Poyabzalni qanday saqlash kerak?

DO`STLARGA ULASHING:

Qish fasli poyabzalning sifatini bilish uchun juda qulay vaqt. Chunki yogʼin-sochinli kunlarga har qanday turdagi poyabzal ham bardosh berolmaydi. Аlbatta, oyoq kiyimi uzoq vaqt xizmat qilishida sifatidan tashqari, unga koʼrsatayotgan eʼtiboringiz ham muhim.
Tabiiy charm. Uni har kuni quruq mato bilan arting. Аgar juda iflos (loy) boʼlsa, suv bilan yuvish kerak. Undan soʼng poyabzal toʼliq qurigach, yuziga krem surtasiz. Krem yaxshi singishi va poyabzalda yoriqlar paydo boʼlmasligi uchun tozalash ishlarini bir kun avval bajargan maʼqul. Qishki mavsum uchun tarkibida mum boʼlgan krem harid qiling. U charmni yumshatib, oson singiydi va suvni oʼtkazmaydi. Haftada bir marta poyabzalingizga maxsus suv oʼtkazmaydigan sprey bilan ishlov bering.
Laklangan. Bunday poyabzalni har kuni nam mato bilan arting. Аgar loy yopishgan boʼlsa, uni spirt bilan tozalash kerak: u loyni yemirmaydi. Haftada bir marta tarkibida mum boʼlgan krem bilan siylang. Krem tarkibida lanolin yoki glitserin boʼlishi lozim. Ular laklangan yuzani yorilishlardan asrovchi yupqa qatlam hosil qilib, poyabzalni yaltiratadi.
Sunʼiy charm. Bunday hildagi oyoq kiyimini har kuni nam mato bilan arting. Аgar yogʼin-sochinli kun boʼlsa, kremlang. Lekin charm poyabzallar uchun moʼljallangan kremdan foydalanish mumkin emas. Negaki tarkibidagi mum poyabzallarga singish oʼrniga yupqa qatlam hosil qilib, loyni oʼziga tortadi.
Mayin charm (zamsh). Qora va jigarrang poyabzallarni nam latta bilan artish, boshqa ranglilarini esa kimyoviy tozalashga berish tavsiya etiladi. Bunday poyabzallarni maxsus choʼtka bilan tozalash kerak. Haftada bir marta maxsus suv oʼtkazmaydigan sprey bilan ishlov bering. Аgar har kuni yomgʼir yogʼadiga boʼlsa, bu ishni haftada bir necha marta takrorlash lozim.
poyabzallarning dushmanlari:
Bolalar kremi. Koʼpchilik bolalar kremi poyabzal uchun eng yaxshi himoya deb oʼylaydi. Аslida bunday emas: u poyabzalni yupqa moyli qatlam bilan qoplab olib, chang va loyni oʼziga tortadi. Bundan tashqari, bolalar kremidan foydalanilganda charm juda yogʼli boʼlib ketadi.
Isitish batareyasi. poyabzalni aslo isitish batareyasi usti yoki yonida quritib boʼlmaydi: charm tortilib, poyabzal kichrayib qolishi mumkin. poyabzalni quritish uchun uning ichiga gazeta tiqing, soʼngra batareyadan 30 sm uzoqlikka qoʼying.
Maxsus choʼtka (gubka). Doimiy ravishta gubkadan foydalanish mumkin emas. Uning tarkibidagi silikon poyabzal tez yemirilishiga olib keladi.

Оставьте комментарий