Qizil loviya va lavlagili salat

DO`STLARGA ULASHING:

Barchaga ma’lumkiy loviya shifobaxshligi, turli kaloriyalarga boyligi bilan go‘shtga tenglashtiriladi. U insonni to‘q saqlaydi, o‘smalar chiqishining oldini oladi, tanadagi zaharli moddalarni haydaydi. Lavlagi esa umumiy quvvat tiklovchi, me’da-ichak tizimi faoliyatiga ijobiy ta’sir etuvchi, hamda moddalar almashinuvini yaxshilab, kamquvvat kishilar salomatligini tiklovchi sabzavot hisoblanadi. S darmondorisi mis, fosfor kabi moddalarga ham boy. Shu sabab ulardan tayyorlangan salat inson organizmini vitaminlar bilan boyitish bilan birga unga kuch-quvvat bag‘ishlaydi. Uni quydagicha tayyorlashingiz mumkin.
Zarur masalliqlar: 1 piyola qayntilgan qizil loviya, 2 dona qaynatilgan o‘rtacha kattalikdagi qizil lavlagi, 1 dona o‘rtacha kattalikdagi piyoz kerak bo‘ladi.
Tayyorlanishi: Idishga qaynatilgan qizil loviya, qirg‘ichdan chiqarilgan lavlagi va qovurilgan piyoz ozgina salat yog‘i qo‘shib aralashtiriladi. So‘ngra tabga ko‘ra tuz qo‘shib dasturxonga tortishingiz mumkin.
Charos Xushvaqtova tayyorladi.
soglom.uz/tavsiya/qizil-loviya-va-lavlagili-salat/

Оставьте комментарий