Nima uchun SIM-kartaga PIN-kod o‘rnatish kerak bo‘lishi mumkin?

DO`STLARGA ULASHING:

Nima uchun SIM-kartaga PIN-kod o‘rnatish kerak bo‘lishi mumkin?
Bugungi kunda SIM-kartaga PIN-kod o‘rnatish kamdan-kam uchraydi, ammo tugmachali (knopochniy) telefonlar davrida bu juda mashhur edi. PIN-kodni telefon qayta ishga tushirilgandan keyingina kiritish kerak bo‘lsa ham, undan himoyaning bir turi sifatida foydalanilgan.
Hozirda barmoq izi skaneri yoki yuz bilan ochish (https://t.me/gsmgurus_FAQ/1042) texnologiyalari davrida to‘rt xonali kodni kiritish juda noqulay. Undan tashqari qurilmaning o‘zi parol so‘rab turganda, nima uchun yana bir himoya kerak?
Aslida SIM-kartaga PIN-kod o‘rnatishning asosli sababi bor. Gap shundaki, agar telefoningizni yo‘qotib qo‘ysangiz va ekranda parol o‘rnatilgan bo‘lsa ham, SIM-kartangizni boshqa qurilmaga o‘rnatib, undan foydalanish mumkin.
Odatta raqamingiz turli xil messenjerlar (Telegram) va ijtimoiy tarmoq profillari, bank ilovalari va boshqa xizmatlarga bog‘langan bo‘ladi. SIM-kartangizga jo‘natiladigan bir martalik kod orqali, masalan Telegram messenjeri yozishmalarini qo‘lga kiritish mumkin (agarda ikki bosqichli tekshiruv (https://t.me/gsmgurus_FAQ/810) usuli faollashtirilmagan bo‘lsa).
Albatta, SIM-karta yo‘qolgan hollarda operatoringizga murojaat qilib, uni bloklashingiz mumkin. Lekin, har doim ham buni darhol amalga oshirib bo‘lmaydi yoki SIM-karta yo‘qolganligi kech aniqlanadi.
PIN-kod telefon qayta yoqilgandan so‘ng so‘raladi va uni kiritish uchun faqat uchta urinish beriladi, shundan so‘ng SIM-karta bloklanadi va sakkizta raqamdan iborat bo‘lgan PUK-kod talab qilinadi (SIM-karta bilan berilgan konvertda ko‘rsatilgan).
Smartfonda PIN-kodni qanday faollashtirish mumkin?
Bu qurilma modeliga bog‘liq, lekin kerakli sozlmani topish oson:
— Tizim sozlamalariga kirib yuqori qidiruv qismida «SIM» kalit so‘zini yozing. «SIM-kartani qulflash» (Blokirovka SIM-karti) bandini qidiring va belgini faollashtiring.
Savol: SIM-kartani qulflash imkoniyatidan foydalanasizmi va buni kerakli funksiya deb o‘ylaysizmi?

Оставьте комментарий