Ona qornidagi homila tashqi muhitdagi ovozlarni eshitadimi?

DO`STLARGA ULASHING:

Ona qornidagi homila tashqi muhitdagi ovozlarni eshitadimi?

🔷 Rivojlanishning 5-6 haftasida homilada bosh miya shakllanadi, 8-10 haftada esa eshitish analizatorlari paydo bo‘ladi. Dastlab, homila ona organizmidagi yurak urishi, tomirlardagi qon harakatini eshitadi. 12-16 haftadan boshlab barcha ovozlarni eshita boshlaydi.

🔶 Homiladorlikning 24 haftasidan boshlab, homila onasini va onasi bilan ko‘p muloqot qiluvchi insonlarning ovozlarini taniy boshlaydi. Shu bois tug‘ilgan chaqaloq ko‘plab tovushlar orasidan ota-onasining ovozini ajrata oladi. Ona homiladorlik vaqtida eshitishga odatlangan musiqalar tug‘ilgan chaqaloqqa tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, chunki chaqaloq homiladorlik xotirasi bilan dunyoga keladi.

Оставьте комментарий