Noodatiy Xiaomi Mi Mix 4 smartfonining narxi qancha?

DO`STLARGA ULASHING:

Noodatiy Xiaomi Mi Mix 4 smartfonining narxi qancha?

Xiaomi rasman Mi Mix 4 smartfonini taqdim etdi. Bu kompaniya tarixida 20 megapikselli old kamera bilan jihozlangan birinchi smartfon. Oddiy foydalanishda uning linzalari ko’rinmaydi va displey deyarli butun old yuzasini egallaydi.

Xiaomi Mi Mix 4 Snapdragon 888+ protsessori va 6,67 dyuymli FullHD + o’lchamli displey va 120 gigagertsli yangilanish tezligi bilan ishlaydi.

Batareya quvvati 4500 mA/soatni tashkil etadi. Asosiy kamera 108 megapikselli o’lchamga ega. U keng burchakli modul (13 Mp) va optik zoom (8 Mp) bilan to’ldiriladi.

Xiaomi Mi Mix 4 ning 8/128 Gb narxi Xitoyda 4999 yuan (8 mln 243 ming so’m)ga sotiladi.