Rossiyada ishlab chiqarilgan yangi elektr krossoveri Moskvich’ning narxi qancha ?

DO`STLARGA ULASHING:

⚡️ Rossiyada ishlab chiqarilgan yangi elektr krossoveri Moskvich’ning narxi qancha ?

Rossiyada ishlab chiqarilgan yangi elektr krossoveri «Moskvich» sotuvi joriy yilning 1-fevralidan boshlanadi. Mijozlar 3,5 million rublga ya’ni 50 ming dollarga mashina sotib olishlari mumkin. Hozirda mashinani bron qilish mumkin, ammo buning uchun siz 10 ming rubl miqdorida avans toʻlovini to’lashingiz kerak. Avtomobil 150 ot kuchiga ega 1,5 litrli turbo dvigatel bilan jihozlangan va u to’liq quvvat bilan 410 kilometr masofani bosib oʻtadi. (https://www.google.com/amp/s/www.autonews.ru/amp/news/63cfdc489a7947ee54806aac)

Mashina LED optikasi, tom relslari, burilish signalini takrorlovchi yon oynalar, qoraytirilgan oynalar, 18 dyuymli gʻildiraklar va orqa toʻxtash datchiklari bilan jihozlangan. «Moskvich»ning ichki qismida isitiladigan oldingi o’rindiqlar va 10,25 dyuymli sensorli ekran mavjud. Yangi krossover favqulodda tormozlash uskunasi bilan jihozlangan. Joriy yilda 10 mingga yaqin ana shunday mashina ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Оставьте комментарий