Polibiy (Polybios)

DO`STLARGA ULASHING:

Polibiy (Polybios) ( Miloddan avvalgi taxminan 201— Megalopol , Arkadiya — miloddan avvalgi taxminan 120) — yunon tarixchisi.

40 kitobdan iborat «Umumiy tarix» asari bilan mashhur. Asar Yunoniston, Makedoniya, Karfagen, Misr, Suriya va Rimning miloddan avvalgi 220—146 yillar ora-sidagi ijtimoiy-siyosiy tarixini oʻz ichiga oladi. Bizgacha uning 1— 5 kitoblarigina yetib kelgan. Asar daliliy maʼlumotlarga boyligi, voqealarning nisbatan xolisona yoritilishi bilan alohida ahamiyatga ega. Mazkur asarda Oke (Amudaryo) va Yaksart (Sirdaryo) haqida, Antiox I ning Baqtriya podshosi Yevtidemga qarshi harbiy yurishi haqida muhim maʼlumotlar bor .

Оставьте комментарий