Qoʼl terisi parvarishining 7 qoidasi

DO`STLARGA ULASHING:

Kuz faslining oʼzgaruvchan ob-havosi, shamoliyu yomgʼiri kayfiyatimizga taʼsir qilish bilan birga qoʼlimiz terisini ham “ajoyib sovgʼalari” bilan “siylamay” qoʼymaydi. Ushbu mavsumda quruqlik, dagʼallik va yoriqlar qoʼl terisiga xavf solmasligi uchun ularni toʼgʼri va muntazam parvarishlash lozim.
Oʼzingiz uchun vaqt toping! Yozda turli meva sabzavotlarni isteʼmol qilib, oftob nurida toblanganman, organizm uchun kerakli miqdorda vitaminlar toʼpladim, degan xayol sizni chalgʼitmasin. Xuddi qish va bahor singari kuzda ham qoʼl terisi parvarishga muxtoj boʼladi. Kichik idishga solingan suvga qoʼllaringizni tiqib oʼtirsangiz, anchayin foydalidir. Buning uchun 1 osh qoshiq moychechak 1 litr qaynagan suvda damlanadi. Mazkur damlama qoʼl terisini yumshatib, yalligʼlanishlarni davolaydi.
Piling! Piling odatda, 2 bosqichdan iborat boʼladi: Qoʼldagi qadoqlarni yumshatib, tushirish va terining yangilash jarayonini tezlashtiradi. Pilingdan keying muolajalarga tayyorlanish. Pilingdan soʼng qoʼllangan oziqlantiruvchi va parvarishlovchi niqoblar yaxshi foyda beradi. Pilingni maxsus hamda uy sharoitida tayyorlangan skrablar yordamida bajarish mumkin. Qoʼl terisining pilingi uchun yeng yaxshi vositalar bu tuz va shakar xisoblanadi. Masalan, shakarni asal bilan aralashtirib, oʼzingizga yoqqan biroz efir moyidan qoʼshishning oʼzi kifoya. Skrab tayyor! Qoʼl terisi uchun maxsus skrablarni tanlayotganda eʼtiborli boʼling. Skrab tarkibidagi terini tozalaydigan zarralar juda xam mayda boʼlishi lozim, shunda teri kamroq shikastlanadi.
Vaqti tigʼiz ayollar nima qilsin? Eng oson yoʼli bu – xaftasiga bir marta uyquga yotishdan avval oziqlantiruvchi yoki parvarishlovchi kremni qoʼlingizga qalin qilib surib, paxtali matodan qoʼlqop kiyishdir.
Himoyalaymiz! Oziqlantiruvchi kremdan yupqa qilib qoʼllarga surish tashqi muxit taʼsiridan terini himoyalaydi. Аgar salqin havoda uzoq yurishingiz yehtimoli boʼlsa, qoʼllaringizga albatta qoʼlqop kiying. Unutmang, qoʼlqop – qorboʼron oʼynash uchun yemas, balki qoʼllarni sovuqdan ximoyalash uchun juda zarur.
Qoʼllar nega muzlaydi? Qoʼllarning muzlashi jiddiy muammo boʼlmagani bilan oppoq kaft va koʼk tusga kirgan tirnoqlar hammaga ham yoqavermaydi. Mayda qon tomirlari – kapilliyarlarning qon aylanishi buzilsa, qoʼllar oʼz-oʼzidan muzlaydi. Bundan tashqari, asabiylik, infektsion kasalliklar oqibati, ruhiy holatning oʼzgarishi, gemoglabin pastligi va ayollarning jinsiy aʼzolaridagi kasalliklarda ham bu holat kuzatilishi mumkin. Qoʼllarning surunkali muzlashida shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.
Parvarishlaymiz! Parvarishlovchi vositalarni sotib olishingiz va uyda oʼzingiz ham tayyorlashingiz mumkin. Masalan, 1 ta tuxum sarigʼiga 1 osh qoshiq limon sharbati, asal hamda zaytun yogʼi qoʼshiladi. Bu niqob qoʼl terisini oziqlantirish va oqartirish xususiyatiga ega. Tayyor niqobni qoʼl terisiga 15 daqiqaga surtib, iliq suvda yuvish tavsiya etiladi.
Teri koʼchishi! Аvvalo, vitaminlar yetishmasligi, organizmda gormonal muvozanat buzilishi hamda tashqi muhitning salbiy taʼsirlariga qarshi kurashish lozim. Birinchi va ikkinchi sabablarni shifokor davolasa, uchunchi omilni oʼzingiz ham yenga olasiz. Qoʼl terisini quritishga moyil atir sovunlar, kir yuvish kukunlari hamda idish yuvishga moʼljallangan gellarning sifatlisini harid qiling. Maishiy tozalash vositalari tarkibidagi ishqorli moddalar teri uchun xavfli. Mutaxassislar bejiz kir yoki idishlarni yuvishda rezina qoʼlqoplardan foydalaning, deyishmaydi. Bu tavsiya siz uchun erish tuyulsa-da, unga amal qilganingiz maʼqul. Qoʼllarni yuvgandan soʼng, albatta, quruq qilib artishga odatlaning.

Оставьте комментарий

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek