DO`STLARGA ULASHING:
Qomusimiz – baxtimiz
1 – boshlovchi:
— Jahonda eng baxtlilarning biriman.
Men elimning qomusini kuylayman
Go’zal yurtim, iftixorim — Vatanim.
Baxt iqbolin, saodatin kuylayman!
Hur elimning dovrug’i bor tillarda,
O’zbekiston madhiyasi dillarda.
Ozod bayroq hilpiraydi qo’llarda,
Doston bo’lgan baxtimizni kuylayman
2 – boshlovchi:
-Assalomu alaykum, azizlar, qalbi otash, mehri quyoshlar. Mana bugun qomusimizning 15 yillik bayrami munosabati bilan Baxtnomamizni kuylash sharafiga ega bo’lib turibmiz. Bayramga bag’ishlangan tadbirni, marhamat, tomosha qiling.
(Sahnaga bir guruh bolalar chiqishadi va bir qatorga tizilishadi. Qo’llaridagi harflar yordamida “Baxt”, “Qomusimiz” so’zlarini hosil qiladilar. Ular she’r o’qiydilar. Harflar tilga kiradi.)
Baxtiyorman hur elimning
Adolatli shioridan,
Xalqim dildan ulug’lagan,
Tafakkuri, qaroridan.
Qoyil qolsin ro’yi zamin,
Odillikdan, adolatdan.
Mana, ko’ring, havas qiling,
Unib o’sgan hidoyatdan.
Saodatli elga baxt yor,
Iymonu e’tiqodim bor.
Munisgina onam kabi,
Istiqlolim baxtimga yor.
Hamma: Zavol ko’rmas iqbolim bor!
1 – boshlovchi: — Havas qilsa arzigulik, baxtim bor,
Nurli yo’lga boshlaguvchi ahdim bor.
Fidodirman toki tanda qonim bor,
Men elimning Qomusini kuylayman!
(Ijrochilarning nomlari e’lon qilingan holda navbat Vatan haqidagi qo’shiq va milliy raqsga beriladi.)
1 – boshlovchi: -O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi o’z xalqining huquqlarini himoya qilib, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagiyuksak mas’uliyatni anglagan holda, Respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta’minlashga erishish, tinchlik va milliy totuvlikni ta’minlash maqsadida qabul qilingan. Biz uni g’urur bilan “Baxtimiz Qomusi”, deya ataymiz.
2 – boshlovchi: Konstitutsiyamiz 1992 yil 8 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 11 sessiyasida qabul qilingan.
-Qani bolalar, Konstitutsiyamiz haqida siz nimalarni bilasiz?
(O’quvchilar faxr bilan Qomusimiz haqida bilganlarini bayon etishadi)
1 – o’quvchi: — O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 6 bo’lim va 26 bobdan iboratdir.
2 – o’quvchi: — 2003 yil 24 apreldagi O’zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq Konstitutsiyaning XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga tuzatish va qo’shimchalar kiritilgan.
3 – o’quvchi: — Fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari Qomusimizning 2 – bo’lim, V , VI, VII, VIII, IX, X, XI boblarida bayon etilgan.
4 – o’quvchi: — Konstitutsiyaning 41 – moddasida “Har kim ilm olish huquqiga egadir. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir”, deb yozib qo’yilgan
5 – o’quvchi: 65 – moddada: “Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi”, deya belgilab qo’yilgan.
-
boshlovchi: Bolalar, men juda xursand bo’ldim. Sababi, aziz Qomusimiz haqida yetarli ma’lumotga egasiz. Bundan keyin ham o’qish, o’rganish sizning bosh maqsadingiz bo’lsin!
-
boshlovchi: — yana sahnaga bayram qatnashchilaridan bir guruhini taklif etamiz.