Pul jamgʻarishning ajoyib usuli

DO`STLARGA ULASHING:

Pul jamgʻarishning ajoyib usuli 💰

Pul jamgʻatishning turli-tuman usullari bor. Bugun ulardan biri haqida gapirib beramiz.

Shunday xarajatlarimiz bor, ular unchalik muhim emas, ammo oy va yil davomida umumiy hisoblasak – byudjetimizga anchagina ziyon keltirganini koʻrishimiz mumkin. Masalan, tashqarida qahva ichish, koʻp kiyim sotib olish, haddan ziyod shirinlik iste’mol qilish va hokazo. Har kimda bunday odatlar topiladi. Ularni kamaytirish va birvarakay pul jamgʻarishning bir yoʻli bor:

❗️Deylik, har safar shirinlik sotib olayotganingizda, uning narxiga teng miqdordagi summani jamgʻarib qoʻyasiz. Jamgʻarishga alohida pul ajratayotganingiz “jazo” boʻlsa-da, bu siz uchun yoqimli natijaga ega. Istasangiz, shirinlik narzidan koʻproq pulni jamgʻarmangizga tashlab qoʻyishingiz mumkin.

‼️ Bu usulning biroz boshqacha varianti: shirinlik sotib olishga endi taraddudlanayotganingizda, uning pulini jamgʻarmangizga joʻnatish. Shunda oʻzingizdan soʻrab koʻring: haliyam shirinlik yemoqchimisiz? Chunki pul jamgʻarishning oʻzi kayfiyatingizni koʻtaradi va shirinlik sotib olish ehtiyojingiz susayishi mumkin.

Bir necha oyda yirik miqdordagi summa shakllanishi – yoqimli sovgʻaga aylanishi tayin. Ammo uni keraksiz xarajatlarga ishlatib qoʻymang! 😉

📝 Manba: Xabardor.uz

Оставьте комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован.

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek