Na’matak yurakka quvvat beradi

DO`STLARGA ULASHING:

Shvetsiyaning Lund universiteti olimlarining ta’kidlashicha, na’matak yurak-qon tomir tizimi faoliyatini yaxshilashga xizmat qiladi.
Mutaxassislar olti hafta davomida har kuni tarkibida 40 gramm maydalangan na’matak bor ichimlik ichgan bir guruh ortiqcha vaznli kishilarni kuzatishdi. Tadqiqot ishtirokchilarining qon bosimi o‘lchandi, qon tarkibi, tana vazni va insulinga sezgirlik holati tekshirildi.
Olti haftadan keyin ma’lum bo‘lishicha, tadqiqotda qatnashganlarning barchasida qon bosimi o‘rtacha 3-4 foizga, xolesterin darajasi esa 5-6 foizga pasayishi kuzatilgan. Natijada yurak kasalliklarining rivojlanishi xavfi 17 foizga kamaygan.
Olimlar bu holatni na’matak tarkibining S vitaminiga boyligi bilan izohlashdi.
V. PO‘LATOVA
soglom.uz/tavsiya/namatak-yurakka-quvvat-beradi/

Оставьте комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован.

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek