DO`STLARGA ULASHING:
Tabiat hamda fasllar haqida eng sara va qiziqarli topishmoqlar to’plami barcha yoshdagi insonlar, o’quvchilar, kattalar va bolalar uchun.
1. Uzoq tog‘da o‘t yonar.
Topishmoqning javobi
Quyosh.
2. Tog‘dan kelar toshday,
Arillagan otday.
Topishmoqning javobi
Suv.
3. Jingila sichqon yer qazir.
Topishmoqning javobi
Tomchi.
4. Jonon kosa, ko‘zi o‘ynar,
Sochlari jilva-jilva.
Topishmoqning javobi
Buloq.
5. Ajab bir gumbazlik uy ko‘rdim,
Na eshigi bor, na teshigi.
Topishmoqning javobi
Yomg‘ir ko‘pigi.
6. Kelar-ketar, izi yo‘q,
Qaragali ko‘zi yo‘q.
Topishmoqning javobi
Shamol.
7. Suvsiz cho‘lda tozi o‘ynar.
Topishmoqning javobi
Quyun.
8. Bir otasi, bir onasi,
Necha yuz ming bolasi.
Topishmoqning javobi
Quyosh, oy, yulduzlar.
9. Oppoqqina dasturxon,
Yer yuzini qoplagan.
Topishmoqning javobi
Qor.
10. Ismi bor,
Jismi yo‘q.
Topishmoqning javobi
Shamol.
11. Bir tol o‘sdi to ko‘kka qadar,
Bu tolning o‘n ikki shoxi bor.
Har shoxida to‘rttadan uya bor,
Har uyada yettitadan tuxum bor,
Har tuxumning yarmi qoradir ko‘rsang,
Yarmi oppoqdir, topgan bo‘lsang.
Topishmoqning javobi
Yil, o‘n ikki oy, hafta, kun, kecha-kunduz.
12. Ketaveradi, ketaveradi,
Orqasiga qaramaydi.
Topishmoqning javobi
Suv, ariq.
13. Onasi bitta.
Bolasi mingta.
Topishmoqning javobi
Oy va yulduzlar.
14. Zarga sotilmas,
Zo‘rga topilmas.
Topishmoqning javobi
Vaqt.
15. Adrasman tubida,
Ola sichqon o‘ynaydi.
Topishmoqning javobi
Quyun.
16. Qo‘lim bilan ushlay olmayman,
Cho‘ntagimga sola olmayman.
Topishmoqning javobi
Tuman.
17. Tumshuqsiz chumchuq muz teshar.
Topishmoqning javobi
Tomchi.
18. Bir tup katta terak,
Tubi bir, shoxi o‘n ikki,
Yaprog‘i uch yuz oltmish,
Yaprog‘ining bir tomoni oq,
Ikkinchi tomoni qora.
Topishmoqning javobi
Yil, o‘n ikki oy, kunlar, kecha, kunduz.
19. Kichkinadir o‘zi,
Yiltir-yiltir ko‘zi.
Topishmoqning javobi
Yulduz.
20. Uzun-uzun iz kelar,
Uzun bo‘yli qiz kelar,
Qoshginasi qaltirab,
Ko‘zginasi yaltirab.
Topishmoqning javobi
Suv, ariq.
21. Oppoq sandiq ochildi,
Olamga nur sochildi.
Topishmoqning javobi
Osmon, quyosh.
22. Tomdan tuxum irg‘itdim.
Topishmoqning javobi
Do‘l.
23. Kechasi uchakka jo‘xori sepdim,
Azonda qarasam yitibdi.
Topishmoqning javobi
Osmon, yulduzlar.
24. Oqqina tovuq xirmon sochar.
Topishmoqning javobi
Qor.
25. Oyim ko‘rpa berdi, ko‘tarmadim,
Dadam pul berdi, sanamadim.
Topishmoqning javobi
Yer va yulduzlar.
26. Tom ustida bir anor,
Hadding bo‘lsa, ushlab ol.
Topishmoqning javobi
Oy.
27. Og‘a-ini ming botir,
Ko‘m-ko‘k gilamda yotir.
Topishmoqning javobi
Osmon, yulduzlar.
28. Yedirib, yedirib, o‘zi yer.
Topishmoqning javobi
Yer.
29. Bir oyoq katiq,
Olamga tatiq.
Topishmoqning javobi
Oy.
30. Ikki yo‘rg‘a yiroqda,
Biri kunda, biri tunda.
Topishmoqning javobi
Quyosh, oy.
31. Otlari har xil,
Yoshlari bir xil.
Topishmoqning javobi
Haftaning kunlari.
32. Qamish boshi qaltiroq,
Jilg‘a tubi jaltiroq.
Topishmoqning javobi
Shamol, suv.
33. Ko‘k kosani to‘ntardim.
Topishmoqning javobi
Osmon.
34. Yopilsa, ochilmaydi,
Ochilsa, yopilmaydi,
Nusxasi topilmaydi.
Topishmoqning javobi
Tun, kun.
35. Qora uyda ming chiroq,
Uyni yoritmas.
Topishmoqning javobi
Osmon, yulduzlar.
36. Miltiq otdim,
Zarafshon ketdi.
Topishmoqning javobi
Muz.
37. Ko‘zga ko‘rinmas,
Qo‘lga tutilmas.
Topishmoqning javobi
Havo.
38. Oqsoq jo‘ja yer qazir.
Topishmoqning javobi
Tomchi.
39. Olamda to‘rtta narsa yo‘q.
Topishmoqning javobi
Osmonning ustuni, hovuzning qopqog‘i, ko‘rpaning yengi, oshpichoqning qini.
40. Oppoq qushim qaqillar,
Qanotlari shaqillar.
Topishmoqning javobi
Sharshara.
41. Bir palakda o‘n ikki xamak.
Topishmoqning javobi
Yil, o‘n ikki oy.
42. Uchib kelar g‘oz kabi,
O‘rin olar muz kabi.
G‘ijirlar saxtiyon kabi,
Achchiq bo‘lar, tuz kabi.
Topishmoqning javobi
Qor, ayoz.
43. Otasi egri-bugri,
Onasi silliq juvon,
O‘g‘li qo‘shiqchi,
Qizi o‘yinchi.
Topishmoqning javobi
Ariq, suv, baqa, baliq.
44. Bundan otgan qilichim,
Zangar borib ochildi.
Topishmoqning javobi
Tong yorishi.
45. Kecha tomda bir patir ko‘rdim,
Erta qarasam — yo‘q.
Topishmoqning javobi
Oy.
46. Esonboy akamning kissasin,
El yig‘ilib tikolmas.
Topishmoqning javobi
Yer yorig‘i.
47. Yorug‘i bor,
O‘zi yo‘q,
Dovrug‘i bor,
Ovozi bor.
Topishmoqning javobi
Yashin, momaqaldiroq.
48. Bir kosa sut,
Olamga dud.
Topishmoqning javobi
Tuman.
49. Ko‘k ko‘ylakka g‘o‘za yoydim.
Topishmoqning javobi
Osmop, yulduzlar.
50. Tagi tog‘ora,
Usti nog‘ora.
Yuz ming chechak,
Bir guli lola.
Topishmoqning javobi
Yer, osmon, yulduzlar, oy.
51. Bor-bor otim, bor otim,
Borganingcha bor otim,
Ajriq ko‘rsang tishlama,
Ayg‘ir ko‘rsang kishnama.
Topishmoqning javobi
Suv, ariq.
52. Igna uchi yaltiroq.
Topishmoqning javobi
Shudring.
53. Bir palak, bir palakda,
O‘n ikki handalak,
Bu handalakning o‘n birini yeb,
Bittasini yeya olmadik.
Topishmoqning javobi
Yil, o‘n ikki oy, bir oy ro‘za.
54. Keragida korson quyruq,
Kesa bersa ado bo‘lmaydi.
Topishmoqning javobi
Oy.
55. Ko‘pirim ding-ding etadi,
Ostidan beklar o‘tadi.
Topishmoqning javobi
Suv, oqim.
56. Ikki yo‘rg‘a kecha-kunduz yuradi, changi yo‘q.
Topishmoqning javobi
Quyosh, oy.
57. Qilich urdim,
O‘rni yo‘q.
Topishmoqning javobi
Suv.
58. Suvda yotar — suv ichmas,
Yurganini odam bilmas.
Topishmoqning javobi
Quyosh.
59. Qora tuyam qochyapti,
Qumalog‘in sochyapti.
Topishmoqning javobi
Bulut, do‘l.
60. Mildir-mildir munchoq,
Erta tursam biri yo‘q.
Topishmoqning javobi
Osmon, yulduzlar.
61. Otasi egri,
Bolasi chopqir yo‘rg‘a.
Topishmoqning javobi
Ariq, daryo.
62. Oyog‘i yo‘q, qochadi,
Qanoti yo‘q, uchadi.
Topishmoqning javobi
Bulut.
63. Oq tovuq,
Katagi sovuq.
Topishmoqning javobi
Qor.
64. Hakkam cho‘loq yer teshar.
Topishmoqning javobi
Tomchi.
65. Novcha yigit tom teshar.
Topishmoqning javobi
Yomg‘ir.
66. Bir qushim bor hangi,
Bog‘dan chiqadi changi.
Topishmoqning javobi
Yashin.
67. Meni so‘raydilar,
Ko‘rinsam qochadilar.
Topishmoqning javobi
Yomg‘ir.
68. Bir lochin o‘n ikki tuxum tug‘di.
Topishmoqning javobi
Yil, o‘n ikki oy.
69. To‘qqiz jondorni uch jondor yegan.
Topishmoqning javobi
To‘qqiz oy ishlaysiz, uch oy yeysiz — qish.
70. Qishda yaxlamaydi,
Yozda yaxlaydi.
Topishmoqning javobi
Sho‘r yer.
71. U yog‘i alan, bu yog‘i alan,
O‘rtasi ola to‘polon.
Topishmoqning javobi
Chang.
72. Oq sigir turib ketdi,
Qora sigir yotib qoldi.
Topishmoqning javobi
Qor, yer.
73. Chiq-chiq etdi,
Uydan chiq, dedi.
Topishmoqning javobi
Chakka o‘tishi.
74. Qo‘lsiz, oyoqsiz gul soladi.
Topishmoqning javobi
Sovuq, deraza qirovi.
75. Qora biyam qalt etdi,
Qovurg‘asi yalt etdi.
Topishmoqning javobi
Bulut, yashin.
76. O‘yib oldim,
Izi yo‘q.
Topishmoqning javobi
Suv.
77. Chopsa, changi yo‘q.
Yo‘nsa, qoni yo‘q.
Topishmoqning javobi
Soya.
78. Bultur ketgan bo‘z otim,
Bu yil kelarmikan-da,
Oyog‘ida qirq kishan,
Kishnab kelarmikan-da,
Ajriq, qamish ko‘rganda,
Tishlab kelarmikan-da.
Topishmoqning javobi
Qor, yomg‘irning sovuq shamol bilan kelishi.
79. Bir parcha patir,
Olamga tatir.
Topishmoqning javobi
Oy.
80. Og‘ir gilamni qoqolmadim,
Mayda toshni terolmadim.
Topishmoqning javobi
Yer va yulduzlar.
81. Cho‘loq otasiga go‘r qazir.
Topishmoqning javobi
Tomchi.
82. Ariqdan oyna oldim.
Topishmoqning javobi
Muz.
83. So‘ramay-netmay eshik ochar.
Topishmoqning javobi
Shamol.
84. Ko‘k ko‘ylakka qo‘l yetmas.
Topishmoqning javobi
Osmon.
85. Ko‘msa, ko‘milmaydi.
Topishmoqning javobi
Soya.
86. Uzun terak,
Soyasi yo‘q.
Topishmoqning javobi
Suv.
87. Chinni, chinni, chinni qiz,
Chin tepaga chiqdi qiz.
Bolalarin iyartib,
Tomoshaga chiqdi qiz.
Topishmoqning javobi
Oy va yulduzlar.
88. Oltin kelganda, kumush ketar,
Kumush kelganda, oltin ketar.
Topishmoqning javobi
Quyosh, Oy.
89. Qozonda emas, qaynaydi,
Qishin-yozin tinmaydi.
Topishmoqning javobi
Buloq.
90. Ketar, ketar izi yo‘q,
Tayanmoqqa tizi yo‘q.
Topishmoqning javobi
Suv.
91. Ship etdi,
Shivirg‘on ketdi.
Topishmoqning javobi
Yashin.
92. Gilam ustida oq bodroq.
Topishmoqning javobi
Do‘l.
93. Bostirdim ikki tovuq,
Biri issiq, biri sovuq,
Topishmoqning javobi
Qish, yoz.
94. Qoqron yerda qo‘zi o‘ynaydi,
Toqron yerda tozi o‘ynaydi.
Topishmoqning javobi
Do‘l.
95. Saman otim soy yoqalab keladi.
Topishmoqning javobi
Sel.
96. Bir yaproqda o‘ttiz kelin soch taraydi.
Topishmoqning javobi
Oy, o‘ttiz kun.
97. Bir bo‘ri to‘qqiz qulonni yeb turur,
Terisin oftobga yoymay kiyib turur.
Topishmoqning javobi
Qish, yoz.
98. U yoqqa o‘tdim, bildingmi?
Bu yoqqa o‘tdim, bildingmi?
Oq quvrayning boshini,
Chertib o‘tdim, bildingmi?
Topishmoqning javobi
Shamol.
99. Zar gilam, zar-zar gilam,
Ko‘taray desam, og‘ir gilam.
Topishmoqning javobi
Yer.
100. Oyog‘i yo‘q, qo‘li yo‘q,
Yo‘lda turib yo‘l boshlar.
Topishmoqning javobi
Shamol.
101. Qo‘lsiz, oyoqsiz eshik ochar.
Topishmoqning javobi
Shamol.
102. Uzun-uzun iz ketdi,
Uzun bo‘yli qiz ketdi.
Toqqa borib taq etdi,
Sirg‘alari yarq etdi.
Topishmoqning javobi
Yashin.
103. O‘tmas pichoq yer kavlar.
Topishmoqning javobi
Tomchi.
104. Bir palosim bor,
Hech yig‘olmayman.
Topishmoqning javobi
Yer.
