DO`STLARGA ULASHING:
Bolalar uchun taom qanday tayyorlanadi?
Har bir ona o’z farzandi uchun taomni qanday to’g’ri tayyorlash, uni qanday to’g’ri saqlash va isitishni juda yaxshi bilishi kerak. Bolaning kelajakdagi hayoti ham uning qanday ovqatlanishiga bog’liq. Bolalikdagi to’g’ri va sog’lom tanovul butun umr sog’lom hayot asosini ta’minlaydi. Shu bilan birga, bola nimani tanovul qilayotgani emas, balki taom qanday tayyorlangani ham juda muhim. Bolalar taomini tayyorlashda, saqlashda va isitishda o’ziga xos bir nechta talablar mavjud. Bolalar uchun taom tayyorlashdagi eng qat’iy talablar 3 yoshgacha.
Eng avvalo gigiena!
Kichkintoy uchun taom tayyorlanadigan xona va taom tayyorlayotgan odam qo’llari tozaligi — taom tayyorlashning majburiy shartlaridan biridir. Bundan tashqari, bolaga tegishli alohida kastryulka, qoshiq, likopcha va kosacha bo’lishi kerak. G’oyatda kichkintoy bolajonlarni ovqatlantirishdan avval esa idishlarni qaynoq suv bilan chayib yuborish lozim. Bularning barchasi bola taomiga zararli mikroblar tushishining oldini oladi.

Ehtiyot bo’ling- «kattalar» taomi!
3 yoshgacha bo’lgan bolalarning ovqatlanish ratsioni kattalarnikidan ancha farq qiladi. Ammo 3 yoshdan so’ng ham ba’zi «kattalar» mahsulotlaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanish zarur. Bolalarga achchiq, o’tkir ta’mli, qovurilgan, yog’li taomlarni, shuningdek dudlangan, tarkibida ko’p miqdorda qo’shimchalar va sintetik yog’lari bo’lgan mahsulotlarni cheklash darkor. Ayniqsa, sutli mahsulotlarni tanlashda judayam ehtiyotkor bo’lish lozim. Eng jajji bolajonlar uchun mahsus aseptik jildli «Tetra Pak» sutlarini tanlash kerak.
Bolalar taomini tayyorlash usullari.
Kichkintoy odamchaning oshqozon-ichak trakti «og’ir» taomlarni hazm qilishga hali tayyor emas. Shu sababli kattalar uchun taom tayyorlaydigan ko’pgina usullar bolalarga to’g’ri kelmaydi.
Bolalarga taom tayyorlash usullari:
-
Qaynatma
-
Dimlama
-
Toblama
-
Taomni bug’da tayyorlash
Bolalarga taom tayyorlashning eng to’g’ri va «vitamin saqlovchi» usuli — bu bug’da tayyorlash usulidir. Mazkur usuldan foydalanib, sabzavot kotlet, tefteli, baliq, quymoq va toblamalarni tayyorlash mumkin. Buning uchun suv solingan kostryulkaga qo’yilgan qasqon yoki oddiy suzgichdan foydalanish mumkin.
Qovurilgan taomlarni bolalar taomnomasiga asta-sekinlik bilan kiritgan ma’qul. Mahsulot qovurilganda undagi ko’pgina foydali moddalar parchalanadi va organizmga salbiy ta’sir ko’rsatib, uni kasallikka olib keluvchi zararli birikmalar paydo bo’ladi. Pediatorning ta’kidlashicha, 7 yoshgacha bo’lgan bolalarga qovurilgan taomlar cheklangani ma’qul.
Bolalar uchun mahsulotlarni qanday saqlash mumkin?
Bolalarni yangi tayorlangan taomlar bilan ovqatlantirgan maqul. Ammo bazida doim yangi taom tayorlashga imkoniyat bo’lmaydi va shu sababli bir necha portsiyani birdaniga tayorlashga to’g’ri keladi. Bolalar mahsulotlarini sovutgichda saqlash kerak.
2-6 gradusda quyidagi mahsulotlarni saqlash mumkin:
-
Go’shtli taomlar 1 kungacha saqlanadi
-
Sabzavotli taomlar 2 kungacha saqlanadi
-
Bo’tqalar ham 2 kungacha
-
Jildi ochilgan sut va sharbatlar kum davomida istemol qilinishi kerak.
Уведомление: his response
Уведомление: ecstasy gold capsules
Уведомление: buy dried psilocybin mushrooms online
Уведомление: best passive income
Уведомление: Dark Net Marktplätze
Уведомление: spanking chat rooms
Уведомление: Site internet pour plus d'informations
Уведомление: Potenzmittel kaufen
Уведомление: Ammunition for sale online
Уведомление: Jili slot
Уведомление: Where to buy DMT Perth