Nikoh haqida

DO`STLARGA ULASHING:

Nikoh kishilik jamiyatining birinchi pog‘onasidir.
SISERON
Tutun alangadan paydo bo‘lganidek, nikoh ham muhabbatga uyg‘unlashib ketadi.
N. ShAMFOR
…Jinsiy sevgi o‘z tabiatiga ko‘ra nikohni talab qiladi… Jinsiy sevgiga asoslantan nikoh o‘z tabiatiga ko‘ra individual nikohdir.
F. ENGELS
Hech kim nikohdan o‘tishga majburlanmaydi, ammo har qanday kishi ham modomiki nikohdan o‘tgan ekan, nikoh qonunlariga bo‘ysunishga majbur etilishi kerak.
K. MARKS
Har qanday nikoh ustidan bir narsa amr qilib turmog‘i lozim: har bir odam o‘z huzur-halovati uchungina emas, balki davlat manfaatlarini ko‘zlagan holda nikohdan o‘tmog‘i kerak.
AFLOTUN
Nikoh muhabbatning qaror topishidir. Faqat pishib yetilgan yurakkina chinakamiga seva oladi va shundagina muhabbat nikoh misolida o‘ziga hadya etilgan eng oliy mukofotni ko‘radi va har qanday shuhrat qarshisida ham xiralanmaydi, balki oftob nuridan o‘zining xushbo‘y gullarini barq urib ochiltiradi.
V. G. BELINSKIY
Oilaviy hayot o‘zaro muhabbat bilan bog‘langan bo‘lsa, katta baxt keltirishi mumkin.
N. K. KRUPSKAYa
Oilaviy hayotda ro‘y berib turadigan mayda-chuyda kemtiklarni faqat kuchli muhabbatgina tekislab ketishi mumkin.
T. DRAYZER
O‘z uyida baxtli bo‘lgan kishigina baxtlidir.
L. N. TOLSTOY
Chin muhabbat barcha qiyinchiliklarga bardosh berishda ko‘maklashadi.
F. ShILLER
Faqat sevib uylanishning gashti bor xolos; biror qizga uning qaddi-qomati kelishganligi uchungina uylanish xuddi bozordan keraksiz bo‘lsa ham ko‘zga yaxshi ko‘ringan buyumni sotib olish bilan barobar.
A. P. ChEXOV
Sevmagan odamingga turmushga chiqish nafratlanarlidir.
D. I. PISAREV
Er-xotin yostiqdosh bo‘lgunlariga qadar bir-birlarining odatlari, fe’l-atvorlari va xarakterlarini mukammal o‘rganmagan ekanlar, ularning turmushi baxtli bo‘lmaydi.
O. BALZAK
Hayotlarini bir-biriga bog‘lamoqchi bo‘lganlar nikohga qadar hamma narsaga ko‘zlarini katta ochib qarashlari, nikohdan keyin esa ba’zan ko‘rganlarini ham ko‘rmaganga olishlari kerak.
M. SKUDERI
Nikohning shunday xususiyati borki, undan keyin sanamga tavof etish barham topadi. Binobarin, erkak kishi o‘z ma’budasiga yaqindan turib boqsa, u qayta oddiy ayolga aylanadi.
J. ADDISON
Omadli nikoh har kuni ta’mir etib turilishi kerak bo‘lgan binodir.
A. MORUA
Nikoh bahsu munozaralar bilan bo‘linib turuvchi uzundan-uzoq suhbatdir.
R. STIVENSON
Oilaviy hayot, ehtimolki, hech qachon sidirg‘a quvonchdan iborat bo‘lolmaydi. Faqat shodu xurramlikkagina emas, g‘amu anduhga ham, tashvishu baxtsizlikka ham sherik bo‘la bil.
V. A. SUXOMLINSKIY
Agar faqat o‘zim bo‘lay desang, yaxshisi oila qurma. Baxtli muhabbatning asl mazmuni o‘zini bag‘ishlovdir. O‘zini o‘ylagan kimsa hech narsa hadya etolmaydi, faqat o‘ziga olishni biladi va shu tariqa muhabbat deb atalgan tuyg‘uning barcha fazilatlarini zaharlaydi. Shaxsiyatparastlik bu o‘rinda xuddi jismoniy illatdek xalaqit beradi.
V. A. SUXOMLINSKIY
Sevgilim yonimda bo‘lsa, yer-to‘la ham jannat, degan ba-landparvoz gaplar bilan o‘zingni ovutma. Nikoh faqat ma’naviy emas, moddiy qovushuv hamdir. Oila qurmoqchi ekansan, moddiy jihatdan nechog‘li mustaqilliging haqida, turmush o‘rtog‘ingni boqib kiyintirib boshpana topib bera olasanmi, mana shular haqida o‘ylab ko‘r.
V. A. SUXOMLINSKIY
Nikoh ko‘p tashvish tug‘diradi, ammo nikohsiz turmushda ham hech qanday shodlik yo‘q.
S. JONSON
Nikohsiz turmush axloqsizlik oqibatidir. Har ikkala jins ham o‘zlarini yaxshi odamlar qatoriga qo‘shadigan qovushuvdan qochib, aksincha, xarob qiladigan qovushuv iskanjasiga tushadilar.
MONTESKE
Oilaviy muhabbat — inson zotini ko‘paytiradi, do‘stona muhabbat uni takomillashtiradi, g‘ayriaxloqiy muhabbat esa barbod etib, yerga uradi.
F. BEKON
O‘zboshimcha erkinlik muhitida yuz bergan nikoh muhabbatni so‘ndiradi.
E. SENANKUR
Bo‘ydoqlik —g‘ayriijtimoiy holat.
O. BALZAK
O‘ylab-netib o‘tirmay shartta uylan. Xotining yaxshi chiqsaku — xo‘p-xo‘p, yomon chiqsa — faylasuf bo‘lasan.
SUQROT
Yaxshi xotin bilan yashash — hayot bo‘ronlarida senga bir panohday xizmat qilsa, yomon xotin bilan yashash — kulbangda ko‘tarilgan bo‘ronday gap.
J. PTITSEN
Muhabbat oilaviy mashmashalarni shu qadar yoqtirmaydiki, chinakamiga baxt-saodatli bo‘lmoq uchun bir-birovingda eng olijanob fazilatlarni topa bilmog‘ing kerak.
O. BALZAK
Yaxshi xotin — jon malhami.
QOBUS
Ayol erkak zotining buyuk murabbiysidir.
A. FRANS
O‘z erini olg‘a yurgazmagan ayol uni, shubhasiz, orqaga tortadi.
J. MILL
O‘z erining fikru xayolini band etgan orzu-havaslardan begona yashagan, ularni ro‘yobga chiqarishga intilmagan ayol, bor-yo‘g‘i erkakning o‘ynashi, tejamkor beka, enagadir, lekin xotin deb atalgan olijanob so‘z zamiridagi haqiqiy ayol emas…
A. I. GERSEN
Muhabbat — o‘z yo‘liga, ammo birga hayot kechirmoq uchun orzu intilishlar bir bo‘lmog‘i kerak. Busiz haqiqiy baxtli oila qurib bo‘lmaydi.
N. K. KRUPSKAYa
Yoshing qaytganda sevma.
QOBUS
Odamki qirq yoshgacha sevmadimi, undan keyin ham sevmay qo‘ya qolgani ma’qul.
B. ShOU
Keksalikdagi muhabbat illatga aylanadi.
O. BALZAK
Oshiq qariya tabiatdagi eng katta majruhlikdir.
J. LABRUER
Keksaygan odam yoshlik o‘tida yonolmaydi.
IBN SINO
Eski sanoch sharobga bas kelolmaydi, keksa yurak yoshlik tuyg‘ulariga bardosh berolmaydi.
S.T. AKSAKOV
Ba’zi qariyalarning yosh ayollarni sevishga intilishlari yana shuning uchun ham bema’nilikki, ular o‘z muhabbatlariga muhabbat bilan javob qaytarilishini talab etadilar va shunday qilishga haqimiz bor, degan xomxayolda yuradilar. Aslini olgaida bu o‘rinda ayb faqat shu qariyalardagina emas, balki ularning bema’ni kirdikorlarini qo‘llab-quvvatlagan yosh ayollarda hamdir.
J. LABRUER
Uylanmoqchi bo‘lgan qariyaning birdan-bir muddaosi shuki, unga enaga kerak.
G. UOLPOL
Ayol zoti uchun qarimaslikning chinakam manbai nikohda bo‘lishdir.
A. BEBEL
Qartaygan erlarning yosh xotinlari odatda hali erlari hayotligidayoq o‘zlarining ko‘z yoshlarini kim artib qo‘yishini o‘ylaydilar.
K. GOLDONI
Eri qari bo‘lgan yosh ayolning ahvoli og‘ir, u kemaga bog‘lab qo‘yilgan qayiqchaga o‘xshaydi, bu qayiqcha o‘z harakatini kemaga moslashtirolmaydi, tagida esa langari yo‘q, ammo oqshomlari o‘z arqonini uzib, boshqa manzillarga tez-tez borib turadi.
FEOGNID
Yosh xotinning biqinida chol yotgandan ko‘ra, shu biqinga kamon o‘qi botgani yaxshi.
SA’DIY
Ael kishi go‘zal va yosh bo‘lganligi uchungina o‘z taqdiringni uning taqdiri bilan bog‘lashdan ham xavfli narsa yo‘q.
V. G. BELINSKIY
Er-xotinlik oilaviy hayotda bo‘lganidek, umuman, hayotda ham faqat muvaqqat huzur-halovatdangina iborat emas, u teppa-teng moyillik, o‘zaro qizg‘in ehtiros, xarakterlar o‘xshashligini ham taqozo qiladiki,jamiyatga zarur bo‘lgan bu aqida abadiy muammo bo‘lib qolaveradi.
O. BALZAK
Nikoh ostonasidan o‘tgan juftlik go‘yo ma’iaviy olami bitta bo‘lgan shaxsga aylanmogi kerak.
I. KANT
Oqila rafiqam! Agar ering yoningda bo‘lishini istasang, shuning payiga tushginki, toki u hech yerda sening huzuringdagi kabi rohat-farog‘at va muloyimlikka duch kelmasin.
PIFAGOR
Yaxshi er-xotinda qalb ikkita bo‘lsa ham istak bitta.
M. SERVANTES
Nomus er-xotin totuvligining qoni va jonidir.
D. I. FONVIZIN
Shunga qat’iy imonim komilki, er-xotin ittifoqi tevarak-atrofdagilarning aralashuvidan xoli bo‘lmog‘i kerak, binobarin, bu ikki kishidan boshqa hech kimning ishi emas.
V. G. BELINSKIY
Dildagi ishonchdan kelib chiqadigan, ishtirok etayotgan kishilarning ixtiyoriy, oqilona inoqliklariga asoslangan oilaviy va ijtimoiy munosabatlargina mustahkam bo‘lishi mumkin.
N. A. DOBROLYuBOV
Uylanish o‘z huquqingni ikki baravar kamaytirib, zimmangga tushadigan majburiyatni esa ikki hissa oshirishing demakdir.
A. ShOPENGAUER
Pishirib-kuydirish, tikib-yamash, kir yuvish, bolalarga qarash faqatgina ayollarning ishi, buni qilish erkak kishiga uyat degan g‘alati, ildiz otib ketgan yanglish fikrlar mavjud. Vaholanki, buning aksi uyatliroq: holdan toygan, qachon qarasang nimjon, homilador ayol zo‘r-bazo‘r ovqat tayyorlayotgan, kir yuvayotgan, kasal bolasiga qarayotgan bir paytda, ko‘pincha bekor yurgan, vaqtini bo‘lar-bo‘lmas ishlar bilan yoxud butunlay besamara o‘tkazayotgan erkaklarga uyat.
L. N. TOLSTOY
Nikoh mustaqillik jihatidan teppa-teng bo‘lgan erkak va ayol o‘rtasidagi munosabatlarning ifodasidir, bunda mutelik ham bir xil, majburiyat ham bir xil.
L. ANSPAXER
Ayol kishini iztiroblarga qo‘ygan holda erkakni baxtli qilish qiyin.
V.GYuGO
Aksari erkaklar o‘z xotinlaridan qadr-qimmat talab qiladilar, aslida ularning o‘zlari bunga arzishmaydi.
L. N. TOLSTOY
Baxti uchun sevikli kishisi oldida burchdorligini tan olmaslik kechirilmas mag‘rurlikdir.
G. LESSING
…Ajralishning erkinligi oilaviy aloqalarning «emirilishi»ni ko‘rsatmaydi, aksincha, rivojlangan jamiyatda yagona mumkin bo‘lgan va barqaror demokratik asoslarda mustahkamlanishini ko‘rsatadi.
V. I. LENIN
Muhabbat, razil kishilar o‘ylaganidek, inson hayotidagi faqat nikoh davrigacha bo‘lgan o‘tkinchi voqea emas. Bu er-xotinning butun hayoti davomida yashab, mustahkamlanib boradigan tuyg‘udir.
N. G. ChERNIShEVSKIY
Xotin — o‘yin emas, hayotimizdagi do‘stimiz va yo‘ldoshimizdir,shu boisdan,biz uni yoshi qaytgan paytida ham,kampir bo‘lib qolganda ham sevmoq kerak, degan fikrga avval boshdanoq ko‘nikib olishimiz darkor.
V.G.BELINSKIY
Ayol kishining jamiyatdagi o‘rni qanday bo‘lsa, unga erining munosabati ham xuddi shunday.
N. G. ChERNIShEVSKIY
Agar faqat sevgi tufayligina vujudga kelgan nikoh axloqiy bo‘lsa, unda sevgisi davom etayotgan nikohgina axloqiydir.
F. ENGELS
Baxtsiz nikoh oqibatida yuz beradigan qo‘ydi-chiqdi, menimcha, ajralmaydigan nikohdan ko‘ra axloqliroqdir, negaki, shu qo‘ydi-chiqdi tufayli yolg‘onga chek qo‘yiladi.
A. G. RUBINShTEYN
Bir tomonlama o‘zini qurbon berish — oilaviy hayotda noo‘rin narsa, chunki u ikkinchi tomonni haqoratlaydi.
J.GOLSUORSI
Sevgida ikki xil vafodorlik bor: o‘zimiz sevgan odamdan hammavaqt muhabbatimizga loyiq yangi fazilatlarni topganligimiz uchun yoki sevgida vafodorlik — vijdon burchi, deb hisoblaganimiz uchun shunday qilamiz.
F. LAROShFUKO
Ayol kishini hurmatlay bilgan erkakkina ayolni tahqirlamagan holda undan ajralisha oladi.
S. MOEM
Nikoh oniy bir tuyg‘uga asoslangani uchun ham abadiy emas, u beqaror va buzilib ketishi ham mumkin. Ammo qonunchilik nikohning buzilishini juda qiyinlashtirib qo‘yishi va injiqlik oldida axloqiy huquqni himoya etmog‘i kerak.
G. GEGEL
Kimki ayol huquqini himoya qilsa, bola huquqini ham himoya qilgan bo‘ladi, boshqacharoq aytganda — u kelajakni ham himoya qiladi.
V. GYuGO
Muhabbatni nechog‘li ilohiylashtirmasinlar, ammo tabiat bu go‘zal tuyg‘uii odamlarning baxti uchungina emas, ularning ko‘payishi va unib-o‘sishi uchun ham baxshida etganini ko‘rmaslik mumkin emas.
V. G. BELINSKIY
Nikoh odamzod avlodlari davomiyligini ta’min etuvchi zaruratdir.
LUKIAN
O‘zaro muhabbat farzandlar tufayli mustahkamlanadi.
MENANDR
Oila farzandlardan boshlanadi.
A. I. GERSEN
Har bir odam ham kimningdir bolasi.
P. BOMARShE
Bolalar — jamiyatning hayotbaxsh kuchi. Ularsiz jamiyat jonsiz va sovuq ko‘rinadi.
A. S. MAKARENKO
Dunyoda go‘dakning tilidan ko‘ra tantanaliroq gimn yo‘q.
V.GYuGO
Bolalar baxtni daf’atan va beixtiyor hazm qilib olaveradilar, negaki, ularning o‘zi shodlik va baxtdan iboratdirlar.
V. GYuGO
Bolalar mehnatga shodlik bag‘ishlaydilar, ammo muvaffaqiyatsizliklar ular tufayli yana ham ko‘proq ranj keltiradi; bolalarning sharofati bilan hayot yanada shirin, o‘lim esa u qadar dahshat solmaydigandek tuyuladi.
F. BEKON
Agar kishining xonadoni qirq yoshga kirguncha bolalar qiychuvi bilan to‘lmasa, vahima bilan to‘ladi.
Sh. SENT-BEV
ziyouz.uz

Оставьте комментарий