Muhammad Yusuf (1954–2001)

Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf 1954 yil 26 aprelda Andijon viloyati, Marhamat tumanidagi Qovunchi qishlogʻida dehqon oilasida tavallud topdi. Toshkentdagi Rus tili va adabiyoti institutida (hozirgi Jahon tillari universiteti) tahsil oldi. Respublika Kitobsevarlar jamiyatida, “Toshkent oqshomi” gazetasida, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida, “Tafakkur” jurnalida, “Oʻzbekiston ovozi” gazetasida xizmat qildi. Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat […]

Muhammad Yusuf (1954–2001) Читать дальше »

Abdulla Oripov (1941–2016)

Shoir, tarjimon, publitsist, jamoat arbobi Abdulla Oripov 1941 yil 21 martda Qashqadaryo viloyati, Koson tumanidagi Nekoʻz qishlogʻida tugʻildi. Oʻrta maktabni oltin medal bilan tamomlagandan keyin (1958), hozirgi Oʻzbekiston Milliy universitetning jurnalistika fakultetida oʻqidi (1958–1963), “Sharq yulduzi” jurnalida adabiy xodim, “Yosh gvardiya” va Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotlarida muharrir, “Yosh gvardiya” dramatik teatrida badiiy

Abdulla Oripov (1941–2016) Читать дальше »

Худойберди Тўхтабоев (1932)

Худойберди Тўхтабоевнинг “Таржимаи ҳолимдан лавҳалар”ида шундай ёзилган: “Мен 1932 йилнинг 17 декабрида Фарғона вилоятидаги Катта Тагоб қишлоғида туғилган эканман. Отам Тўхтавой 21 ёшида қулоқ қилинган бўлиб, Тожикистоннинг Чорку деган жойида вафот қилган. Икки йилдан сўнг онам Сорабиби холаси Аширбиби ўлиб, беш боласи етим қолгани сабабли, унинг эри Уста Қодирга турмушга чиққан (қариндошларнинг қарори шундай бўлган) экан.

Худойберди Тўхтабоев (1932) Читать дальше »

Abu Nasr Forobiy (873-950)

Forobiy uning taxallusi boʻlib, toʻliq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlugʻ Tarxon – jahon madaniyatiga katta hissa qoʻshgan Markaziy osiyolik mashhur faylasuf, qomusiy olim. Oʻrta asrning bir qancha ilmiy yutuqlari, umuman Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida taraqqiyparvar ijtimoiy-falsafiy tafakkur rivoji uning nomi bilan bogʻliq. Forobiy oʻz zamonasi ilmlarining barcha sohasini mukammal bilganligi va

Abu Nasr Forobiy (873-950) Читать дальше »

Abdulla Avloniy (1878-1934)

XIX asr oxiri XX asr boshidagi oʻzbek milliy madaniyatining mashhur vakillaridan biri maʼrifatparvar shoir, dramaturg, jurnalist, olim, davlat va jamoat arbobi Abdulla Avloniydir. U 1878 yilning 12 iyulida Toshkentning Mergancha mahallasida, toʻquvchi Miravlon aka oilasida dunyoga keldi. Bolaligi Mirobod mahallasining egri-bugri koʻchalarida, koʻpchilik qismini ruslar tashkil qilgan temir yoʻl ishchilari bolalari orasida kechdi. Oʻqchidagi eski

Abdulla Avloniy (1878-1934) Читать дальше »

Abu Rayhon Beruniy (973-1048)

Oʻrta asrning buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy zamonasining qator fanlari: astronomiya, fizika, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya, tarix kabilarni chuqur oʻrgandi. U Xorazmning qadimgi poytaxti Kot shahrida tugʻildi va yoshligidanoq ilm-fanga qiziqishi orta bordi. Beruniy keyinchalik mashhur olim Abu Nasr Mansur ibn Iroq qoʻlida taʼlim oldi. Ibn Iroq astronomiya, geometriya, matematikaga oid

Abu Rayhon Beruniy (973-1048) Читать дальше »

Muso al-Xorazmiy (783-850)

Buyuk matematik, astronom va geograf Muhammad al-Xorazmiy VIII asrning oxiri va IX asrning birinchi yarmida yashab ijod etdi. Bu davrda Markaziy Osiyo arab xalifaligi tarkibiga kirar edi. Rivojlanib kelayotgan mavjud tuzum taqozo qilgan ijtimoiy-iqtisodiy talablar bu davrdagi taraqqiyot jarayonining asosiy omillaridan biri boʻldi. Qurilish, savdo-sotiq, hunarmandchilik, dehqonchilik va boshqa sohalarni yanada taraqqiy ettirish uchun astronomiya,

Muso al-Xorazmiy (783-850) Читать дальше »

Abu Ali ibn Sino (980-1037)

Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatini oʻrta asr sharoitida dunyo madaniyatining oddingi qatoriga olib chiqqan buyuk mutafakkirlardan biri Abu Ali ibn Sino boʻlib, u Ovroʻpoda Avitsenna nomi bilan mashhurdir. Ibn Sino (asl ismi Husayn, otasining ismi Abdulloh) Buxoroning Afshona qishlogʻida hijriy 370 (980) yilning safar oyida, amaldor oilasida tugʻildi. 986 yilda ibn Sino oilasi Buxoroga koʻchib keladi

Abu Ali ibn Sino (980-1037) Читать дальше »

Imom al-Buxoriy (810-870)

Hadis ilmining rivojida oltin davr hisoblangan hijriy uchinchi (milodiy toʻqqizinchi) asrda hadisshunoslikda katta muvaffaqiyatlar qoʻlga kiritilgan. Chunonchi, butun islom dunyosidagi eng nufuzli manbalar deb tan olingan oltita ishonchli hadislar toʻplamining (as-sihoh as-sitta) mualliflari yashab ijod qilganlar. Yana shunisi diqqatga sazovorki, mazkur olti muhaddisning deyarli hammasi Markaziy osiyolik boʻlib, ular: Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy,

Imom al-Buxoriy (810-870) Читать дальше »

Oʻtkir Hoshimov (1941-2013)

Oʻtkir Hoshimov 1941 yil Toshkent viloyatining Zangiota (hozirgi Chilonzor) tumanidagi Doʻmbiravot mavzeida tugʻildi. Oʻ. Hoshimov mehnat faoliyatini erta boshladi. Toshkent Davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika kulliyotida oʻqish bilan baravar gazeta tahririyatida ishladi. 1959 yildan 1963 yilgacha “Temiryoʻlchi”, “Qizil Oʻzbekiston”, “Transportniy rabochiy” gazetalarida xat tashuvchi, mussaxhih, tarjimon boʻlib ishladi. Soʻng “Toshkent haqiqati” gazetasida adabiy

Oʻtkir Hoshimov (1941-2013) Читать дальше »