Namoz oʼqimasa roʼzasi qabul boʼlmaydimi?

DO`STLARGA ULASHING:

Savol: Namoz o‘qimasdan ro‘za tutsa bo‘ladimi, farzning ketma-ketligi buzilmaydimi? Ba’zilar “namoz o‘qimasangiz, ro‘zangiz qabul bo‘lmaydi”, deyishadi. Haqiqatdan ham shundaymi? (Shohmashrab)

Javob: Barcha ibodatlarni, barcha amallarni qabul bo‘lishi uchun asosiy shart bu iymon – e’tiqoddir. Shu bilan birga mukallaf bo‘lishlik, ya’ni balog‘at yoshiga yetganlik va aqli hushi joyida bo‘lishlik shartlari bordir. Bundan keyin har bir ibodatga alohida yana qo‘yiladigan shartlar bo‘ladi.

Ana shu shartlarga qaraydigan bo‘lsak, ro‘za ibodatini qabul qilishga namoz o‘qish shart qilinmagan. Albatta bu degani, “ro‘za tutib, namoz o‘qimay yuraversa bo‘ladi” degan gap emas. Lekin bilishimiz lozimki, ro‘za o‘zi alohida farz bo‘lgan ibodat, Islomning besh ruknidan biri hisoblanadi va namoz ham o‘zi alohida farz bo‘lgan ibodat, ham Islomning besh ruknidan biri, balki dinning ustuni hisoblanadigan ibodatdir.

Shuning uchun namoz o‘qimaslik albatta yaxshi emas, ro‘zani 30 kun niyat bilan tutgan odam uchun ayniqsa namozni ham o‘qimoqlik nihoyatda oson bir ish hisoblanadi. Shuning uchun barcha mo‘min musulmon birodarlarga o‘zimiz uchun farz bo‘lgan namozni vaqtida chiroyli qilib o‘qib yurishimiz lozim ekanligini ta’kidlamoqchimiz. Lekin fikhiy ma’nodan gapiradigan bo‘lsak, Ramazonning ro‘zasini qabul bo‘lishiga, inshaalloh, biz ishonamiz. Parvardigori olam qabul qilgan bo‘lsin. Inshaalloh, bundan keyin namozlarni ham vaqtida o‘qib, ro‘zani ham o‘rnida tutishni nasib qilgan bo‘lsin (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf).

17 комментариев к “Namoz oʼqimasa roʼzasi qabul boʼlmaydimi?”

  1. Уведомление: Аноним

  2. Уведомление: legit dumps shop

  3. Уведомление: สล็อตวอเลท

  4. Уведомление: 테니스 그립 핫테TV

  5. Уведомление: melhores aplicativos android

  6. Уведомление: sbobet

  7. Уведомление: prevent screenshot

  8. Уведомление: เอสบีโอเบท

  9. Уведомление: sbo

  10. Уведомление: fake websites

  11. Уведомление: look what i found

  12. Уведомление: Multiple streams of income

  13. Уведомление: look at here

  14. Уведомление: สล็อตเครดิตฟรี

  15. Уведомление: buy remington guns

  16. Уведомление: unicc

  17. Уведомление: โรงแรมสุนัขเข้าได้

Комментарии закрыты.