «Olibon boshtin ауодЧда boq,

Qil nazar avroqig‘a boshtin-oyoq.

Olig’a jon naqdini sochtim ravon,

Oldim-u o ‘ptum,  dog‘i ochtim ravon.

Boshtin-ayoq gavhari shahvor3 edi,

Qaysi go‘h a r«Tuhfat ul-ahror»4 edi.

Chun o’qimoq zamzamasi5 boldi bas,

Ko‘nglum aro dag‘dag‘a soldi havas.

Kim bu yo‘l ichraki alar soldi gom,

Bir necha дот о ‘Isa manga ham xirom.

Forsi o ‘ldi chu alarg‘a ado,

Turki ila qilsam ani ibtido.

Forsi el topti chu xursandliq,

Turk dog‘i topsa barumandliq.

Yo‘ldasa bu yo‘lda Nizomiy yo‘lum,

Qo‘ldasa Xusrav bila Jomiy qo‘lum.Dilni shodlantiruvchi boglaming devorlari ham

to‘rt paxsali boladi.  Ulaming o‘t-u suv-u  havosi

yoqimli bolganidek, tufrog’i ham muattar bolishi

muqarrar.  Sarv-u gul va lolaning xaridori borligi

aniq,  lekin  о‘tinning  ham  bozori  boladi-ku.  At­

las bilan qora rangli ipak kiyim yoqimli bo‘lsa, it

yungi  ham  palos  qilishga yaraydi-ku.  Lai  bilan

yoqut va dur qimmatli hisoblansa, nega kahrabo

somonni  o’ziga tortadi?  Shoh uch xil  may bilan

xursandlik topsa, qolgan loyidan, hech bolmasa

may  quyqasini  ichuvchi  mayxo‘r  ichib  shodla-

nadi-ku.  Men ham o‘zimning it kabi pastligimni

anglab yetdim-u, o‘zimni uluglar ipiga bogladim.

Ular yo’qlik dashti tomon y o l olsalar,  men ham

soya kabi ularga hamqadam bolg’umdir.

15 комментариев к “Alisher Navoiy xamsa asari haqida”

  1. I think that what you published made a bunch of sense.
    However, think on this, what if you typed a catchier title?
    I am not saying your information is not good., however suppose
    you added a post title to possibly get folk’s attention? I mean Alisher Navoiy xamsa asari haqida ⋆ http://WWW.SAVOL-JAVOB.COM is a
    little plain. You might glance at Yahoo’s home page and watch how they create article titles to get
    viewers interested. You might add a video or a pic or two to get readers
    excited about everything’ve written. Just my opinion, it might bring your posts a
    little livelier.

  2. Greetings I am so delighted I found your blog page, I really
    found you by mistake, while I was browsing on Askjeeve for something else, Nonetheless I am here now and would just
    like to say kudos for a remarkable post and a all round thrilling blog (I also
    love the theme/design), I don’t have time to look
    over it all at the moment but I have book-marked it and also added your RSS feeds,
    so when I have time I will be back to read a lot more, Please do keep up
    the fantastic b.

Оставьте комментарий