DO`STLARGA ULASHING:
Nikoh qayd etilganligi, nikohda turmasligi yoki nikohdan ajralganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani olish
Jismoniy shaxslarga ko’rsatiladi Yarimavtomatik
Xizmat tavsifi
Mazkur xizmat orqali o‘zingiz uchun qulay vaqtda, uydan yoki ofisdan chiqmasdan nikoh qayd etilganligi, nikohda turmasligi yoki nikohdan ajralganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani olishingiz mumkin.
Xizmat narxi va to`lash tartibi
Bazaviy hisoblash miqdorining 4,5% (Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilinganda bazaviy hisoblash miqdorining 5% undiriladi).
Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 fevraldagi 134-son «Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish va notarial organlar sohasida hamda rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida» qarori.
Xizmatni ko`rsatish muddati
3 ish kunida
Xizmatdan foydalanuvchining toifasi
Jismoniy shaxslar
Tashkilot
Davlat xizmatlari agentligi hududiy boshqarmalarining fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish arxivlari
14 комментариев к “Nikoh qayd etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani olish”
Обсуждение закрыто.