Poliomiyelit qanday kasallik?

DO`STLARGA ULASHING:

Kun mavzusi

JSST Tojikistonda o‘tkir yuqumli poliomiyelit kasalligi tarqalayotgani va favqulodda holat joriy qilingani haqida bayonot bergan edi. 18 mart holatiga ko‘ra, u yerda asab sistemasini falaj qiladigan xastalikni yuzaga keltiruvchi polivirus (sPVVP2) bilan 4 nafar bola zararlangani aniqlangan.

— Xo‘sh, poliomiyelit qanday kasallik?

— Poliomiyelit — o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, asosan orqa miyaning kulrang moddasini falaj qiladi. Natijada bemor umrining oxirigacha majruh bo‘lib qolishi, hattoki, o‘lim holati ham kuzatilishi mumkin. Kasallik oqar suv, oziq-ovqat mahsulotlari, ifloslangan qo‘llar orqali yuqadi.

Shuningdek, kasal odam bilan muloqotda bo‘lganda ham yukadi, ya’ni havo-tomchi yo‘li orqali (aksirganda, yo‘talganda). Qo‘shimcha ravishda ifloslangan sabzavot, meva, qaynatilmagan suv va sutni iste’mol qilganda yuqishi mumkin.

Poliomiyelit kasalligiga sabab bo‘luvchi polivirus ichak infeksiyalaridan biri hisoblanadi. Undan ko‘proq bolalar zararlanadi. Ammo kattalarga ham yuqadi.

— Xastalikning yashirin davri va ilk belgilari qanday?

— Poliomiyelit kasalligining yashirin davri virus yuqtirilgan kundan to 21 kungacha cho‘zilishi mumkin.Keyin esa bemorning harorati 38-39° gacha ko‘tariladi, mushaklarda og‘riq paydo bo‘lishi va ich ketishi kuzatiladi.

Bu belgilar 4-5 kundan keyin o‘tib ketib, bir haftadan so‘ng harorat yana ko‘tarilib va turli mushaklar, ayniqsa, oyoq va qo‘llar falaji avj olishi mumkin.Bu kasallik bemorda og‘ir asoratlar qoldiradi va uning o‘limiga ham sabab bo‘lishi mumkin.

— Poliomiyelit kasalligi bilan og‘rimaslik uchun nima qilish kerak?

— Avvalo, buning uchun sog‘lom turmush tarziga amal qiling. Vaqtida kasallikka qarshi emlanish eng yaxshi profilaktikadir.

Bundan tashqari, suvni qaynatib iching. Qo‘llar va oziq-ovqat mahsulotlarining tozaliligiga ham alohida e’tibor qarating.

✍️ @doctor_Muminov

Оставьте комментарий