Pampers necha yoshgacha kiyiladi???

DO`STLARGA ULASHING:

Pampers necha yoshgacha kiyiladi???
Ma’lum bo‘lishicha, bola 12-20 oyligidan boshlab tuvakka(gorshok)o‘tirish darajasiga yetadi. Aynan mana shu paytda u o‘zining hatti-harakatlariga nisbatan javobgarlik seza boshlaydi. Ammo bu bola 1 yoshidan boshlab, pampers bilan butunlay xayrlashishi kerak degani emas.
Bolaning necha yoshigacha pampers kiyishi yoshiga emas, boshqa narsaga bog‘liq. Masalan:
Bolani kunduzi tuvakka(gorshok)o‘tirg‘izish mumkin, lekin tunda tagi ho‘l bo‘lib bezovtalanmasligi uchun esa pampersdan foydalanish o‘rinli. Bunday holatda bola qachonki ertalab tagi to‘liq quruq bo‘li uyg‘onsa, shunda pampers bilan hayrlashsa bo‘ladi.
Ayrim bolalar pampersda o‘zini yaxshi xis etmaydi va kiyganda ko‘p bezovtalanadi, mana shunday vaziyatlarda pampersdan iloji boricha ertaroq qutulish tavsiya etiladi. Shuningdek, juda faol bolalarni pampersdan erta ajratish maqsadga muvofiq.
Muddatga e’tibor bering.
Pampersdan foydalanishning kunduzgi normasi 2-3 soatni tashkil qiladi. Bordiyu, bola 1 soatda tagini to‘ldirib qo‘ysa, unda darxol boshqasiga almashtirish kerak bo‘ladi. Uyqu paytida yuqorida belgilangan muhlatga atigi bir soat qo‘shish mumkin. Mabodo, bola tagi namligini sezmay uhlashda davom yetsa, uni uyg‘otmay turib ham tagini almashtirish mumkin.
Pampersni almashtirganda.
Bolani har safar toza havoga olib chiqishdan oldin va uyqu qaytgandan so‘ng, uhlashidan oldin va keyin tagligini almashtirishni qoidaga aylantiring. Pampersdan belgilangan vaqtdan ziyod foydalanmang.
Bu tavsiya ko‘proq pampersni tejas maqsadida «to‘lishini» kutadigan onalarga tegishli. Hozir do‘konlarda bolalar uchun maxsus ishlab chiqarilgan nam salfetkalar soni va turi juda ko‘p.
Esingizda bo‘lsin, har qanday qimmat va o‘ta sifatli nam salfetka baribir toza iliq suv o‘rnini bosa olmaydi. Shu sabab bunday vositalardan iloji boricha kamroq foydalaning. Foydalangan taqdirda ham salfetkaning tarkibini o‘rganib chiqishga erinmang. Bolalar gigiyenasi uchun mo‘ljallangan salfetkaning tarkibida kremi borlaridan foydalanmagan maqul.
“Havo vanna»laridan foydalaning.
Har gal pampersni almashtirayotganda, bolaning terisiga paxta yog‘i yoki oddiy zaytun moyini surting va 10-20 daqiqa quyosh nuri tushadigan joyda olib o‘tiring. Ana shu vaqt mobaynida bolaning terisiga diqqat bilan razm solib, qizil dog‘lar yoki pampersdan qisilgan izlar yo‘qligiga ishonch xosil qiling. Bordi-yu, pampers bolaning sonlarini qisayotgan bo‘lsa, uni bir o‘lcham kattasiga almashtiring.

Оставьте комментарий