Qanday qilib inson o’zini o’zi chiniqtirishi mumkin?

DO`STLARGA ULASHING:

Qanday qilib inson o’zini o’zi chiniqtirishi mumkin?

— Har bir odamda stressli vaziyatlar bo‘lib turadi, lekin hamma ham unga qarshi kurasha olmaydi. Masalan, boshlig‘ingiz ish kunining oxirigacha bajarish sharti bilan sizga qiyin vazifa topshirdi, siz esa buning iloji yo‘qligini aniq bilasiz. Sarosimaga tushishga shoshilmang va darrov bu ishni rad qilmang.

— Ikki daqiqalik tanaffus oling va tasavvur qilishga harakat qiling: agar imkoni bo‘lganda, bu muammoni qanday hal qilgan bo‘lar edim? Inson miyasi qidiruvchiga o‘xshab ketadi — ta’riflash qancha aniqroq bo‘lsa, u yechimini shuncha yaxshiroq izlaydi. Odatda ikki daqiqa asab tizimini tinchlantirish va muammoni haqiqiy holatda ko‘rish uchun yetarli bo‘ladi.

Оставьте комментарий