O’zbekiston MTRK Italiya A seriyasi translyatsiyasini qanchaga sotib olgan ?

DO`STLARGA ULASHING:

⚡️ O’zbekiston MTRK Italiya A seriyasi va kubogi uchrashuvlari translyatsiyasini qanchaga sotib olgan ?

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Italiya A seriyasi va kubogi bir mavsum uchrashuvlari translyatsiya huquqini 3 mlrd 135 mln so‘m evaziga sotib olgan. Shartnoma imzolangan iyul oyidagi dollarning rasmiy kursiga ko’ra bu taxminan 287,5 ming dollarni tashkil etadi. Futbol uchrashuvlari asosan MTRKning Sport telekanali orqali efirga uzatiladi.
(https://t.me/gosportuz/2455)
Shuningdek MTRK telekanallarida Ispaniya La Ligasi, Chempionlar ligasi, Uefa va Konfederatsiyalar kubogi bahslarini namoyish etish uchun ham litsenziya mavjud. Avvalroq, MTRK telekanallari va Futbol tv o’rtasida yuzaga kelgan raqobatda MTRK kanallari yutib chiqqan edi. Natijada, deyarli translyatsiyasiz qolgan Futbol tv o’z faoliyatini to’xtatishga majbur bo’ldi.

Оставьте комментарий