SanJay — Karvon

DO`STLARGA ULASHING:

SanJay — Karvon 

Karvon ko`rdim, tuyalari bo`zlab kelar,
Nor tuyada mening yorim rosa yig`lab kelar.
Menga bergan va’dalari esdan chiqib,
Ostonasi tillo yurtin ko`zlab kelar. (x2)

Karvon, yana kelar o`sha karvon,
Karvon, yana kelar o`sha karvon. (x2)
Tarim-dadim-dey, o, tarim-dadim-dey, o,
O`sha karvon, o`sha karvon.

Karvon yo`li ketganicha qizg`aldoqzor,
Yig`lamagin, yig`lagandan dunyo bezor.
O`ynab-o`ynab, kulib-kulib ketavergin,
G`amga o`zim xaridorman, o`zim bozor. (x2)

Karvon, yana kelar o`sha karvon,
Karvon, yana kelar o`sha karvon. (x2)

Peshonangga yozganidan ayrilma, yor,
Jonim chiqar, qo`shiq aytsam,
Sen qayrilma, yor, sen qayrilma, yor. (x2)

Karvon, yana kelar o`sha karvon,
Karvon, yana kelar o`sha karvon. (x2)
Kelar, kelar, kelar,
Kelar, kelar, kelar,
O`sha karvon, o`sha karvon. (x3)

O`sha karvon…

Оставьте комментарий