QOVOQ YOG‘INING FOYDALARI

DO`STLARGA ULASHING:

QOVOQ YOG‘INING FOYDALARI

QABZIYATDA

Nahorga 1-2 choy qoshiq qovoq yog‘i ichiladi. Bavosilda esa paxtani qovoq yog‘ida namlab, tapmon sifatida uyquga yotishdan oldin qo‘llash mumkin. har ikkisida ham muolaja davomiyligi 14 kun.

SISTIT

Xastalik xurujlari, jinsiy a’zolar yallig‘lanishi hamda siydik yo‘llaridagi infeksiyalarga qarshi kunora kuniga uch mahal 8-10 tomchidan qovoq yog‘i qabul qilinadi.

ATЕROSKLЕROZ HIMOYASI

Shuningdek, biror operatsiyadan keyingi darmondori o‘rnida har 2-3 kunda bir marta ertalab 1 choy qoshiq qovoq yog‘i iste’mol qilish foydadan xoli bo‘lmaydi.

MЕ’DA FAOLIYATI

Oshqozon yarasi, gastrit hamda 12 barmoqli ichak yaralari huruj qilganida ovqatdan bir soat oldin 1-2 choy qoshiq qovoq yog‘i ichish lozim.

QORIN DAM BO‘LISHI

Qorinda og‘irlik paydo bo‘lishi, jig‘ildon qaynashi tez-tez kuzatilayotgan bo‘lsa, kunora 1 choy qoshiq qovoq yog‘idan ichib turing.

TЕRI KUYGANIDA

Jarohatlangan teri yuzasiga qovoq yog‘i surtish yoki yoqqa botirilgan dokada kompress qilishfoyda beradi. Yog‘li bog‘lamni har 12 soatda almashtirib turish lozim. Agar teri yuzasiga surtilsa, har 8-10 soatda muolaja takrorlanadi.

TЕRIDAGI CHANDIQLAR

hasharot chaqishi, husnbuzar, teri toshmalari hamda yiringli yara o‘rnida qolgan chandiqlarni ketkazishda qovoq yog‘idan surtib qo‘ysangiz kifoya. Yog‘ surtayotganda teriga asta singdirib, aylanma harakatlar bilan uqalang.

OG‘IZ VA TOMOQ KASALLIKLARI

Yarim stakan qaynatib ilitilgan suvga 1 choy qoshiq qovoq yog‘ini aralashtiring. Aralashma bilan og‘iz va tomoq g‘arg‘ara qilinsa, yo‘tal, og‘riqlar, stomatit hamda milk yallig‘lanishlariga davo bo‘ladi. Muolaja davomiyligi 3-5 kun.

KOSMЕTOLOGIYADA

Yuz terisi quruqlashganida qovoq yog‘ini muammoli sohaga surtib, 30-40 daqiqaga qoldiring. So‘ng nam salfetka yordamida artib oling. Qovoq yog‘i terini namlantirib, quruqlashish alomatlarini bartaraf etadi.

SOCH TO‘KILISHIDA

Biroz namlangan soch ildiziga qovoq yog‘idan surtib, yengil uqalang. 15-20 daqiqadan keyin esa iliq suvda chayib olasiz. Muolaja bir haftada 2-3 marta takrorlanishi mumkin.

Оставьте комментарий