Sharbatlar shifosi

DO`STLARGA ULASHING:

Sarxil sabzavot va mevalardan tayyorlangan sharbatlar turli kasalliklarni davolashda yordam beradi, shuningdek, immunitetni mustahkamlaydi. Biroq, unutmang, sharbatlar juda tez ayniydi, shuning uchun tayyorlangan zahoti ichish kerak.
Sharbat uchun, albatta, yangi mahsulot tanlang, chiriganini aslo qo‘shib bo‘lmaydi. Sharbat tayyorlashdan oldin mahsulotni maydalab olganingiz ma’qul. Masalan, olma va nokni qirg‘ichdan o‘tkazing, barg va ildizlarni pichoq bilan to‘g‘rang. Shundan keyin mahsulotni ezib, suvini chiqaring, sharbatsiqqich yoki go‘shtqiymalagichdan o‘tkazishingiz ham mumkin. Darvoqe, sharbat tayyorlashdan oldin mahsulotni oqar suvda yaxshilab yuvish yodingizdan ko‘tarilmasin, ildizi bo‘lsa, cho‘tka bilan tozalagan yaxshi.

Sharbatlarni ta’sir etishiga ko‘ra, bir necha turga bo‘lish mumkin. Misol uchun, uzum, sabzi, qulupnay, tarvuz, o‘rik, nok va selderey sharbatlari peshob haydash xususiyatiga ega. Yallig‘lanishlarni tuzatish va gijjalarni tushirishda esa olma, sarimsoq, piyoz, yerqalampir sharbatidan foydalaniladi. Tomat, limon, qizilchadan olingan sharbatlar qon bosimini pasaytiradi.

Sabzi sharbati kamqonlik va oshqozon kislotaliligi pastligi bilan kechuvchi gastritda foydali hisoblanadi. Shuningdek, yaralarning tezroq bitishiga yordam beradi, miokard infarktiga chalingan bemorlarga tavsiya etiladi. Kuniga 2-3 mahal ovqatlanishdan oldin yoki keyin, yarim stakan sharbatga 1 osh qoshiq asal arlashtirib ichiladi. Oshqozon yarasi zo‘rayganda va enteritda sabzi sharbati ichish mumkin emas.

Immunitetni mustahkamlash yoki shunchaki chanqoqni qondirish niyatida bo‘lsangiz, olma sharbati iching. U yurak-qon tomir kasalliklariga chalingan bemorlar uchun juda foydali.

Manba: Zamondosh.uz

Оставьте комментарий

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek