DO`STLARGA ULASHING:
Assalum alaykum! Sayt uchun domen va hosting olishdan oldin qanday sayt ochish masalasini hal qilib olish lozim. Bugun biz siz bilan o’z saytingizni ochishingizda birinchi qadamni qo’yamiz. Yani, yangi ochiladigan saytingiz qanday bo’lishini aniqlashtirib olamiz. ;). Balki, aynan shu maqola sizni internetdagi o’rningizni batamom o’zgartirib yuborar. Nafaqat internetdagi balki, real hayotdagi o’rningizni ham o’zgartirib yuborar! Deylik, hozir bu maqolani kelajagi buyuk veb-dasturchi o’qiyotgandir. Demak, ishga jiddiy yondoshga holda davom etamiz.
Nega turli narsalar yoziladigan sayt yaratishni hojati yo’q?
Men o’zimning birinchi saytimni yaratganimda bu borada yetarli tushunchaga ega bo’lmaganman va sayt yo’nalishini tanlashda juda qiynalganman va hayolimga hammasini bir barakayiga qilish kelgan. Shunda men aynan shu yo’nalishni tanlaganman va bu borada ish boshlaganman doim internetda bo’lar edim va doim yangi qiziq narsa qidirib topib saytimga qo’shib borar edim. Lekin, vaqt barchasini birdan yurgizish uchun menda vaqt yetmasligini, sayt bilan bo’lib real hayotdan uzilib qolayotganimni tushunib yetdim va bu saytni bir tanishimga sotib yuborib o’zim uchun oddiy shu blogimni ochdim. Hozir vaqt bo’lgan shu blogga yangi maqolalar yozib turaman. Agar siz turli narsalarga yo’naltirilgan universal sayt ochmoqchi bo’lsangiz quyidagilarni hisobga olishingizni so’rayman:
-
Bunday sayt qidiruv tirimlari tomonidan doimiy topilishi uchun juda katta mehnat kerak bo’ladi. Buning uchun esa saytni doim yangi kontent bilan yangilab turish lozim bo’ladi. Doim yangi qiziq, ommabop maqolalar joylab borish kerak bo’ladi. Bir kunda bitta-ikkita maqola juda kam bo’ladi. .
-
Bunday saytni kuchaytirish ham qiyin bo’ladi. Men buni iloji yo’q demoqchi emasman. Lekin, juda qiyin bo’lishiga kafolat berolaman.
-
Inson har bir narsaga ham birdek qiziqavermaydi. Shuningdek siz ham har bir harsa haqida yozish o’zingizni ham yoqmasligi aniq. O’zingizga yoqmaydigan ishni qilishni nima keragi bor?!
Пингбэк: Buy Snake Venoms Online
Пингбэк: magnum research 1911
Пингбэк: Henry Lever-Action X Model .45-70 Government Rifle
Пингбэк: block screenshot
Пингбэк: explorer