Oy— Yerning yagona tabiiy yoʻldoshi.

DO`STLARGA ULASHING:

Oy— Yerning yagona tabiiy yoʻldoshi. Yerdan oʻrtacha 384 400 km masofada joylashgan. Orbitasining ekliptikatekisligiga qiyaligi burchagi 5° 8′ 43″ ni tashkil etadi. Massasi 7,35×1022 kg (1/81,3 Yer massasi). Oʻrtacha radiusi 1738 km, sirtidagi erkin tushish tezlanishi 1,62 m/s2. Astronomik belgisi O. Oy orbitasi ekliptika tekisligiga oʻrtacha 5°8’43″ burchak ostida yotib, 4°58’ dan 5°20’ gacha oʻzgarib turadi. Oy Yer atrofida gʻarbdan sharqqa harakatlanib, biror yulduzga nisbatan toʻla aylanish davri uning siderik (yoki yulduz) davri deb ataladi. Bu davr 27,32 oʻrtacha Quyosh sutkasiga teng . Oy orbitasining ekliptika tekisligi bilan kesishish nuqtalari uning chiqish va tushish tugunlari deyiladi. Oy tugunlari ekliptika boʻylab Oyning hara-katiga qarama-qarshi yoʻnalishda (yaʼni gʻarbga tomon) siljib boradi va 18 yilu 7 oy (6793 sutka)da ekliptikani toʻla bir marta aylanib chiqadi.

Оставьте комментарий