Sabzavotli parhez sho‘rva

DO`STLARGA ULASHING:

Kerakli mahsulotlar: 2 dona pomidor, 1 dona bulg‘ori qalampir, 50 g makkajo‘xori, 5 g zanjabil, 1 dona piyoz, 1 dona sabzi, 100 ml pomidor qayla, 1 g tuz, 1 g garmdori, 50 g sariyog‘, 50 g zaytun yog‘i.

Tayyorlanishi:

  1. Sabzi yarim doira shaklida, piyoz maydalab kesiladi, zanjabil archiladi.
  2. Qalampir tozalanib, to‘g‘raladi.
  3. Sariyog‘ qozonda eritiladi va piyoz, sabzi, qalampirni solib, qovuriladi.
  4. To‘g‘ralgan pomidor va makkajo‘xori qo‘shiladi, ozgina qovuriladi.
  5. Pomidor qaylasi, zanjabil, zaytun yog‘i, garmdori va tuz solinadi, suv quyib qaynatiladi. Tayyor bo‘lgan sho‘rvani issiq yok sovutilgan holda suzish mumkin.

Ozodaxon Ahmadqulova tayyorladi.

soglom.uz/tavsiya/sabzavotli-parhez-shorva/

Оставьте комментарий