Oyoq terlashidan qanday qutilish mumkin?

DO`STLARGA ULASHING:

Oyoq terlashidan qanday qutilish mumkin?
Ko‘p  terlash ilmiy tilda gipergidroz deyiladi. Bu tananing turli qismlarida kuzatilishi mumkin. Lekin eng ko‘p uchraydigani oyoq terlashidir. Agar bu sizni ham bezovta qilib kelayotgan bo‘lsa, ushbu maqola sizga albatta yordam beradi deb o‘ylayman.
Birinchi usul: gigena va tozalikka intilish.
Oyog‘ingizni har kuni yuving. Oyoqni har kuni yaxshilab yuvish oyoqni ko‘p terlashidan saqlovchi asosiy vositadir. Bu oyoq namlanganda ko‘payadigan bakteriya va zamburug‘larni yuvilib kamayishiga va oyoqni xidlanishini oldini olishga yordam beradi. Har safar oyoq yuvganingizda antibakterial sovundan foydalaning. Kirsovun ham yaxshi yordam beradi.
Oyoqni yaxshilab quriting. Paypoq yoki poyafzal kiyishdan avval oyog‘ingizni yaxshilab quriting. Bu bakteriyalar ko‘payish extimolligini kamaytiradi. Oyoq to‘liq quriganiga ishonch xosil qilish uchun fendan foydalansangiz ham bo‘ladi
Oyog‘ingizga dezodorant surkang. Dezodorant-antipersperantlarni nafaqat qo‘ltiq ostiga ishlatiladi, balki tananing boshqa qismlariga ham ishlatish mumkin. Agar oyog‘ingiz ko‘p terlasa, paypoq kiyishdan avval dezodorant sepib ko‘ring. Bu yaxshi foyda berishi uchun tarkibida alyuminiy sirkoniy yoki alyuminiy xlorid bo‘lgan dezodorant-antipersperantdan foydalaning.
Ikkinchi usul: poyafzaldan to‘g‘ri foydalanish.
Havo yaxshi o‘tkazadigan poyafzal oling. Oyog‘imizga qisib turadigan botinka kiyib olsak, oyoq ko‘p terlaydi. Agar sizni oyog‘ingiz ko‘p terlasa nafas oluvchi poyafzal tanlang. Krossovkani nafas oluvchi matodan tikilganini yoki yilning issiq oylarida sandal kiying. Havo aylanmaydigan rezina poyafzal kiymang. Har kuni poyafzal almashtirishga harakat qiling. Shunda poyafzalingiz kiyishingizdan avval to‘liq qurigan bo‘ladi.
Poyafzalingizni tez-tez yuvib turing. Poyafzalni doimo yuvib turilganda, unda bakterilar va noxush xid beruvchi narsalar to‘planishi oldi olinadi. Poyafzalingizni kamida bir haftada bir marta yuvib turing. Yuvgandan keyin kiyishdan avval yaxshilab quritish zarur.
Paypog‘ingizni har kuni yuving. Oyog‘ingiz ko‘p terlasa, paypoq namlikni o‘ziga shimib oladi va unda bakteriya va zamburug‘lar ko‘paya boshlaydi. Shuning uchun har kuni paypoqni almashtirish o‘ta muximdir.  Agar oyog‘ingiz juda ko‘p terlasa paypoqni bir kunda bir necha marta almashtirish kerak.
Nafas oluvchi va namlikni yaxshi shimadigan paypoq tanlang. Poliester va paxta tolalari aralashtirib to‘qilgan paypoq kiying. Shuningdek kanop, bambuk yoki jundan to‘qilgan paypoqlar ham yaxshi samara beradi.  100% neylondan to‘qilgan paypoq kiyish yaramaydi.
Makka kraxmali surting. Paypoq kiyishdan avval oyog‘ingizga ozgina makka kraxmalidan sepib olsangiz, oyog‘ingiz ko‘proq vaqt quruq turadi. Shuningdek namlikni yaxshiroq so‘rishi uchun poyafzal ichiga ham kraxmal sepib olish mumkin.
Doimo yoningizda qo‘shimcha paypoq olib yuring. Ayniniqsa kun bo‘yi poyafzal yechmasdan yurishingizga to‘g‘ri kelsa, yoningizda qo‘shimcha paypoq bo‘lishi juda qo‘l keladi. Paypog‘ingiz nam bo‘lganini sezishingiz bilan alishtirib oling, shunda oyog‘ingizdan noxush xidlar chiqishini oldini olgan bo‘lasiz.
Oyoq uchun zamburuqqa qarshi sprey yoki poroshok ishlatib ko‘ring. Aptekada bunday vositalar ko‘p va  retseptsiz sotiladi.  Ular oyog‘ingizda ko‘p terlashga sabab bo‘luvchi zamburug‘larni o‘ldirib yaxshi samara berishi mumkin.
Shifokor bilan maslaxatlashing. Agar siz oyog‘ingiz terlab, noxush hid chiqarishidan astoydil qutilmoqchi bo‘lsangiz va uyda qo‘llab ko‘rgan choralaringiz foyda bermasa dermatolog shifokorga murojaat qiling. Shiforor kasallik tarixini yaxshilab o‘rganadi, kerak bo‘lsa qo‘shimcha taxlillar o‘tkazadi va davo rejasini ishlab chiqadi.
Shifokorlar zarur bo‘lsa kerakli davo choralarini buyuradi, xatto bo’zida jarroxlik amaliyoti ham o‘tkazilishi mumkin.
@andrology_uz 🚑

Оставьте комментарий