Rejalashtirilmagan homiladorlik

DO`STLARGA ULASHING:

Rejalashtirilmagan homiladorlik

Har bir bola ham rejalashtirilgan boʻlavermaydi va bu haqiqat, uni hamma ham tan olavermaydi. Va hozirgi paytda koʻpgina kontraseptivlar mavjudligiga qaramasdan koʻpchilik ayollarda rejalashtirilmagan homiladorlik sodir boʻladi. Homiladorlikning ijobiy testiga nisbatan ayolar va ularning hamrohlari namoyish qiladigan reaksiya juda ham individual. Homiladorlik tasdiqlangandan keyin shokdan oʻz holiga kelganda koʻpchilik hursand ekanligini tushunadi va bola bilan kelajak hayotga tezda reja tuzishni boshlaydi. Baʼzilar bunday ishtiyoqni namoyish qilmaydi va bola tugʻilishi haqidagi fikrga ham yoʻl qoʻymaydi.

Bu qanday sodir bo’ldi?

Homiladorlik dalilini qabul qilish oʻzi bilan emotsional nuqtai nazardan katta dilemmaning biri ekanligiga hech qanday shubha yoʻq. Ayol kishi yolgʻiz boʻlganida yoki unda barqaror munosabatlar boʻlmaganida u oʻzi bilan yana bir katta muammoni ifoda etadi. Oxir oqibatda aynan ayol kishiga tanlovining oqibatlari bilan yashashga toʻgʻri keladi. Shunday boʻlgan va shunday boʻlib qolsa kerak. Ota-onalarning majburiyatlari masalasida dunyo qanchalik oʻzgarganligidan qatʼi nazar aslida aynan ayol kishi, shak shubhasiz, qoʻlida bola bilan qoladi.

Rejalashtirilmagan homiladorlik toʻgʻrisidagi yangilikka emotsional javoblarning tarqalgan turlari:

  • Qoʻrquv va xavotir hissi
  • «Nimaga men ehtiyotkorliroq boʻlmadim?», «Bunday narsa qanday sodir boʻldi?» va «Men hammasi yaxshi boʻladi deb oʻylagandim» kabi fikrlar
  • Ajralganlik va yolgʻizlik hissi
  • Sarosima va aybdorlik hissi
  • Vahimalik hissi, nazoratni yoʻqligi va inqiroz kelishi hissi
  • Koʻngil qolishi va qaygʻu
  • Hayron qolish, baxt, shok va shavq- rejalashtirilmagan homiladorlik ham hursandchilik olib kelishi mumkin

Yordam uchun qaerga murojaat qilishim mumkin?

Aslida, sizning oilangiz va doʻstlaringiz ham emotsional jihatdan, ham amaliy jihatdan sizga koʻmak koʻrsatadi. Biroq, turli sabablarga koʻra baʼzida shunchaki buning iloji yoʻq. Diniy va maʼnaviy eʼtiqodlar ayrim odamlar sizga odil va oqilona yordam koʻrsatishga halaqit berishi mumkin. Mazkur vaziyatlarda homiladorlik toʻgʻrisidagi yangilikni ulashish baʼzida imkonsiz boʻlib qoladi.

Rejalashtirilmagan homiladorlik tasdiqlangandan keyin birinchi kunlari ayol kishi goh bir qarorga, goh ikkinchi qarorga kelishi deyarli meʼyoriy holat hisoblanadi. Stress holatida va inqiroz paytida qaror qabul qilish muhim qarorlarni kechqurun yoki oʻzingizni charchagan va toliqqandek his qilganingizda qabul qilish kabi yaxshi narsaga olib kelmaydi.

Bu qanchalik oddiy eshitilmasin, lekin har kuni shunchaki cheklanish va hotirjam boʻlib, vaziyatni nazorat qilish muhim. Koʻpchilik ayollar birlamchi shokdan bir necha kun mobaynida oʻziga keladi va ratsional qaror qabul qiladi.

Kundalik tutishni boshlab, unga oʻz hislaringizni yozishingiz mumkin. Koʻpincha, hislarimizni qogʻozga koʻchirib biz ularni yengish usullarini topamiz. Hamma plyus va minuslarini oʻlchab koʻrish mumkin, yanada tushunarliroq boʻlishi uchun jadval tuzish mumkin. Bularning hammasini bitta oʻtirishda qilish kerak deb oʻylamang. Tong tundan koʻra donoroq, vaqt hammasini oʻz joyiga koʻyib qoʻyadi va sizga aqlli qaror qilishga yordam beradi.

Homiladorlik paytida qoʻllab-quvvatlashning boshqa usullari:

  • Maslahat yoki jamoat tibbiyot markazida yoki shifoxonasida (davlat yoki xususiy) ishlaydigan terapevtga murojaat qilish.
  • Umumiy amaliyot shifokori.
  • Jamoat masjidida ishlaydigan ruhoniy, xizmatchi yoki maslahatchi. Biroq shuni unutmaslik kerakki, agar siz homiladorlikni toʻxtatishga qaror qilsangiz ularning diniy qarashlari sizga koʻmak koʻrsatishga toʻsqinlik qilishi mumkin.
  • Mahalliy klinikalar- tibbiyot hodimlari va hamshiralar koʻmak koʻrsatishga va homiladoor ayollar va qizlarga maslahat berishga oʻrgatilgan.

 

Rejadan tashqari homiladorlik bilan bog’liq ba’zi foydali savollar

  • Men homilador ekanligimga qanday qarayman- bunday imkoniyatni koʻzlaganmanmi?
  • Hamrohim oʻzini qanday his qilmoqda; men unga aytishim shartmi, unga qachon aytishim kerak va uning javobi qanday boʻladi?
  • Menda qanday variantlar bor? Bir necha yil oʻtib ham shu kabi vaziyatga shunday qaraymanmi?
  • Oʻqish/ish/uy borasidagi rejalarimga homiladorlik qanday taʼsir koʻrsatadi?
  • Mening orzu va maqsadlarim qanday? Ularga bolaning tugʻilishi qanday taʼsir qiladi?
  • Bu mening oilamda qanday aks etadi? Shu kabi barcha omillar turli yoshdagi ayollar uchun turli narsalarni ifoda etishi mumkin, masalan, agar siz hali oʻqiyotgan boʻlsangiz- bu sizning ota-onangizga, aka va singillaringizga taʼsir koʻrsatadi, agarda sizning boshqa bolalaringiz ham boʻlsa- unda ularga taʼsir koʻrsatadi. Sizning madaniy kelib chiqishingiz ham muhim rol oʻynaydi.

huggies.uz

Оставьте комментарий