O’zbekiston Konstitutsiyasi haqida eng chiroyli sherlar

O’zbekiston Konstitutsiyasi haqida eng chiroyli sherlar

DO`STLARGA ULASHING:

O’zbekiston Konstitutsiyasi haqida eng chiroyli sherlar.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — xalqimizning erkinligi, adolatga sodiqligi va mustaqil davlat qurish yo‘lidagi eng muhim huquqiy poydevoridir. Har yili 8-dekabr sanasida nishonlanadigan Konstitutsiya bayrami, nafaqat qonunlar majmuasining qabul qilingan kuni, balki Vatanimizning kelajagi, fuqarolarimiz erkinligi va farovonligining ramzidir. Shu munosabat bilan maktablar, bog‘chalar, tadbirlar uchun Konstitutsiyaga bag‘ishlangan she’rlar, madhiyalar va moddalar asosida tuzilgan poetik asarlar juda ko‘p izlanadi.

Ushbu sahifada siz Konstitutsiya bayrami uchun eng chiroyli, yod olishga oson, mazmunli she’rlarni topasiz. Shuningdek, O‘zbekiston Konstitutsiyasining asosiy moddalariga bag‘ishlangan she’rlar ham jamlangan bo‘lib, o‘quvchilar, tadbir tashkilotchilari va ustozlar uchun foydali manba bo‘lib xizmat qiladi.

Konstitutsiya haqida sher.

Eng sara qonunlardan,
Qomusim-oftobro’ya,
Yozilgan tilla harfdan,
Bizning konstitutsiya!

Bering bir ahamiyat,
Jamdir davlat, jamiyat,
Har modda yuksak niyat,
Bizning konstitutsiya!

Sakkizinchi dekabr,
Doim qilingay qadr,
Ozod Vatan haqdadir,
Bizning konstitutsiya!

Bayroq nima, gerb nima,
Vatan nima, yurt nima,
So’ra undan tortinma,
Bizning konstititsiya!

Bizning konstitutsiya!
Har yurakka bo’lsin jo,
Shunday ozod Vatanda,
Tinchlik so’nmasin aslo.

Sportmi yo san’atmi,
Fan yo, madaniyatmi,
Jamlar ma’naviyatni,
Bizning konstitutsiya!

Mustaqillik ne’matdir,
Qadrin bilgan Ahaddir,
O’qib o’rgansang baxtdir,
Bizning konstitutsiya!

Qomusim she’ri.

Havas qilsa arzigulik, baxtim bor,
Nurli yo‘lga boshlaguvchi ahdim bor.
Fidodirman toki tanda qonim bor,
Men elimning Qomusini kuylayman!

Iymonli elimning baxtli farzandi,
Mehnatdan baxt topgan asalu qandi.
Farovon zamonam porloq dilbandi,
Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,

Istiqlolim yo‘l ochgan adolatidan!
Mustaqil diyorimni himoya etgan,
Dono hur fikrlari jahonga yetgan.
El – yurt qalbidan g‘uborlar ketgan

Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,
Istiqlolim yo‘l ochgan adolatidan
G‘amxo‘rdir Vatanim bizga mehribon
Baxtimizga baxt qo‘shar erkin, farovon.

Kelajagim porloq, yo‘lim nurafshon,
Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,
Istiqlolim yo‘l ochgan adolatidan!
Har tomon uzatsam yetar qo‘llarim,

Istiqbolga yuz tutgan o‘ngu so‘llarim.
Nurlarga ko‘milgan oydin yo‘llarim,
Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,
Istiqlolim yo‘l ochgan adolatidan!

Konstitutsiya kitobi

– Men baxtnoma kitobman,
Aql hamda idrokman.
Kimki meni o‘qisa,
Manguga men hamrohman.
Yo‘l ko‘rsatib charog‘on,

Sizni qilay farovon.
Sendan topdim baxtimni,
Huquqimni ahdimni.
Yo‘lim nurafshon bo‘ldi,

Ko‘nglim zavqlarga to‘ldi.
Sahifangni o‘qisam,
Asarlar bor biz uchun.
Kelajak himoyangda,

Bundan ortiq baxt qayda?
-O‘qib olsang kundan – kun,
Fikring bo‘ladi durkun.
Huquqlaring bilib ol,

Hayotda yur bemalol!
A’lo bo‘lsang har ishda,
Dono bo‘lsang yumushda,
Bilginki, sen ustivor!

Gaplarimni unutma,
Vaqt o‘tadi, sen kutma!
O‘qi, bedor bo‘lsang ham,
Hayotda bo‘lmaysan kam.

– Haq gaplaring muloyim,
Esdan chiqmaydi doim.
Qo‘limdan hech qo‘ymayman,
O‘qiyverib to‘ymayman!

Hamrohimsan, baxtimsan,
Ko‘nglimdagi ahdimsan!
-Iqbolimiz ko‘zlagan,
Adolatdan so‘zlagan.

Bu bizning “Baxtnomamiz”,
Yayrab undan qonamiz!
Baxtimizga yo‘l ochgan,
Iqbol urug‘in sochgan,

Qomusimiz bir jahon,
Dovrug‘i bo‘lsan doston!
– Mo‘tabar ona – Vatan,
Sadqa bo‘lsin jonu – tan.

Konstitutsiya moddalariga she’rlar.

Vatanimning nomini
Aytar birinchi modda.
O’qib, o’rgansak uni,
Muhabbat ortar qalbda.

* * *

—Moddaning to’rtinchisin
Ulug’ tilim tasdiqlar.
Ajdodlarim orzusi,
Ko’zlarimda charaqlar.

* * *

—Vatanimning bayrog’i,
Dilginamning qarog’i.
Madhiya hamda gerbim,
Porloq yo’lim chirog’i (5-modda).

* * *

—Azimdir Toshkent shahri,
Juda keng saxiy bag’ri.
Udir Vatan yuragi,
Ulug’ xalqim tilagi (6-modda).

* * *

— Burchlarimizdan so’zlar,
Bilsang, o’n birinchi bob.
Burchimni anglashimda,
Qomusim misli oftob.

* * *

— Huquq, erkinlik haqda,
18-, 21-, va 31-modda.
O’qib, oʻqib, o’rganib,
Amal qilamiz, albatta.

* * *

— Bo’lmoq yaxshidir mulkdor,
Ham fermeru chorvador.
Ko’chmas mulkning egasi,
Tadbirkorlar sarasi (36-modda).

* * *

—O’ttiz yettinchi modda
Mehnat qilish haqida.
Har kirn sevsa kasbini,
Egalikgay baxtini.

* * *

—  O’ttiz to’qqizinchi modda
So’zlaydi ta’minotdan.
Har bir inson keksaygach,
Mamnun bo’lar hayotdan.

* * *

— Tibbiy xizmat doimo
Kerak har bir kishiga.
Sog’lom tanda sog’ aql,
Unum berar ishiga (40-modda).

* * *

— Bepul bilim olamiz,
Hur Vatanim qo’ynida,
Vatanga xizmat qilish —
Har o’g’il, qiz o’yida (41-modda).

* * *

—  Atrof-muhitni saqlash,
Barchaning teng burchidir.
Uni asrab-avaylash —
Vijdonlining ishidir (50-modda).

* * *

—Milliy boyligimizni
Qadriga yetmoq kerak.
Yer, suv, o’simlik bari
Elimga doim kerak (55-modda).

* * *

—Oila —jamiyatning
Asosiy bo’g’inidir.
Oltmish uchinchi modda
Shu bo’g’in talqinidir.

* * *

— Oltmish oltinchi modda
Farzandiik burchin so’ziar.
Har soniya, soatda
Insoniyiikni ko’zlar.

* * *

—Yetmish oltinchi modda,
Yurtim oliy organi –
Oliy majlis haqida,
Qunt bilan o’rgan uni.

* * *

— Yuz yigirma beshinchi,
Moddani anglash kerak.
Ozod, hur Vatan uchun
Dovyurak o’g’lon kerak.

Оставьте комментарий